Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf- sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, yong‘in xavfida: yong‘inning boshlang‘ich fazasida o‘chirish mumkin bo‘lsa, asosiy yong‘in fazasida o‘chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.
Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar kiritiladi: gomosfera va texnosfera. Gomosfera – inisonning faoliyat jarayonida uning turgan o‘rni tushuniladi. Masalan: ishlovchining obyektdagi, sexdagi, bo‘limdagi joyi. Texnosfera – ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan: ishchining tokar yoki frezer dastgohidagi ish