Profilaktik emlash. Profilaktik emlashni o’tkazish uchun qo’llaniladigan preparatlar, ularni qo’llash usullari



Yüklə 22,05 Kb.
tarix22.05.2020
ölçüsü22,05 Kb.
#31417
1 prof emlash

PROFILAKTIK EMLASH. PROFILAKTIK EMLASHNI O’TKAZISH UCHUN QO’LLANILADIGAN PREPARATLAR, ULARNI QO’LLASH USULLARI

1. Mashg’ulotning maqsadi: Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan dorilar bilan, ularni saqlash sharoitlari va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash qoidalari bilan tanishish. Emlashni kimlarga va qaysi paytlarda o’tkazishni o’rganish.

2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt:

Amaliy mashg’ulot - 8 soat,

Mustaqil ish - 2 soat.

3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:

3.1. Aktiv va passiv emlash qoidalarini, emlash uchun ishlatiladigan preparatlarning turlarini va emlashni kimlarga o’tkazish kerak ekanligini o’rganish;

3.2. Emlashga doir bo’lgan ko’rsatma va qo’llanmalarni o’rganish;

3.3. Bolalarni profilaktik emlash jadvalini (SanPiN 0132-02), emlash uchun ishlatiladigan preparatlarning tavsifnomasi mujassamlashgan jadvalni ish daftariga yozib olish.

4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:

4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimida immunoprofilaktikaning tutgan o’rni. Emlash yo’li bilan boshqariladigan yuqumli kasalliklar.

4.2. Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan preparatlar va ularni kimlarga nisbatan qo’llash turlari.

4.3. Immunitet, immunitet turlari.

4.4. Vaksinalarning turlari.

4.5. Tirik vaksinalar, ularning olinishi, odam organizmiga yuborish usullari. Vaksinal jarayonning kechishi. Immunitetning kuchlilik darajasi va davomiyligi. Tirik vaksinalarning boshqa vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari.

4.6. Jonsizlantirilgan vaksinalar, anatoksinlar, ularning olinishi va umumiy xossalari. Organizmga yuborish usullari. Shimdirilgan vaksinalarni oddiy vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari.

4.7. Kimyoviy vaksinalar. Ularning olinishi. Kimyoviy vaksinalarning afzalliklari, ularning hozirgi paytdaga qo’llanilish darajasi.

4.8. Immun zardoblar va immunoglobulinlar. Ularning olinishi. Umumiy xossalari. Gomologik zardoblar va immunoglobulinlarniig geterologik zardoblarga nisbatan afzalliklari. Passiv emlashning samaradorligi.

4.9. Bakteriofaglar. Ularning umumiy xossalari, qo’llanishga doir ko’rsatmalar.

4.10. Vaksinalarni organizmga yuborish usullari. Zamonaviy texnik asboblar.

5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:

5.1. Retrospektiv epidemiologik tahlil asosida emlash chora-tadbirlarining hajmini aniqlay bilish va operativ epidemiologik tahlil natijalari asosida emlashni o’tkazishni ta’minlash.

5.2. Immunoprofilaktikani o’tkazish uchun kerakli preparatlarni, ularning yaroqliligini aniqlash. 91

5.3. Emlash uchun qo’llaniladigan texnika vositalari bilan ishlashni o’rganish.

6. Talabalarning mustaqil ishi:

6.1. Bakterial preparatlarning tashqi ko’rinishini o’rganish, idishlarini ko’rib chiqish va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash.

6.2. Emlashni o’tkazishga ko’rsatmalar va emlashga qarshi ko’rsatmalarni o’rganish.

6.3. Vaksinalar qo’llanilishining zarurligini o’rganish. Ish daftariga jadval tuzib, unga vaksinalarning tavsifini, emlash tartibini, organizmga yuborish usullarini, miqdorini, immunitetning davomiyligini va vaksinalarni saqlash sharoitlarini yozib chiqish.

6.4. Vaziyatga oid masalalarni yechish.

Axborot uchun ma’lumot Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimida immunoprofilaktika o’ziga xos o’rin tutadi.

Ma’lumki, yuqumli kasalliklarning oldini olish tizimi asosan 3 yo’nalish bilan boruvchi profilaktik va epidemiyaga qarshi choratadbirlardan iborat:

1. Kasallik manbaini alohidalab qo’yish va zararsizlantirish.



2. Kasallik qo’zg’atuvchilari tarqalishining oldini olish uchun yuqish mexanizmini va yo’llarini uzib (to’sib) qo’yish.

3. Emlash yo’li bilan aholining u yoki bu xil yuqumli kasalliklarga moyilliklarini kamaytirish. Yuqumli kasalliklarning klinik-epidemiologik va immunologik xususiyatlari va samarali preparatlarning mavjudligiga qarab, yuqumli kasalliklarning oldini olishda yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlardan biri asosiy yo’nalish bo’lishi mumkin. Masalan, ikkinchi yo’nalish aholi o’rtasida bitlashni yo’qotish, toshmali terlama kasalligini bartaraf qilishda asosiy o’rin tutadi. Lekin bu o’rinda aholi o’rtasida bitlashni tekshirish, kasallik manbaini (toshmali terlama bilan kasallanganlarni) aniqlash, ularni shifoxonalarga yotqizish va keng sanitariyaoqartuv ishlarini olib borish ham katta ahamiyatga ega. Toshmali terlamaning oldini olishda emlash yordamchi vosita hisoblanib, undan sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qisqa vaqt ichida o’tkazishning iloji bo’lmagan holda foydalaniladi. Emlashning ijobiy tomonlari Shundaki, toshmali terlama kasalligining kechishini engillashtiradi va o’lim hollarini butunlay yo’qotadi. Emlash o’lat, kuydirgi, qora oqsoq (brucellyoz), leptospiroz, vabo, ich terlama va boshqa ichak kasalliklarining (poliomielitdan tashqari) oldini olishda yordamchi vosita hisoblanadi. Bu turdagi kasalliklarga qarshi vaksinalar yetarlicha samaradorlikka ega emas. Bunday turdagi kasalliklarning oldini olishda asosiy e’tibor sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika chora-tadbirlariga qaratilgan bo’lishi kerak. Yuqumli kasalliklarning ba’zi bir xillari mavjudki, ularning oldini olish va kamaytirishda sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qo’llashning o’zigina yetarli natija bermaydi. Bunday kasalliklar jumlasiga ko’proq havo-tomchi yo’li orqali yuquvchi kasalliklarni kiritish mumkin: difteriya, chinchechak, ko’kyo’tal, 92 qizamiq, sil va h.k. Bu kasalliklarda infeksiya manbai va yuqish mexanizmiga qaratilgan choratadbirlarning yetarlicha samara bermasliginiig asosiy sabablari - ushbu kasalliklarning klinik va epidemiologik xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni kasallikka umumiy moyillik, o’ta faol va oson amalga oshuvchi yuqish mexanizmi, kasallikning engil, yashirin kechishi, ularni o’z vaqtida va butunlay aniqlashning qiyinligidadir. Shuning uchun ham bunday kasalliklarni kamaytirish va oldini olishda emlash katta ahamiyatga ega va u asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. Emlash ishlari yo’lga qo’yilgunga qadar yer kurrasining barcha joylarida qizamik, difteriya, tepki, ko’k yo’tal kabi kasalliklar bolalar orasida juda keng tarqalgan bo’lib, o’lim hollari ko’pligining asosiy sabablaridan biri bo’lib kelishgan. Bu kasalliklarga qarshi emlash o’tkazilishi natijasida kasallanish holatlari keskin kamaydi. Masalan, Rossiyada Paster nomli epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqarilgan qizamiqqa qarshi tirik vaksina keng ko’lamda epidemiologik sinovdan o’tkazilganda kasallanish o’n martaga kamaygan va emlashdan keyingi immunitet uzoq vaqt (5 yildan kam emas) davom etishi aniqlangan. 1969 yildan boshlab bolalarni rejali ravishda qizamiqqa qarshi emlash keng yo’lga qo’yilgan. Buning natijasida mamlakatimizda qizamiq bilan og’rish keskin kamaydi. Difteriya, ko’kyo’tal, qoqshol va poliomielit kasalliklariga qarshi profilaktik emlash natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda difteriya kasalligi yakkam-dukkam holda asosan emlanmagan yoki noto’g’ri emlanganlar orasida uchrab turibdi; ko’kyo’tal bilan og’rish sezilarli darajada kamaydi; qoqshol bilan og’rish keskin kamaydi. Poliomielit batamom tugatildi. Immun zardoblar bilan passiv emlash yordamida ko’pgina yuqumli kasalliklarning oldini olish yoki davolash mumkin. Bunday zardoblar yordamida yuqumli kasal bemorlari bilan muloqotda bo’lgan kishilarni emlash kasallik tarqalishining oldini oladi. Immunitet Immunitet tabiiy yoki sun’iy bo’lishi mumkin. O’z navbatida tabiiy immunitet ham 2 xil. ya’ni: tabiiy aktiv, tabiiy passiv immunitetga bo’linadi. Sun’iy immunitet ham sun’iy aktiv va sun’iy passiv immunitetga bo’linadi Tabiiy aktiv immunitetga misol qilib organizmning biror xildagi yuqumli kasallikni boshidan kechirgach paydo bo’ladigan immunitetni keltirishimiz mumkin. Tabiiy passiv immunitetga esa onadan bolaga yo’ldosh orqali qon bilan o’tuvchi immunitet misol bo’la oladi. Sun’iy aktiv immunitet organizmga vaksinalar va anatoksinlar yuborish natijasida hosil bo’ladi. Aktiv immunitetning o’zi nima? Aktiv immunitet - organizmning o’z kuchi hisobiga hosil bo’ladigan immunitet, ya’ni bunda kasalliklarga qarshi organizmning o’zida antitelolar hosil bo’ladi. Vaksinalar va anatoksinlarni boshqacharoq ataydigai bo’lsak organizm 93 uchun antigendir, ularni organizmga kiritganimizda, organizm himoyalanishga harakat qiladi, ya’ni ularga qarshi antitelolar ishlab chiqaradi. Sun’iy passiv immunitet organizmga har xil zardoblardan tayyorlangan preparatlar yuborilganda hosil bo’ladi, ya’ni passiv immunitet deb organizmga tayyor antiteloli preparatlar kiritilishi bilan hosil bo’ladigan immunitetga aytiladi. Odamlar qonidan tayyorlangan zardoblar gomologik zardoblar deb, hayvonlar qonidan olingan zardoblar esa geterologik zardoblar deb ataladi. Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar Hozirgi paytda yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun vaksinalarning quyidagi turlari ishlatiladi: - tirik vaksinalar; - jonsizlantirilgan vaksinalar; - kimyoviy vaksinalar; - anatoksinlar. Tirik vaksinalar - patogenlik, virulentlik xususiyatlari yo’qotilgan, lekin immunologik xususiyatlari saqlab qolingan bakteriya, rikketsiya va viruslardan tayyorlanadigan vaksinalardir. Ular jonsizlantirilgan vaksinalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Organizmga yuborilgan tirik vaksinalar ko’paya boshlaydi va limfa tugunlariga, ba’zan esa ichki organlargacha ham kirib bora oladi. O’z navbatida organizm ham bunga javoban maxsus reaksiya bilan, ya’ni antigenga qarshi antitelo hosil qilish reaksiyasi bilan javob qaytaradi. Emlash natijasida o’tadigan infeksion jarayon bir necha hafta davom etadi. Organizm bu vaqt mobaynida bir marta yuborilgan vaksinaga javoban kuchli va davomli immunitet hosil qilib ulguradi. Jonsizlantirilgan vaksinalarda esa buning uchun organizmga ikki-uch marotaba yuborish kerak bo’ladi. Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi: chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma, o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi. Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va tashilishi lozim. Idishi singan yoki darz ketgan, vaksinasining ko’rinishi o’zgargan bo’lsa (burishib qolgan, har xil rangda, nomlanmagan va boshq.), bunday vaksinalar ishlatilmaydi (brakeraj) va zararsizlantirilib tashlab yuboriladi. Quritilgan vaksinalarni eritish uchun steril izotonik natriy xlor suyuqligi yoki distillangan suv ishlatiladi. O’tgan davrlarda tirik vaksinalar suyuq holda chiqarilar edi va o’z aktivligini eng qulay sharoitlarda ham 3 haftadan ko’p saqlab qololmas edi. Bu hol esa ularning tibbiyot amaliyotida keng qo’lanilishini chegaralab qo’yar edi. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish va immunogenlik xususiyatlarini uzoq muddatlargacha saqlab qola olishi uchun, tirik vaksinalar shtammlari zararsiz bo’lgan qo’shimcha moddalar (saxaroza, jelatin va boshq..) qo’shilib muzlatilgan holda chuqur vakuum ostida quritilib, shisha idishlarda vakuum sharoitida yopilgan holda chiqariladi. Odatda har bir vaksinaning yonida kerakli miqdorda eritish uchun idishchada suyuqlik bo’ladi. Eritilgan vaksina 4 soat mobaynida 94 ishlatilishi kerak. Ishlatilmay qolgan vaksina zararsizlantirilib, tashlab yuboriladi. Shuni esda tutish kerakki, tirik vaksinalar bilan emlashdan 2 kun oldin va emlangandan keyin 7-10 kun mobaynida antibiotik va sulfanilamid dorilar qabul qilmaslik kerak. Jonsizlantirilgan vaksinalar. Bunday vaksinalar patogenlik va virulentlik xususiyatlari yaxshi rivojlangan kasallik qo’zg’atuvchi shtammlaridan tayyorlanadi. Maxsus oziqli muhitda o’stirilgan bu qo’zg’atuvchilar shtammlari qizdirish yo’li bilan yoki formalin, etil spirti, aceton va boshqa bakterisid moddalar yordamida inaktivatsiyalash (jonsizlantirish) yo’li bilan olinadi. Jonsizlangan vaksinalarni konservalash uchun ularga tozalangan kuchsiz fenol va mertiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 qayta yuborilgandan so’nggina immunitet hosil qiladi; immunitetning davomiyligi 6-10 oydan oshmaydi. Jonsizlantirilgan vaksinalar muzlatilganda yaroqsiz holga keladi. Hozirgi vaqtda jonsizlantirilgan vaksinalar ich terlama, ko’kyo’tal, kanali encefalit, leptospiroz kabi kasalliklarga qarshi emlash uchun ishlatiladi. Jonsizlantirilgan vaksinalarning qulayliklaridan biri ularni tayyorlash tirik vaksinalarga nisbatan ancha osonroq yo’llar bilan amalga oshadi, undan tashqari bu vaksinalarni uzoq muddatda saqlash imkoniyati bor. Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar bakteriyalardan ularning tarkibida joylashgan eruvchan antigenlarni toza holda ajratib olish uchun murakkab kimyoviy va fermentativ ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bakterial hujayralardan ajratib olingan eruvchan antigenlar organizmga yuborilganda tez so’rilib ketadi, kuchsiz immunitet hosil qiladi va organizmga kimyoviy moddalarning qoldiqlari zaharli ta’sir ko’rsatadi. Bunday kamchiliklarni yo’qotish uchun vaksinaga suvda erimaydigan odam organizmi uchun zararsiz bo’lgan moddalar (alyuminiy gidroksidi yoki alyuminiy fosfat tuzi) qo’shiladi. Bu moddalar antigenlarni o’ziga shimib oladi (sorbsiya) va ularning organizmga so’rilishini sekinlashtiradi. Shimdirilgan (sorbsiyalangan) vaksinani teri ostiga yuborilganda shu joyda antigenlar "deposi" hosil bo’ladi va organizmga asta-sekin so’rilishi natijasida toksik (zararli) ta’siri kamayadi. Antigenlarning asta-sekin so’rilishi organizmda kuchliroq va uzoq muddatli immunitet hosil bo’lishini ta’minlaydi. Bu esa saralangan kimyoviy vaksinani bir marta yuborish bilan kerakli immunitet hosil qilishini ta’minlaydi. Anatoksinlar. Anatoksinlar - formalin yordamida patogen mikroorganizmlar toksinlarini zararsizlantirib olinadi, qayta ishlov berish natijasida ballast (qo’shimcha) moddalardan tozalanadi, bunda toksigenlik xususiyatlari yo’qotiladi, lekin uning antigenlik va immunogenlik xususiyatlari saqlab qolinadi. Anatoksinlar toksikoinfeksiya kasalliklari - difteriya, qoqshol, botulizm kabi kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uchun ishlatiladi. Organizmga yuborilgan anatoksinlar organizmda maxsus antitoksik antitelolarning aktiv ravishda hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Anatoksinlarning immunitet hosil qiluvchi ta’sirini oshirish va yuborilgan joyda antigenlar "deposini" hosil qilish uchun alyuminiy gidroksidiga shimdiriladi, buning natijasida anatoksinlarning asta-sekin so’rilishi 95 va organizmda mustahkam, uzoq muddatli antitoksik immunitet hosil bo’lishi kuzatiladi. Tozalangan anatoksinlar shisha idishchalarda rangsiz, tiniq va oq rangli cho’kmalari bor suyuqlik holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin bu shisha idishchalar to antigenlar shimdirilgan alyuminiy gidroksidi tekis tarqalgunga qadar silkitiladi. Anatoksinlar quruq, qorong’u joyda yoki muzlatgichda 2°-10°S daraja haroratda saqlanishi kerak. Muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tibbiyot amaliyotida anatoksinlarning quyidagi turlari ishlatiladi: shimdirilgan (adsorbsiyalangan) difteriyaga qarshi anatoksin (AD); adsorbsiyalangan stafilokokka qarshi anatoksin; qoqsholga qarshi anatoksin (AS); ko’p hollarda tarkibiga difteriyaga va qoqsholga qarshi anatoksinlar kiruvchi assotsiatsiyalangan anatoksinlar ishlatiladi. Masalan: adsorbsiyalangan ko’kyo’taldifteriya-qoqsholga qarshi vaksina (AKDS) va adsorbsiyalangan difteriyaqoqsholga qarshi anatoksin (ADS). Immun zardoblar. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi shoshilinch emlash va ba’zilarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday zardoblar asosan maxsus emlangan hayvonlarning (otlar) qon zardobidan (geterogen zardoblar) ishlov berish yo’li bilan va ma’lum kasalliklar bilan og’rib tuzalgan kishilar (donorlar) qonidan (gomologik zardoblar) tayyorlanadi. Immun zardoblar tarkibida patogen mikroorganizmlarni o’ldiruvchi va ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi antitelolar mavjud. Passiv immunitet immun zardoblarni vena tomiriga yuborilganda darhol hosil bo’ladi, muskul orasiga va teri ostiga yuborilganda esa 12-24 soatdan keyin hosil bo’ladi. Geterogen zardoblarni qo’llashda ehtiyotkor bo’lish lozim. Avvalo organizm sezuvchanligi aniqlanib keyin organizmga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki sezuvchan organizmga Shunday zardobni qayta yuborganda keskin umumiy reaksiyalar (zardob kasalligi, anafilaksiya, shok holati) bo’lishi mumkin. Organizm sezuvchanligini tekshirish uchun teri orasiga dori yuborib ko’riladi. Sezuvchanligi baland bo’lgan kishilarga faqat davolovchi vrach ishtirokida, maxsus sxema bo’yicha, davolash maqsadida yuboriladi. Odamlar qonidan tayyorlangan immun zardoblar (gamma-globulinlar) noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi va organizmdagi immunitet 3-4 hafta davom etishi mumkin. Kichik shisha idishlarda rangsiz yoki biroz loyqasimon suyuqlik holatida chiqariladi. Saqlash jarayonida sarg’ish rangga kirib qolishi mumkin. Harorati 4- 10°S bo’lgan sharoitda saqlanishi kerak, muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Oddiy (normal) gammaglobulinlar donorlar, plasentar va abort qonlaridan - infeksiyadan so’nggi yoki emlashdan so’ng hosil bo’lgan immunitetlari bor kishilar qonidan tayyorlanib, qizamiqqa, poliomielitga, virusli gepatitga, meningokokka va boshqa infeksiyalarga qarshi shoshilinch emlashda ishlatiladi. Maxsus gammaglobulinlar u yoki bu yuqumli kasallikka qarshi maxsus emlangan kishilar (donorlar) qonidan tayyorlanadi. Masalan: kanali ensefalitga qarshi gammaglobulin, gripp, qoqshol, stafilokokkli infeksiyalarga qarshi gammaglobulinlar. Bakteriofaglar. Bakteriofaglar - "bakteriyalarni yemiruvchilar", 96 bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir qilishadi. Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi. Emlash usullari Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun ichiga (intranazal), og’iz orqali. Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan. Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin. Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi, diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi kasalliklarida). Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga) preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi. Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADSanatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga yuboriladi. Teri ustiga emdori yuborish. Teri ustiga emdori yuborish usuli bilan tulyaremiya, qora oqsoq, Ku-isitmasi, kuydirgi, o’lat va chin chechakka qarshi tirik vaksinalar bilan emlash, Shuningdek, diagnostik-allergik reaksiyalarni qo’yish mumkin. Bu usul bilan jonsizlantirilgan vaksinalarni organizmga yuborib bo’lmaydi, chunki faqat tirik vaksinalar teridan teri osti to’qimalariga o’tib ko’payishlari mumkin. Bu usulda emdorini yelka terisi tashqi sohasiga yuboriladi. Og’iz orqali (peroral) emlash. Poliomielitga qarshi tirik vaksinani va bakteriofaglarni og’iz orqali yuborish mumkin. Bu usulda yuboriladigan emdorilar suyuq holda yoki quritilgan (tugmachalar, konfetlar) holda chiqariladi. Burun orqali (intranazal) emlash. Bu usul bilan grippga qarshi tirik vaksinani va odam leykotsitlarining interferonini gripp va boshqa virusli respirator kasalliklarning oldini oluvchi dorilarni yuborish mumkin. Bu xil emdorilar shisha idishchalarda quritilgan holda chiqariladi. Ishlatishdan oldin qaynatib uy haroratida sovutilgan suvda eritiladi. Interferon esa distillangan steril suv bilan eritiladi. Grippga qarshi tirik vaksina maxsus asbob yordamida burunga purkaladi, interferon esa ingalyatsiya yo’li bilan yoki burunga tomizish yo’li bilan yuboriladi.
Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin