Proturalar yoki burtsizlar turkumi – Protura Reja:
Proturalar haqida.
Burtsizlar turkumi tuzilishi
Yopishuvchi oyoqlar
Patsimon mo‘ylovlar bo‘g‘imlarining bosh qismidan uch qismiga qarab, ikki tomondan har xil uzunlikdagi qilchalari bo‘ladi, bu qilchali mo‘ylov; bunday mo‘ylovning uchta bo‘g‘imidan bittasida oddiy yoki shoxlangan qilchasi bo‘ladi. Barcha hasharotlar bosh qismining ikki yonida bir juft ko‘zi bo‘ladi, lekin ayrim hasharotlarda ko‘z (Protura) bo‘lmaydi. Ko‘z kesigi mikroskopda ko‘rilganda, uning katakchalari bo‘lib, ular fasetka deb ataladi. Fasetkalar har xil hasharotlarda bir nechtadan bir necha mingtagacha bo‘lishi mumkin. Ko‘zlarning katta-kichikligi, shakli xilma-xil bo‘lib, ba’zilari hasharot bosh 16 qismining ozgina joyini, ba’zilari esa boshning yarmidan ko‘prog‘ini egallaydi. Ular oval, yumaloq, loviyasimon shakllarda bo‘ladi. Deyarli ko‘pgina hasharotlarning boshida ko‘zidan tashqari, yana ko‘zchalari bo‘lib, ular ikkita va uchtadan 8 ta hatto 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ko‘zchalar peshonaga yoki ensaga joylashgan bo‘ladi. Ko‘zchalar (sodda ko‘zchalar), ko‘pincha, yumaloq bo‘ladi. Sodda ko‘zchalar fasetkaga bo‘linmaydi, mo‘ylovi murakkab ko‘zchalarning fasetkasidan kattaroq bo‘ladi. Ayrim hasharotlarda sodda ko‘zlar bo‘lmaydi. Hasharotlarda bosh qism bo‘yin bo‘limi orqali tanani birlashtiruvchi qismdan iborat. Tananing bu qismi mikrotfaks, degan nuqtayi nazar bo‘lsa ham, u hali to‘liq qabul qilinmagan. Bo‘yin qismida ikki juft servikal skleritlar bo‘lib, ular tanani bosh qism bilan biriktirib turadi. Ko‘p hollarda servikal skleritlar oldingi ko‘krak qism bilan birikadi. Ko‘krak hasharotlarning bosh va qorin qismlarini bog‘lab turadi. Hasharotlarning ko‘krak qismi. Hasharotlarning boshidan keyingi qismi ko‘krak bo‘lib, u uch bo‘g‘imdan: oldingi ko‘krak, o‘rta ko‘krak va orqa ko‘krakdan iborat. Hasharotlarning oldingi, o‘rta, orqa ko‘krak qismlari birbiriga harakatchan birikkan bo‘lib, ayrimlarida bu qismlar jips birikib ketgan bo‘ladi. Ko‘krakning uchta segmentining har biri xitinlashgan ayrim qismlardan – skleritlardan iborat. Segmentlarning yuqori qismi yoki ustki tomoni, yelka ostki tomoni yoki ko‘kragi yon tomonidagi skleritlar – biqincha yoki pleyritlar deb ataladi. Hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan oyog‘i bo‘ladi. Qanotli hasharotlarning o‘rta va orqa bo‘g‘imlarida juft qanotlar bo‘ladi. Shuning uchun o‘rta va orqa bo‘g‘imlari birgalikda pterotoraks degan nom bilan ifodalanadi. Ayrim hasharotlarda oldingi ko‘krak bo‘g‘imi boshqa ko‘krak bo‘g‘imlariga, jumladan, beshiktervatarlarda nisbatan oddiyroq tuzilgan. Oyoqlari qamrovchi tipda bo‘ladi. 17 Uchish xususiyatini yo‘qotgan hasharotlarda oldingi yelkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko‘kragi ancha kichiklashgan bo‘ladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari skleritlari biqini yoki pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib, har bir oyog‘ining joylashgan yerida burmali teri – kutikula chuqurchani hosil qiladi. Ushbu chuqurchada oyog‘ining tozchasi joylashgan. O‘rta va orqa ko‘krak biqinchalarida kamdan kam hollarda oldingi ko‘krak biqinchasining ham ikki yonida bittadan zo‘rg‘a seziladigan va noto‘g‘ri yumaloq (oval) shaklli nafas teshikchalari bo‘lib, ular stigma deb ataladi. Hasharotlarning qanoti. Ko‘pchilik hasharotlarda ikki juft qanot bo‘lib, ularning birinchi jufti o‘rta ko‘krakka va ikkinchisi orqa ko‘krakka joylashadi. Lekin ikki qanotlilarda qanot bir juft bo‘lib, ular o‘rta kurakka, orqa kurakka esa yo‘qolib ketgan orqa qanot rudimentlari o‘rnashadi. Hasharotlar qanoti ikkita yupqa plastinkadan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidan to‘rt tomoni berk katakchalar hosil qiladigan tik va ko‘ndalang tomirlar o‘tadi. 7-rasm. Oddiy hasharotlar qanotining tuzilishi: C – kostal tomir, Sc–subkostal tomir, R – radial tomir, S – sektoral tomir, M – medial tomir, Cu – kubital tomir, P – plikal tomir, E – empual tomir, A – anal tomir. R M S MA MP Cu P E 3A 2A 1A E P Cu2 Cu1 M4 M3 M2 M1 S4 S3 S2 S1 S R A SP Tomirlarning soni va joylashishi har xil. Tuban hasharotlar qanotida ko‘proq ko‘ndalang tomirlar bo‘ladi, qanot tomirlari 18 qanot pardalarini ko‘tarib turuvchi mexanik tirgak vazifasini bajaradi. Ichi g‘ovak bo‘lgan ayrim tomirlar orqali oziq modda tashuvchi qon oqadi. Hasharotlar qanotlarini tutib turishida va ularni oziqlanishida uzunasiga ketgan tomirlar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagi xillarga bo‘linadi: C – kostal tomir. Bunda tomir qanotning tubidan chiqib, uning oldingi cheti bo‘ylab ketadi. Sc– subkostal tomir. Birinchi tomirdan keyin qanotlar tubidan chiqadi. Ko‘pincha, kalta bo‘ladi va qanotning oldingi chekkasiga borib taqaladi. R – radial tomir. Subkostal tomirdan keyin qanotlar tubidan chiqadi. Bu tomirlar, ko‘pincha, besh tarmoqli bo‘ladi, bu tarmoqlar qanotning oldingi va tashqi chekkasiga borib yetadi. Aksariyat hasharotlar qanotining chekkasi yonida – radial tomir tarmoqlarida terisimon plastinkacha – ko‘zcha, ya’ni pterosigma hosil bo‘ladi. M – o‘rta yoki medimal tomirlar. Ular radial tomirlardan keyin joylashadi va tarmoqlaydi. Tarmoqlarning uchi qanotning tashqi chekkasiga borib taqaladi. Cu – kubital tomir. Ular medial tomirdan keyin kelib, ildiz tubidan chiqadi. Ba’zi uchlari qanotning tashqi yoki chekkasiga borib taqaladigan ikki tarmoqqa bo‘linadi. A – keyingi yoki anol tomirlar qanot tubidan chiqadi, lekin tarmoqlanmaydi. Har qaysisi qanotning orqa, ba’zan tashqi chekkasiga mustaqil borib taqaladi. Anol tomirlar, ko‘pincha, aksilyar tomir deb ham ataladi. Hasharotlarning oyog‘i. Hasharotlarning oyog‘i ko‘kragining ostki tomonida, har qaysi segmentga bir juftdan joylashadi. Ko‘krakning oldingi qismida joylashgan oyoqlari oldingi juft oyoqlar deb ataladi. Ko‘krakning o‘rtasida joylashganlari o‘rta oyoqlar yoki ikkinchi juft oyoqlar va ko‘krakdan keyinda joylashganlari keyingi yoki uchinchi juft oyoqlar deb ataladi. Voyaga yetgan hamma hasharotlarning oyog‘i uch juft bo‘lib, ular hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) deb ham ataladi. 19 Hasharotlarning oyoq bo‘g‘imlari tos, o‘ynog‘ich, son, boldir, panjalardan iborat bo‘ladi. Hasharotlarning oyog‘i kattakichik va shakliga qarab xilma-xil bo‘ladi. Bunday xilmaxillik ularning yashash tarziga bog‘liq bo‘ladi va funksiyasi ham o‘zgarib turadi. 8-rasm. Hasharotlar oyog‘ining xillari: I– yuguruvchi, II– suzuvchi, III– sakrovchi, IV– qamrovchi, V– so‘rg‘ichli, VI– yig‘uvchi, VII– qazuvchi. Oyoqning tuzilishi: 1– toscha, 2– o‘ynog‘ich, 3– son, 4–boldir, 5– panja. 1 2 3 4 5 I 2 3 4 2 4 3 1 II III VII 4 3 5 2 1 IV 5 4 3 2 1 3 4 5 V VI Barcha hasharotlarning oyog‘i tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Sakrovchi oyoqlar. Bunday oyoqlarning son qismi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, orqa juft oyoqlarigina sakrovchi bo‘ladi. Suzuvchi oyoqlar. Hamma qismi, boldir panjasi keng va yassi bo‘ladi. Suzuvchi oyoqlarning ayrim qismlari, jumladan, barmoq yuzasi ularning qirrasiga joylashgan tukchalar tufayli juda kengayadi. Aksariyat hollarda keyingi juft oyoqlar, ayrim hollarda