Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur bo‘yicha ish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4- 5 yil uzluksiz o‘rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin boiadi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko‘p vaqt talab etadi.
Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari Kuzatish metodi Eksperiment metodi So‘rov metodi Proyektiv metod Faoliyat mahsulini o‘rganish metodi Test metodi Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish quyidagi talablaiga javob berishi kerak:
Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.
Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.
Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.
K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim.
Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri boiib kelmoqda.