10
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, Yerlarni tasniflash uchun 8
ta sinf
ajratilgan. Eng yaxshi va eng yuqori baholi sinflarga I-II sinflar kiradi.
Qolganlari
ozmi-ko‘p cheklanishlarga, ya’ni qaysidir o‘simliklarni hosildorligiga salbiy ta’sir
qilishiga asoslangan.
Kanadada tuproqlarni baholash ishlari Stori usuli bilan olib boriladi.
Bu usul
ham tabiiy tarixiy usulga yaqin bo‘lib, unda O‘zbekiston usuliga o‘xshash
joylari
ko‘p. Masalan, O‘zbekistonda tuproqlar 10 sinfga ajratilsa Kanadada 7 taga ajratiladi.
Farqi O‘zbekiston usulida 1 sinfdan 10 sinfgacha tuproqlar yaxshilana boradi. Stori
usulida 1 sinfdan 7 sinfgacha yomonlasha boradi. Sinflarga bo‘lish
usuli
agroguruhlarga bo‘lishni eslatadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolarida tuproq
bonitirovkasi Dokuchayev
va Sibirtsev usuli asosida mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boriladi.
Shunday qilib, Rossiyada o‘z zamonasida Dokuchayev
tomonidan yaratilgan
tuproqni bonitirovkalash usuli to‘la-to‘kis talabga javob beradi desak bo‘ladi, chunki
bu usul hozirgi kunda ham, nafaqat Rossiyada balki qator boshqa mamlakatlarda ham
asosiy bo‘lib xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: