1-rasm. Milliy ko`ylak va lozim dеtallari konstruktsiyasi
a-old va ort bo`lak; b-yoqa; c-lozim.
«Milliy ko’ylak, lozim tikish ketma-ketligini tuzish, mayda bo’laklarni tayyorlash».
Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jihatdan yoqalarga ajratiladi. Gazlama turiga qarab ularga yelimli qotirma qo’yiladi. Ostki yoqaning teskari tomoniga qotirma materialni kleyli tomonini, chetki qirqimlariga 0,5-0,7 sm. yetkazmay namlangan mato yordamida dazmollab yopishtiriladi. Ostki yoqaga kerakli shakl berish uchun qotirma tomonidan yoqa o’rtasidan boshlab qotirma va qaytarma qirqimlari bo’ylab oldin bir tomonga keyin ikkinchi tomonga ostki yoqa cho’zib dazmollanadi. Buning uchun ostki yoqa ko’tarmasi qirqimini ishlovchi tomonga qaratib qo’yib, namlab ko’tarmaning va qaytarmaning qirqimlari tortibroq turiladi va yoqa uchlarini ishlovchidan chetga chiqarib turiladi. Ostki yoqani andozaga binoan aniqlab bo’r bilan chiziladi va kerakmas joylarini qirqib tekislanadi. Ostki yoqa shakliga mo’ljallab, har bir ustki yoqa alohida, teskari tomondan aniqlanadi va qirqib tekislanadi. Ostki yoqa o’ngi tomonini yuqoriga va uning ustiga ustki yoqa o’ngini pastga qaratib qo’yiladi va qirqimlarini ostki yoqa qirqimlari bilan tekislanadi. Uchala tomoniga 0,7 sm. kenglikda ag’darma chok bilan tikilinadi. Tikilgan yoqani burchaklaridan tikilgan chokka 0,1-0,2 sm. yetkazmay kesib chiqamiz. Yoqani o’ngiga ag’darib, burchaklarini to’g’rilab ustki yoqadan 1-2 mm kenglikda kant chiqarib, ostki yoqa tomonidan yoqani ziyi ko’klanadi va dazmollanadi. Yoqani chetki qirqimlarini 0,5 sm kenglikda bezak va bahyaqator yurgiziladi.
1-rasm. Milliy ko’ylak va lozimning chizmali ko’rinishi
1-Yoqaga ishlov berish; 2-Yelkaga ishlov berish; 3-Yengga ishlov berish; 4-Etakning yon boshiga ishlov berish; 5-Etakning yuqori qismiga ishlov berish; 6-Manjetga ishlov berish. Oldi va orqa kaketkani biriktirma chok bilan biriktirayotganda kaketka oldi bo’lak avrasiga ular o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’rilab ulanadi. Ustma-ust qo’yib yelka qirqimlarini chetga 0,7-1 sm biriktirib tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. Astarni oldi va orqa kaketkalar o’ngini ichkariga qaratib ustma-ust qo’yib yelka qirqimlarini chetiga 0,7-1 sm ga biriktirib tikiladi. Tikilgan yelka choklari yorib dazmollanadi.
Yeng qirqimlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va teskari tomonidan 1 sm chok xaqqi hisobida tikiladi. Tikilgan choklar gazlamaning teskari tomoniga namlangan mato bilan dazmollanadi. Dazmol qilingan yeng qirqimlarini maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi. Etak qismini tikishda orqa va oldi bo’laklar etak qismlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yib yon qirqimlari chetidan 1-1,5 sm tikiladi. Tikilgan yon qirqimlari orqa bo’lakka qaratib dazmollanadi. Tikib dazmol qilingan yon qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi. Orqa va old yuqori qirqim chetlaridan 0,5 sm ichkarida birinchi bahyaqator yuritiladi. Bahyaqatordan 0,5 sm ichkaridan ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Ikkala bahyaqatorlarning ostki iplari tortiladi va burmalar tekislanadi.
Lozimni pastki qirqimida manjetni tikishda, manjetni o’rtasidan bukish chizig’i bo’ylab bukib, ostki manjet tomonidan dazmollanadi. Ostki manjet teskari tomonidan dublirinning kley tomonini qo’yib namlab isitib ishlov beriladi, bunda qotirma qirqimlari gazdlama chok haqlariga 2-3 mm kirib turish kerak. Gazlamani o’ngini ichkari tomonga bukib, manjet qirqimlari chetidan 0,5-0,7 sm ichkaridan biriktirib tikiladi. Tikilgan chok qirqimi yorib dazmollanadi. Tayyor manjet ostki manjet tomonidan namlab isitib ishlov beriladi.
Dostları ilə paylaş: |