Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Tayanch iboralar. Yer, tuproq, kadastr, bonitirovka, nisbiy baho, unumdorlik, 
potentsial, sun’iy, tabiiy unumdorlik, erkin iqtisodiy uyushma, kadastr komissiyasi, 
tamoyillar, geologik, kimyoviy, fizikaviy, majmuaviy, «Avesto», xarita, masshtab, 
loyiha, soliq, podzol, oq yer, haydaladigan, sug‘oriladigan, supa relyef, qayinzor, 
organik modda, guberniya, pichanzor, yaylov, o‘rmon, so‘rov-statistika, dehqonchilik. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. «Avesto» va boshqa mutaffakirlar asarlarida yerga berilgan baholar? 
2. Qadimgi rus davlatida dehqonlar tomonidan yerga berilgan baho? 
3. Yerni hisobga olish va baholashdan maqsad? 
4. M.V.Lomonosov, M.I.Afoninlarni yerga bergan baholari? 
5. Tuproqlarni Rossiyada birinchi marotaba sinflarga, pichanzorlarni sinfga va pichan 
navlariga bo‘linishi? 
6. Unumdorlikni baholovchi tamoyillar? 
7. Unumdorlikni baholashni V.V.Dokuchayev usuli? 
8. Geologik, kimyoviy va boshqa diagrammalar orqali tuproqni baholash? 
9. Yerni baholashning morfologik va statistik usullari? 
10. O‘zbekistonda, chet mamlakatlarda tuproq va yer qanday baholanadi? 
 
 
MAVZU: O‘ZBEKISTONDA YERLARNI RO‘YXATGA OLISH VA 
BAHOLASHNING QISQACHA TARIXI 
Buyuk mutafakkir, olim Abu Ali Ibn Sino o‘z zamonasida "Tuproq tirik 
mavjudot - hayot mamot negizidir" deb aytgan edi. Bu mutafakkirona so‘zlar hozir 
ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. 
Qobusnomada 
"Sho‘ristonga 
tuxum 
sochmagilkim 
hosil 
bermagay,
mehnating behuda bo‘lg‘ay, ya’ni yaxshilikni bilmagan kishiga yaxshilik qilmoq 
sho‘ristonga tuxum sochmoqdir" deb bejiz aytilmagan. 
Yer-tuproq, o‘t va suvning orasida vositachi bo‘lib, ularning orasini ulug‘band 
qilib bog‘lagaydir. Shu tariqa yerdagi qurg‘oqchilikning olov bila, sovuqlikning, suv 


