- bolalarni keyinchalik geometriyani o'rganishga tayyorlashga xizmat qiladi. - muhim amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga; GEOMETRIK TUSHUNCHALAR BILAN TANISHUV Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo'lgan. Geometriya yunoncha so'z bo'lib, "yer o'lchash" degan ma'noni bildiradi (geo yer, metreo - o’lchayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bovilon, ayniqsa, Yunoniston olimlari katta hissa qo'shdilar. Yer maydonlari sathini o'lchash, ariqlar o'tkazish, turli ko'rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig'ishini bilish zarurati geometriyaga oid dastlabki ma'lumotlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Har qanday geometrik shakl nuqtalar to'plamidan iborat. Buyuk yurtdoshlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va ulaming shogirdlari geometriya fanini o'z asarlari va ilmiy natijalari bilan boyitishdi.
2- va 3-sinflarda geometrik shakllari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlami shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
a) Geometrik shakllar va ulaming elementIari chiziladi. b) Katak daftarda chizg'ich va uchburchak shakllami yasash. d) Shakllami guruhlarga ajratish. g) (4-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalami o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirish. t) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish. e) Shakllarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa shakllar yasash.
O'quvchilarni geometrik shakllar bilan tanishtirish metodikasi. Mavzuni o'rganishdan maqsad.
1. Nuqta, kesma, burchak, ko'pburchak, to'g'riburchak, kvadrat kabi geometrik shakllar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish. 3. O'quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish. 2. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik shakllar yasash uchun amaliy tajriba va ko'nikmalarni shakllantirish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalarni alohida qo'yadi va quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: I bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo'lgan geometrik shakllar haqidagi umumiy tasovvurlami aniqlash (bolalaming hayotiy tajribasi, model shakllardan foydalanib, amaliy ishlami bajarish).