Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi



Yüklə 194,7 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü194,7 Kb.
#194745
  1   2   3   4   5   6   7   8
Jumanazarova M Metodika


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI





NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PROFESSIONAL TA’LIM” fakulteti
TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI” kafedrasi
TEXNOLOGIYA TA’LIM METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI


Mavzu: Texnologiya darslarida “Ko‘ylakni bichish va tayyorlash texnologiyasi” amaliy mashg‘ulotini o‘qitish metodikasi.

Bajardi: Jumanazarova Maxliyo Abror qizi
Kurs ishi rahbari: dots.v.b. G’.M.Abduqodirov
Toshkent-2023

Mundarija:

Kirish
Asosiy qism
I.Bob O’quvchilarga “o’lchash va rejalash qurollari, ulardan foydalanish’’ mavzusini o’qitish metodikasi
1.1 O’qitish metodlarining tasniflashga oid ilmiy qarashlar
II.Andozalarni gazlamaga joylash va bichish.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish


Kurs ishining dolzarbligi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni yetkazish to’g’risida»gi Farmoni (08.10.1997 yil), «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ha- yotga tatbiq etish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu dasturiy hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o’ynashi hisobga olingan. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo’nalishlar bo’yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Shu jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo’yilgan vazifani amalga oshirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar shuni ko’rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to’g’ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o’tish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan kelib chiqib, kasb ta’limining bakalavriat yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» darsi 2008-yilda qabul qilingan yangi DTS bo’yicha esa «Kasb ta’limi metodikasi» o’qitiladigan bo’ldi.
Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta’limi metodikasi — bu iqtisodiy fanlardan dars o’tishni o’rganish metodikasi boiib, iqtisodiy fanlarni talabalarning chuqur o’rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo’llash yo’llarini o’rganish, bo’lg’usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko’zda tutadi.
Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o’rgatish uchun o’qituvchining o’zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo’llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo’ladi.
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o’zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilishdir. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar o’z navbatida ishchi kuchiga ham alohida talablar qo’yadi. Ya’ni ishchilar malakali, mahoratli, talabning o’zgarishiga moslashuvchan, o’z malakasini oshirishga intiluvchan bo’lishi talab etiladi. Ishchi kuchiga bo’lgan talablarni talabalar chuqur idrok etishlari, mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilishga, oqilona xulosa chiqarishga o’rganishlari lozim. Jahon pedagogikasida diqqat-e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratilgan.


Yüklə 194,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin