See
discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/349375907
TUPROQ BONITIROVKASI FANIDAN MA'RUZALAR MATNI
Preprint
· January 2019
DOI: 10.13140/RG.2.2.28260.09603
CITATION
1
READS
9,311
1 author:
Some of the authors of this publication are also working on these related projects:
V. "Agriculture, biotechnology, ecology and environmental protection"
View project
Complex study of a soil cover of the irrigated zones of the republic, its assessment, and also development of effective technologies for
improvement of an ecologic-
melioration condition and to increase in productivity of the degraded soils
View project
Murodjon Isagaliev
Fergana State University,
Uzbekistan, Fergana
38
PUBLICATIONS
11
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by
Murodjon Isagaliev
on 17 February 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
3
KIRISH
Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa,
yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni
qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik
tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum
muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va
minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq
qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va
sarflaydi.
Shunday qilib tuproq-ekologik tizim quruqlikda energiya tartibotini
boshqarishda qatnashadi.
Keyingi yuz yillikni
ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan
texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda.
Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa
mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan
cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi,
zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini
kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda.
Sug‘oriladigan
yerlardan, uning holatini e’tiborga olmasdan haddan tashqari
kuchli darajada foydalanish ularning sifatini pasayishiga hatto qishloq xo‘jalik
aylanma harakatidan tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln.
gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95
% gacha miqdori sho‘rlangan.
Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan, unumdorligi yuqori
bo‘lgan yerlarni ajratish davom etmoqda.
Orol dengizni sathini keskin va jadal sur’atlarda pasayishi qator salbiy
oqibatlarga: cho‘llanish jarayonini tezlashishiga, sho‘r yerlarni
maydonini ortishiga
va hokazolarlarga sabab bo‘lmoqda.
Suv va shamol eroziyasi hamda ikkilamchi sho‘rlanish kabi jarayonlarni tuproq
unumdorligiga ta’siri yildan yilga ortib bormoqda.
Keyingi vaqtlarga kelib gumus va oziqa elementlarning miqdori keskin
kamaygan yer maydonlarini xissasi ortishi jarayoni sezilib turibdi.
Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining
mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham
xatarli tus olmoqda.
Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat
bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy
mezon tariqasida
esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq
bonitirovkasi” amalga oshiradi.
Bonitirovka so‘zi lotincha
bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab
chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir.
Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish
zaruriyati ham
tug‘iladi, bu ishga
kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha -
cadastre dan