37
Bu jarayonlar salbiy oqibatlarga olib kelmay qo‘ymaydi. Bu ta’sir eng avvalo
o‘simliklarda va uning hosili hajmida nomoyon bo‘ladi.
N.A.Kachinskiy ma’lumotlariga ko‘ra o‘simliklarning ildiz tukchalari 0,01 mm
dan kichik diametrli g‘ovaklarga kira olmaydi. Mikroorganizmlar esa 0,03 mm dan
kichik g‘ovaklarga kira olmas ekan.
O‘simlik ildizini tarqalish maydoni kamaysa o‘z-o‘zidan
oziqlanish maydoni
kamayadi, demak o‘sish va rivojlanishi susayadi, hosil kamayadi. Shu bois
sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanadigan mintaqalarda
tuproqning optimal
zichligini bilish va bu miqdorni saqlab turish, yaratish katta amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Tuproqni nisbatan chuqurroq qatlamlarigacha yumshatish va u joylarda optimal
zichlikni yaratish yuqori hosil garovi. Nisbatan chuqur 45-60 sm ga haydash, 60-100
sm gacha yumshatish tuproqni suv-havo tartibotini yaxshilaydi.
Biologik faolligi va
oziqa elementlarini harakatchanligini oshiradi.
Albatta tuproqning zichligi, zichlanishi undagi gumus miqdori bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Gumus, fosfor va kaliyni yalpi shaklidagi miqdorlarini tuproqdagi zahirasini
quyidagi formula orqali hisoblab topish mumkin:
G = H·1000·V·A
G - gumus zahirasi, t/ga;
H - genetik qatlam qalinligi, m;
V - tuproqning hajm massasi, g/sm
3
;
A - gumus miqdori, %.
Hisoblash ishlarini quyidagi tarzda olib borish tavsiya etiladi.
16-jadval.
Dostları ilə paylaş: