Tuproq narxini hisoblash uchun tarif kategoriyalari.
Tuproqni tarif
kategoriyasi
Shu kategoriyaga kiruvchi tuproqlar
Bir ball bonitetga tug‘ri
keladigan tarif, rub/ga.
1
Tog‘li Qrimning ko‘p yillik daraxt-zorlarining
nimho‘l va nam tuproqlari
600
2
Cho‘l va chalacho‘l mintaqalarining sug‘oriladigan
tuproqlari
380
3
Markaziy Osiyodagi daryo sohillarida joylashgan
sug‘oriladigan yerlar
330
4
O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa
davlatlar hamda Rossiyaning janu-biy xududlaridagi
sug‘oriladigan yerlar
280
Tuproq narxi anashu tarif kategoriyasida berilgan bir ball bonitetiga to‘g‘ri
keladigan raqamni tuproqni ekologik indeksi orkali hisoblangan ball bonitetiga
ko‘paytirish asosida hisoblanadi.
Masalan; Chalacho‘l mintaqasidagi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar 3 tarif
kategoriyasidan joy olgan bo‘lib, bir ball uchun tarifi 380 rub/ga ni tashkil qiladi.
Demak tuproq narxini hisoblash uchun tuproq ekologik indeksi aniqlanadi.
Agar tuproq ekologik indeksi 80 ga teng desak, u holda bu xududda tuproq narxi
80*380 rub/ga = 30400 rub/ga ni tashkil qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu tarif kategoriyalari hali to‘liq va yakuniy emas, tahlilga,
izlanishga, aniqlashga muhtoj. Sabab O‘zbekistonda qo‘riq yerlar, yaylovzorlar,
lalmikor
yerlar,
yangi
o‘zlashtirilgan, yangidan sug‘oriladigan, eskidan
sug‘oriladigan va boshqa yerlar uchun alohida hozirgi narxni e’tiborga oluvchi tarif
kategoriyasini gektariga so‘mlarda ishlab chiqish zaruriyati kun tartibidagi masalalar
qatoridan joy olmoqda. Qolaversa, I.I.Karmanov uslubiyatida O‘zbekiston
sharoitidagi tuproq unumdorligini cheklovchi omillar uchun maxsus koeffitsiyentlar
ham ishlanmagan.
72
I.I.Karmanov ta’rif kategoriiyalari unumdorligi cheklanmagan, ya’ni
sho‘rlanmagan, eroziyalanmagan, gleylashmagan, gipslashmagan va boshqa tuproqlar
uchun ma’qul va qo‘llaniladi.
Unumdorligi cheklangan, ya’ni sho‘r, gipsli va boshqa tuproqlar uchun esa bir
balli tarifga maxsus tuzatuvchi koeffitsiyentlar kiritiladi. Bunday tuproqlarda hosil
etishtirish uchun sarf harajatlar ko‘payadi, sabab ularning unumdorliklari cheklangan,
shu bois bunday yerlarda o‘rtacha yillik daromad kamayadi. Demak bunday
tuproqlarni narxi pastroq bo‘lishi kerak va u shunday ham.
Unumdorligi cheklangan tuproqlarni narxini hisoblashda qo‘llaniladigan
tuzatish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi. Cheklangan omilga ega bo‘lgan
tuproqni tuproq ekologik indeksi olinib shunga o‘xshagan, ya’ni shu tipdagi
unumdorligi cheklanmagan boshqa ayirmani indeksiga taqsimlanadi.
Masalan, sug‘oriladigan kuchsiz eroziyalangan tipik bo‘z tuproqni TEI 50
bo‘lsa, yuvilmagan tipik bo‘z tuproqni TEI 58 ga teng bo‘lsa, u holda tuzatish
koeffitsiyenti
T
k
= 50:58 = 0.86.
Olingan natijaga, ya’ni 0,86 ga bir qo‘shiladi va o‘rtacha koeffitsiyent
quyidagicha hisoblanadi:
T
k
= (0,86+1):2 = 0.93.
Bu 0,93 koeffitsiyent endi tarif kategoriyasiga tuzatma tariqasida ishlatiladi.
Misol uchun yuvilmagan, ya’ni eroziyalanmagan sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproq 3 chi kategoriyaga kiradi, (bir ball uchun tarif 380 rub/ga) bu holatda uning
narxi 58*380=22040 rub/ga.
Kuchsiz yuvilgan tipik bo‘z tuproqni ham shu kategoriyada deb hisoblasak, u
holda uning narxi 50*380=19000 rub/ga ga teng bo‘ladi. Bu guruh tuproqlari uchun
tuzatma kiritilishini e’tiborga olsak, uning tuzatma koeffitsiyenti 0,93, demak tuproq
narxi 0,93*380=353.4 rub/ga.
Unumdorlikni cheklovchi omillar qancha ko‘p bo‘lsa, tuzatma koeffitsiyentni
ta’siri ham shuncha kuchli bo‘ladi. Tuproqlarni xususiyatlari aniq bo‘lsa, quyidagi
tayyor koeffitsiyentlardan ham foydalanish mumkin.
Kuchsiz sho‘rlangan bo‘z tuproqlar - 0,85;
o‘rtacha darajada sho‘rlangan - 0,72;
kuchli darajada sho‘rlangan - 0,48.
Kuchsiz darajada yuvilgan bo‘z tuproqlar - 0,88;
o‘rtacha darajada yuvilgan - 0,69;
kuchli yuvilgan - 0,48.
Qumoq mexanik tarkibli - 0,75.
Qumli mexanik tarkibli - 0,43.
Toshlilik darajasi o‘rtacha - 0,79.
Toshlilik darajasi kuchli - 0,66.
Shunday qilib alohida ta’kidlash kerakki, tuproq xossalarini ijobiy va salbiy
tomonlarga o‘zgarishini narxda, pul bilan ifodalash ishlari juda-juda kuchsiz
ishlangan bo‘lib, hali bu boradagi o‘zini echimini kutayotgan masalalar juda ko‘p.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Yer, tuproq narxi ham dinamikada, kishilik
jamiyatining turmush darajasi, qishloq xo‘jalik ekinlarini narxi, texnika va
73
texnologiya narxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Demak tuproqqa, yerga qo‘yiladigan
narx har bir alohida sharoitda o‘sha vaqt uchun hisoblanishi kerak. SHu bois bitta
aniq doimiy formula yoki qonun-qoida yozilishi qiyin va murakkab ilmiy ish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |