global tarmoqlarning o’ziga hos xususiyatlari va zarurligi windowc operatsion tizimining oynalari va ular bilan ishlashga misol taqdimot ishi
REJA:
Global tarmoq(Internet) haqida tushuncha.
2. Internetning paydo bo‘lishi. 3. Internetga bog‘lanish turlari. 4. Operatsion tizimlar, ularning vazifasi,tarkibi va asosiy funksiyalari 5. Microsoft Word: hujjat xususiyatini va sahifalari parametrlarini sozlash.
Global tarmoq haqida tushuncha
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli kit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq bu tarmoq Internet deb ham yuritiladi. Internet – bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmg‘ogi. Elektron kommuniksiya hozirgi zamonda kata axamiyat kasb etmoqda. Axborot oqimlarining ko‘p marta oshib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilot va ularning xodimlarini o‘zaro aniq ishlashini zamonaviy telekommunikatsiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Internet o‘zi nima ? Internet – bu jaxon tarmoklari majmuidir. Uning juda ham ko‘p imkoniyatlari mavjud. Internet (Internatsional Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Xozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq malakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq mikdori 7-11% ortib bormoqda. Internet qachonlardir faqat tadqiqot va uquv guruxlariga xizmat qilgan bo‘lsa, xozirgi kunga kelib u ishlab chiqarish doirasida xam keng qo‘llanilmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzonligi, keng qamrovdagi aloqa, xamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi uziga tortmokda.