11 
bila bog‘lanishi orasida paydo bo‘ldi, lekin quvvat moddasi bilan mazkur band uzuldi 
deb yozilgan. 
Ona zamin haqida bu kabi tabarruk so‘zlarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin 
afsuski ularning ko‘pchiligi turli sabablarga ko‘ra bizgacha etib kelmagan. 
E’tibor beraylik sho‘r tuproqqa tuxum, ya’ni urug‘ sepma, bari bir sho‘riston 
hosil bermaydi, natijada mehnating zoe ketadi degan gap naqadar dono fikr. 
O‘z o‘zidan sho‘ristonni ajratish kerakligi, ya’ni hisobga olish kerakligi, sho‘r 
yer unumsiz ekanligi va sifati past ekanligidan dalolat. Qadim davrlardan boshlab 
Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda yerlardan oqilona va samarali foydalanish 
xalq tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Bunga misol tariqasida ma’lum yer maydonida 
odamlar yashashni biroz vaqtdan keyin boshqa joylarga, ya’ni tuproqlari nisbatan 
unumdor yerlarga almashtirishi va u yerda dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shug‘ullanishini, chig‘iriqlar yordamida sug‘orish kabilarni keltirish mumkin. 
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni ilmiy asosda ro‘yxatga olish, baholash 
ishlari Dokuchayev usuli kashf etilganidan keyinroq rivojlandi. Lekin tezda 
O‘zbekistonni o‘z yo‘li borligi ko‘rindi.
Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarni unumdorligi bo‘yicha baholash va 
uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanma birinchi 
marta rus tilida 1969 yili "O‘zdavyerloyiha" va tuproqshunoslik institutlari olimlari 
A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov va boshqalar tomonidan chop etiladi. 
Mamlakatda o‘tkazilgan tadbirlar bu qo‘llanmada ayrim kamchiliklar mavjud 
ekanligini isbotladi. Jumladan bu usulda mayda zarrali tuproq qatlam qalinligi, 
tuproqni gipslashganlik darajalari uchun koeffitsiyentlar ishlanmagan edi. 
Ushbu qo‘llanmani takomillashtirish, dala va vegetatsion tajribalarini 
natijalarini umumlashtirish, ayrim pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni tuzatish natijasida 
respublikamiz sharoitiga, xususan paxtachilik va donchilikka moslashgan yangi 
uslubiy qo‘llanmalar vujudga keldi. 
"O‘zbekistonda paxta etishtiriladigan yerlarning unumdorligini baholash 
bo‘yicha uslubiy qo‘llanma". T. 1994. 
"Bo‘z tuproqlar kamaridagi sug‘oriladigan, eroziyaga moyil yerlarni baholash 
va xaritalashga doir uslubiy ko‘rsatma". T. 1994. 
"O‘zbekiston Respublikasi bahorikor yerlarni bonitirovkalash". T. 2000 yil va 
hokazolar. 
Ushbu qo‘llanmalar, uslublar negizida mustaqillik davrida Yer fondidan 
samarali foydalanishda, tuproqni unumdorligi bo‘yicha baholashda, sug‘oriladigan 
mintaqalarda tuproq hosil bo‘lish sharoiti va sifatini bir-biriga taqqoslab tahlil qilish, 
sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni to‘g‘ri va rejali tashkil etish 
hamda ulardan yuqori darajada hosil olish uchun murakkab hisoblangan agrotexnik 
va meliorativ choralarni ilmiy asoslashda ma’lumot beruvchi yagona ilmiy 
umumlashgan uslubiy qo‘llanma yaratildi. 
Hozirgi kunda yangi-yangi uslubiyatlar, ilmiy g‘oyalarni yaratilishida Qo‘ziyev 
R.Q., Sattorov J.S., Tolipov G.A., Li V.N., Maqsudov J.M., Akramov I.A., G‘ofurova 
L.A. va boshqalarni xizmatlari benihoya katta. 


12 
Eroziyaga moyil, chalinuvchan yerlar va lalmikor yerlar uchun esa alohida-
alohida uslubiy ishlar yaratildi. Bu ishlarni amalga oshirilishida Maxsudov X.M., 
Mirzajonov Q.M., Elyubayev S.E. va boshqalarni ishlariga tayaniladi. 
Eroziyaga uchragan yerlarni hisobini olishni, baho berishni takomillatirish hali 
poyoniga etgan emas. Shunga qaramasdan tuproq unumdorligini baholaydigan o‘zbek 
modeli yaratildi desa ham bo‘ladi. 
Lekin eng yangi modellarimiz ham kamchiliklardan holi emas, masalan; 
sug‘oriladigan yerlarni bir ballining kadastrli hisobi donli ekin ekilganda 0,6 ts/ga ni 
tashkil qiladi, demak eng yuqori darajada baholanadigan 100 balli 10 sinfli yerlardan 
60 ts/ga don olish mumkin, aslida hozirgi kunda ilg‘or xo‘jaliklar, tumanlar 
gektaridan 85-86 ts/ga don olmoqdalar. Bundaylarga Andijon viloyati 72 ts/ga, Asaka 
tumani 85 ts/ga, Asaka tumani Falaba jamoa xo‘jaligi 86 ts/ga va boshqalarni misol 
tariqasida keltirish mumkin. Xuddi shu kabi misollarni paxtachilik tarmog‘idan ham 
keltirish mumkin.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiradigan resurs bu mamlakat tuproqlari 
hisoblanadi va har doim ro‘yxatga olishga va baholashga muhtoj bo‘ladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin