Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o`rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Muayyan fan buyicha masalani o`rtaga tashlash, tadkikot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning xakikiyligi, ya’ni o`rganilayotgan ob’ektga muvofikligi jixatidan tekshirish metodologiyani qullashning eng muhim tomoni xisoblanadi. Demak, metodologiya — tadkikot yoki bilish, anglash yuli, voqiylikni amaliy va nazariy uzlashtirish usullari majmuasidir.
«Sanoat iqtisodiyoti» fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari buyicha xozirgi nazariya, uzbek eli va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, Uzbekiston Davlatining qonun-qoidalari, Respublika Prezidentining asarlari va farmonlari tashkil etadi.
Xalq xujaligining etakchi sohasi bo`lgan sanoatda ruy beradigan barcha xodisa va uzgarishlarni tadkik etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushoxadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga utishni, ya’ni xakikatni bilishning, ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yulidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va «irmok»lari xamda korxonalarida ruy beradigan xodisalar, voqiyliklar va iqtisodiy jarayonlarning uzaro bog`liqligini, ularning uzluksiz xarakati, taraqqiyot va uzgarishi, miqdor kursatkichdan sifat kursatkichga utishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.
Dialektika usuli muammolar o`rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo`lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, karama-karshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani va ilmining barcha muammolarini o`rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa, gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa — bu, asosiy tarixiy boglanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum xodisa kanday paydo bo`lganligi, bu xodisa uz rivojlanishida kanday bosqichlardan utganligi nuqtai nazaridan qarab, ana shu rivojlanish, taraqqiyot kanday ruy berganligiga e’tibor karatish zarur.
«Sanoat iqtisodiyoti» fanining eng muhim muammolarini o`rganishda bir qator anik usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushoxada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog`liq bo`lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, uz «Akl-idroki xujumi» («Mozgovaya ataka») va tajribaviy usullari kiradi.
Bozor iqtisodiga utish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay uzgardi: tuzilmaviy uzgarishlarning ahamiyati xamda raxbarlikning iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. SHu sababli sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning uziga xos, uziga mosligini xisobga olgan xolda, u yoki bu omillar, shart- sharoitlarning ahamiyatini va rolini «Dinamika»da xisobga olish kerak buladi.
«Sanoat iqtisodiyoti» faniga oid barcha masalalarni yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o`rganish, taxlil qilish bu fanni o`rganuvchilarning va uning muammolari echimini xal etuvchilarning bilimi va ilmiy saloxiyatini kuchaytiradi, akliy zakovatini boyitadi.