Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASH TAMOYILLARI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASH TAMOYILLARI. 
UNUMDORLIKNI BAHOLASHNING DOKUCHAYEV USULI 
Dokuchayev tuproqlarni bonitirovkalashda, ularni sinflarga, guruhlarga, 
tiplarga, tipchalarga, ayirmalarga bo‘lishda tuproqdan, ya’ni uning tabiiy 
xususiyatlaridan foydalanish kerak ekanligini isbotladi va bu usul baholash usulini 
negizi ekanligini ko‘rsatdi. 
Tuproqni tabiiy xossalarini e’tiborga olmasdan juda sifatli darajada bajargan 
iqtisodiy-statistik baholash usuli ham kutilgan natijaga olib kelmaydi. 
Shunday qilib Dokuchayev va Sibirtsevlar tuproqni bonitirovkalashda uni
ya’ni tuproqni har tomonlama tabiiy xususiyatlarini o‘rganilishi lozimligi va shu 
asosda baholashni ishlab chiqdilar. 
Bonitirovka ishlarini bajarish o‘z ichiga ikki davrni oladi.
Birinchi - tuproqni tabiiy xossalarini, morfologik, genetik, kimyoviy, fizikaviy va 
boshqalarni dalada, laboratoriyada o‘rganish davri.
Ikkinchi - qishloq xo‘jalik va statistik ma’lumotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash 
davri. 
Bu har ikki davrdagi ko‘rsatkichlar orasida uzviy bog‘lanishlar bo‘lib, hatto 
birinchi davrdagi ko‘rsatkichlar ikkinchi davr ishlari uchun mezon bo‘ladi - deb 
yozgan edi Dokuchayev. Yerlarni bonitirovkalashni Dokuchayev-Sibirtsev usulida 
eng avvalo tuproqlar tipi aniqlanadi va tasniflanadi, keyin esa morfo-genetik 
belgilari, kimyoviy, fizikaviy xossalarini o‘rganishga kirishiladi. 
Har bir tuproq tipi uchun to‘la kimyoviy analiz, mexanik analiz, nam sig‘imi, 
suv o‘tkazuvchanlik, kapillyarlik, bug‘lanish, issiqlik o‘tkazuvchanlik va xokazolar 
aniqlanadi.
Dala va kameral ishlar natijasida Dokuchayev gumus miqdori va tuproq 
qatlami qalinligi bo‘yicha geologik diagrammalarni tuzdi. 



Mendeleyev ma’lumotlariga tayanib, ya’ni oziqa elementlari miqdori va 
boshqa kimyoviy xossalarini e’tiborga olgan holda Dokuchayev kimyoviy 
diagrammalar tuzdi va geologik hamda kimyoviy diagrammalardan o‘rtacha chiqarib 
uni tasvirladi. 
Yuqoridagi diagrammalar kabi tuproqni fizik xossalari uchun ham maxsus 
rasm ishlandi. Bu diagrammalarni, ya’ni geologik, kimyoviy va fizikaviylarni 
birlashtirib Dokuchayev yagona diagramma tuzdi va shu asosda tuproqlarni baholadi. 
Ana shu tabiiy-tarixiy usul bilan 100 balli shkala asosida Dokuchayev Nijniy 
Novgorod tuproqlarni baholadi. Shu bois ba’zan bu usulga Nijniy Novgorod usuli 
ham deyiladi. Tabiiy, albatta hozirgi kunda Dokuchayev-Sibirtsev tomonidan 
ishlangan tuproq bonitirovkasi usuli bizni qoniqtirmaydi, lekin asos rolini o‘ynay 
oladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin