Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


 TUGALLASH (KAMERAL) ISHLARI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
3. TUGALLASH (KAMERAL) ISHLARI. 
Laboratoriya tahlillarining natijalari olingandan so‘ng ular tekshiriladi va 
to‘g‘ri kelmaydiganlari, noto‘g‘rilari tashlab yuboriladi. 0-100 sm qavatdagi 


27 
tuzlarning o‘rtacha miqdori hisoblab chiqariladi. Ikki metrli o‘ralar uchun esa, 0-100, 
100-200 sm qavatlar uchun tuz miqdori hisoblab chiqaziladi. 
Ayrim o‘ralardagi tuz va ionlar miqdorining o‘rtacha hisob-kitobi va bir xil 
sho‘rlanishga ega bo‘lgan o‘ra va konturlar umumlashtiriladi. 
Tahlillar va umumlashtirishlar natijasiga ko‘ra tuproqlarning sho‘rlanishi 
bo‘yicha dalada qilingan xaritalarga tuzatishlar kiritiladi va ularga tuproq xaritasidan, 
tuproqlarning har xil genezisi, mexanik tarkibi bo‘yicha konturlar o‘tkaziladi. 
Tugallangan oxirgi xaritalar sho‘rlanish darajasining eksplikatsiyasidan 
tashqari sho‘rlarni yuvish me’yori va necha marta yuvish kerakligi haqida tavsiya 
ham beriladi. 
Bir xil darajada sho‘rlangan va tuzlar tarkibi bir xil, lekin mexanik tarkibi har 
xil sho‘rlangan tuproqlar alohida kontur qilib ajratilishi kerak, chunki bunday 
tuproqlardan sho‘rning chiqib ketish koeffitsiyenti har xil bo‘ladi. 
Xaritada sho‘rlanishning ajratilishi quyidagi ranglar orqali ko‘rsatiladi: 
- sho‘rlanmagan, sho‘ri yuvilgan ayirmalar yashil rangda; 
- kuchsiz sho‘rlangan - sariq rangda; 
- o‘rtacha sho‘rlangan - to‘q sariq rangda; 
- kuchli sho‘rlangan - qizil rangda; 
- sho‘rxoqlar - siyoh rangda. 
Tuproqlarning mexanik tarkibi shtrixlar bilan tasvirlanadi, sho‘rlanish tipi esa 
(xloridli - X, sulfat-xloridli - SX, xlorid-sulfatli - XS, sulfatli - S, karbonat-magniyli - 
KM) belgi bilan belgilanadi. 
Tuproqning sho‘rlanish xaritasiga quyidagilar qayd etiladi: 
- tashkilotning nomi, tushuntirish xati yozilgan yil, ishni bajargan xodim va rahbar 
imzosi va shtamp quyiladi: 
- dala ishlari va laboratoriya ishlari bajarilgan vaqt drenaj tarmoqlarining uzunligi 
va holati haqida qisqacha ma’lumot, yer osti suvlarining sho‘rlanganlik darajasi
kimyoviy tahlillar usuli, sho‘rlangan tuproqlarning to‘gallangan xaritasini tuzishda 
hisob-kitoblar va qayta ishlashlar. 
Yer fondining sho‘rlanish bo‘yicha miqdorlari, xo‘jalikning yer turlari 
bo‘yicha yer fondlari, sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish tipi va qishloq xo‘jalik 
yerlaridan sho‘rning yuvilib chiqib ketish koeffitsiyenti. Xo‘jalik maydonida 
sho‘rlanishning tarqalish xususiyatlari. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin