Mathcad xos bo‟lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o‟tmoqchimiz:
Chiziqli va chiziqli bo‟lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish;
Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala)
yechish;
Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish;
Berilganlarni
static
qayta
ishlov
berish(interpolyatsiya,
ekstrapolyatsiya,
approksimatsiya va ko‟pgina boshqa amallar);
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
Funksional bog‟liqlikning maksimum va minimumini izlash.
Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o‟zgarmaslarga
asoslangan yordamchi qo‟llanmalar bilan boyitilgan.
Mathcad paketida turli sohalar bo‟yicha electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan:
oddiy differensial tenglamarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi,
materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo‟la oladi.
Foydalanuvchi o‟z oldiga qo‟yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay,
fizikaviy maslalarni yechishda o‟lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda
foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin.
Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan, bunda
tuzilgan modellarni nafaqat static (o‟zgarmas), balki dinamik (animatsion kliplar) holda
yaratish mumkin.
Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo‟lib, bunda masalani
nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga imkoniyat yaratilgan.
Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet
tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda yechish
hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o‟zlari yecha olmagan
matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori sifatida foydalanishlari mumkin. Bu
tizimdan tabiiy fanlar bo‟yicha electron darsliklar yaratishda asos dasturiy vosita sifatida
foydalanishni
tavsiya
etish
mumkin. Masalan differensial tenglamalarni yechish,
statistika,termodinamika, boshqaruv nazariyasi kabi jarayonlarni geometric tasvirlash va
animatsiyalar orqali ijro etishni yuqori darajada amalga oshirish mumkin.
Mathcad dasturini “Pusk – Programmы – MathSoft Apps - Mathcad” ketma-ketligidan
foydalangan holda yuklash mumkin.
Dastur yuklanganda Mathcad muhiti zarvarag'i quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
Mathcad dasturi ishga tushganda quyidagi oynani ko'ramiz.
Bu oynada Mathcad programmasi interfeysining ko'rinishi bo'lib, u ishga tushishi
bilan hujjat tayyorlab, uni Untitlid:1 deb nomlab foydalanuvchiga havola etadi. Mathcad
ekranining yuqori qismida "qo'shish" ko'rinishidagi kursorni ko'rasiz. Klaviaturadan
kiritiladigan ma'lumotlar ushbu kursor joylashgan joydan boshlab yoziladi. Matematik
misollarni yechishda, ularni kompyuter xotirasida saqlashda, grafik ko'rinishidagi
tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda Mathcad tizimining menyusi alohida o'rin tutadi.
Mathcad menyu buyruqlari to'plami quyidagilardan iborat: "Fayl", "Pravka", "Prosmotr",
"Vstavka", "Formatirovanie", "Matematika", "Simvolika", "Okno", "Pomoщ".
Menyuning "Fayl" bo'limida yangi hujjatlarni tayyorlash uchun yangi oyna ochish,
oldingi saqlangan fayllarni yopish, tayyorlangan hujjatlarni diskka yozish, yangi oynadagi
hujjatni nom berish bilan saqlash, kerakli faylni qidirib topish, matnni sahifada qanday
joylashganligini oldindan ko'rish, matnni (matrisaviy, lazerli) printerlarda bir nechta
nusxada, agar zaruriyat bo'lganda matnni tanlangan joyini chop etish, oxirgi to'rtta tahrir
qilingan fayllar nomini ko'rish hamda Mathcad dasturdan chiqish kabi bir qator ishlarni
amalga oshirish mumkin.
yangi fayl yaratish
matnli faylni ochish
faylni yopish
faylni xotirada saqlash
faylni nom bilan xotirada saqlash
faylni manzilga jo'natish
sahifani sozlash
sahifani ko'zdan kechirish
faylni chop qilish
oxirgi fayllar ro'yxati
Mathcaddan chiqish
Menyuning "Pravka" bo'limida hujjatni tahrir qilishga oid bir qator ishlarni amalga
oshirish mumkin.
oldingi holatga qaytarish
keyingi holatga o'tish
matn qismini qirqish
matn qismidan nusxa olish
cho'ntakka olingan ma'lumotni o'rniga qo'yish
maxsus o'rniga qo'yish
o'chirish
ma'lumotni to'liq belgilash
topish
almashtirish
tanlangan varaqqa borish
orfografik xatolarni tekshirish
murojat
obe'ktlar
"Prosmotr" bo'limida formulalar yozish uchun maxsus bo'limlar bilan ishlash
imkoniyati bor.
panel ko'rinishini sozlash
holat satrini joriy va bekor qilish
chizg'ich yordamida sahifa o'lchashni belgilash
ob'ektlar maydonini aniqlash
masshtab tanlash
yangilash
animatsiya hosil qilish
animatsiyani ijro etish
sozlash
Menyuning "Vstavka" bo'limida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
grafik turini tanlash
matritsa tashkil qilish
funksiya turini tanlash
rasm tashlash
maydon hosil qilish
matematika maydoni
matn maydoni
varaqni bo'lish
gipermurojat
menyu bandlari sozlash
boshqa dasturlar bilan aloqani ta'minlash
yangi ob'ekt tashkil etish
"Matematika" bo'limida natijani avtomatik ravishda hisoblash va boshqa fayllarga
murojaat qilish kabi ishlarni bajarish mumkin.
natijani hisoblash
jadval hisoblashlari
avtomatik hisoblash
optimallashtirish
boshqa fayllarga murojat qilish
"Formatirovanie" bo'limida sahifalar o'lchamlarini kiritish, gtafikni chizishda turini
tanlash, fon tanlash va boshqa turli xil ishlarni bajarish mumkin.
ifoda qiymatini tanlash
natija formatini tanlash
matn yozish
paragraf formatini sozlash
jadval tashkil etish
hujjat turini tanlash
hujjatlar haqidagi ma'lumotlarni ko'rish
grafik turini sozlash
rang tanlash
qismlarga ajratish
obe'ktlarni biri bilan bog'lash
obe'ktlarni himoyalash, siqish, kengaytirish
sarlavha tanlash
qayta ajratish
"Simvolika" bo'limida kattalikni tanlash, yaxlitlash, yig'ish va o'zgaruvchilar ustida
amallar bajarish mumkin.
kattalik tanlash
yaxlitlash
kengaytirish
faktor
yig'ish
o'zgaruvchilar ustida amallar bajarish
matritsa ustida amallar bajarish
Fur'ye va Laplas almashtirishlar bajarish
kattalikni ajratish
"Okno" bo'limi yordamida bir nechta fayllarni ketma ket, gorizontal, vertikal
joylashtirish va oynadagi mavjud fayllar ro'yxatini ko'rish mumkin.
bir nechta oynalarni ketma ket tashkil etish
bir nechta oynalarni gorizontal joylashtirish
bir nechta oynalarni vertikal joylashtirish
oynadagi mavjud fayllar ro'yxati
"Pomoщ" bo'limi yordamida Mathcadda ishlash haqida ma'lumot olish mumkin.
Mathcad haqida ma'lumot olish
zahiralar markazi
kundalik maslahat
yordam kitobini ochish
dastur haqida ma'lumot olish
Kiritilgan hujjat ustida ishlash (uni kompyuter xotirasiga yozib qo'yish, kerakli paytda
chaqirib olish, printerdan chiqarish va hokazolar) uchun Standart panelida joylashgan
quyidagi tugmalar bosiladi:
Yangi fayl hosil qilish.
Oldindan xotirada saqlab qo'yilgan faylni ochish.
Hosil qilingan faylni yoki kiritilgan o'zgartirishlarni xotirada saqlash
Joriy faylni printerdan chiqarish
Joriy faylni varoqda qanday joylashishini chamalab ko'rish.
Orfografik xatolarni tekshirish.
Oxirgi buyruqni bekor qilish.
Bekor qilingan buyruqlarni qayta takrorlash.
Yuqoridagi aytilgan tugmalar Mathcad Standart panelida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |