Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xujalikka raxbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ruy berayotgan barcha voqiyliklardan xabardor bo`lish, ularning Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi — umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o`rganuvchi fanlar. Ikkinchi — xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona iqtisodini o`rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya» fani kiradi. Uning o`zi o`z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jixatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o`rganadi.
«Iqtisodiy nazariya» — insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan uzaro aloqada o`rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yullarini o`rganadi. Lekin «Iqtisodiy nazariya» xalq xujaligining ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo`lish, ruy berish shakllari va xususiyatlarini o`rganmaydi. Bu bilan anik iqtisodiy fanlar shug`ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Sanoat iqtisodiyoti» fani xisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo`lishi, ruy berishi, tuzilmaviy uzgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika taraqqiyotining asosiy yunalishlari, sanoat resurslarining moxiyati, ahamiyati va turlari xamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o`rganadi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas boglangan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Statistika», Ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat iqtisodi va sotsiologiya», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya xisobi va audit», «Moliya-kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti» va boshqa bir qator fanlar kiradi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani «Korxona iqtisodi» fani bilan chambarchas bog`liqdir. Bunday bog`liqlik sanoat va uning aloxida tarmoqlari moddiy- texnika va mehnat saloxiyatidan tula-tukis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir kursatishning yangidan-yangi usullarini topishda maxorat va ishning kuzini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy xayot jarayonlari va xodisalarini o`rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga kura, makroiqtisod va mikroiqtisodni farklaydilar.
«Makroiqtisod» fani iqtisodni bir butun sifatida karaydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadkik etadi, xukumat byudjet siyosatining iqtisodiy usishiga, inflyasiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini taxlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o`rganadi va urgatadi.
«Makroiqtisod» fani ishlab chiqarish tarmog`i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xujaligi kabi aloxida sub’ektlar va tuzilmalarning fe’l — atvorini tadkik etadi. U aloxida tovarlarning ishlab chiqarish hajmi va ularga baxo kanday belgilanishini, soliklar va boshqa tulovlarning axoli jamgarmalariga kanday ta’sir etishini o`rganadi.
Sanoat iqtisodiyoti» fani «Menejment» fani bilan xam bevosita bog`liqdir. CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida uz echimini topishi mumkin.
«Menejment» fani — boshqaruvchiga tanlovni tugri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni urgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha buginlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o`rganishda xalq xujaligida texnika va texnologiya taraqqiyotining yullarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan xam keng foydalanish goyat zarurdir.
SHunday kilib, «Sanoat iqtisodiyoti» fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo`lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o`rganish tushuniladi.