o‘rta juft oyoqlar ham suzuvchi bo‘ladi. Ular oyoqlarining har qaysisi ham bir vaqtda harakat qiladi. Yuguruvchi oyoqlar. Boldiri va panjasi uzun va ingichka, yuguruvchi bo‘ladi. Tutuvchi oyoqlar. Tutuvchi oyoqlar sonida uzunasiga ketgan chuqur ariqcha bo‘ladi. Bu ariqchaga boldir joylashadi, natijada tutilgan o‘ljani kesish va qisish jarayoni amalga oshadi. Tutuvchi oyoqlarning boldiri va sonining tanaga qaragan ichki chekkasida, odatda, yirik tishlar bo‘ladi. Ularning vazifasi tutilgan o‘ljani ushlab turishdan iborat. Lekin, ayrim hollarda, tutuvchi oyoqlarda bunday tishlar bo‘lmasligi ham mumkin. 20 Masalan, suv qandalasi (Naucoris)ning oyoqlarida bunday tishlar bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda esa oldingi oyoqlar tutuvchi vazifasini ham bajaradi. Yopishuvchi oyoqlar. Kaftida panjasi juda kengaygan ayrim bo‘g‘imlarga bo‘linib, bu bo‘g‘imlarda kuchli so‘rg‘ichlar bor. Yig‘uvchi yoki savatchali oyoqlar. Metatarzusi va boldiri juda kengaygan va boldirining tashqariga qaragan yuzasi chuqur bo‘lib, boldir va panjasi tuk bilan qoplangan, odatda, keyingi oyoqlar yig‘uvchi bo‘lib, gul changini yig‘ishga moslashgan. Qazuvchi oyoqlar. Bularning boldiri keng va yassi bo‘ladi. Boldir uchida baquvvat, yirik tishlar bor. Qazuvchilar oyog‘ining barmoqlari kalta, ayrimlarida mutlaqo yo‘qolib ketgan. Hasharotlarning ko‘kragida, qanot va oyoqlarida har xil o‘simtalar bo‘lib, ular yer qazishda va dushmandan himoyalanishda va hujum qilishda ishlatiladi. Bunday o‘simtalar hasharotlarning bosh qismida ham bo‘lishi mumkin, masalan, shoxli qo‘ng‘iz (Oryctes nasicornis)ning boshida shoxsimon o‘simtasi bor. Qorin bo‘lagi. Hasharotlarning qorin bo‘lagi bir nechta segmentdan tashkil topgan. Tuban hasharotlar (Protura)ning qorin bo‘lagi 12 ta bo‘ladi. Ko‘pchilik hasharotlarda voyaga yetgan yoshida 11 ta segment bo‘ladi, ba’zilari qo‘shilib ketib, ular o‘rnini baquvvat rivojlangan segmentlar egallashi hisobiga ular yo‘qolib ketadi. Segmentlarning har biri 2ta asosiy skleritdan iborat bo‘lib, ustki tomonidagi plastinka – tergit, pastki tomonidagi plastinka – sternit deb ataladi; ular orasida pardasimon yumshoq qism – biqincha yoki pleyrit bo‘ladi. Voyaga yetgan hasharotlarda tergit bilan sternitning soni hamma vaqt bir xil bo‘lmaydi, chunki ayrim segmentlarning orqa qirrasi keyingi segmentning oldingi qirrasini bosib turadi. Ayrim hollarda segmentning tergiti shu bo‘g‘imning sternitiga qaraganda yirikroq, ba’zan sternit yirikroq bo‘lishi mumkin yoki har ikkalasining kattaligi bir xil bo‘ladi. Qornining ayrim segmentlari bir-biriga harakatchan ravishda birikadi. Qorin bo‘lagi ham ko‘krakka harakatchan birikadi. Lekin pardaqanotlilar (Hemenoptera) turkumiga mansub hasharotlar 21 qornining birinchi bo‘g‘imi ko‘krakka harakatsiz birikadi va ular oraliq segment deb ataladi. Oraliq segmentlarning ko‘krakkacha zich yopishishi tufayli pardaqanotlilar kuragi uch emas, balki to‘rt segmentdan iborat bo‘lib ko‘rinadi. Hasharotlar qorni tuzilishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Keng qorin. Bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi enli bo‘lib, hamma joyi bilan ko‘krakka zich yopishadi. Osilgan qorin. Bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi keng bo‘lib, lekin segmentning ostki qismi yordamida ko‘krakka harakatchan birikadi va qorin osilib turadi. Poyasimon qorin. Bunday qorinning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘imlari cho‘zilib, uzun poyaga aylanadi. 9-rasm. Hasharotlar qornining tuzilishi: 1– botiq, 2– keng bandli, 3– osiluvchan, 4– uzun poyachali. 1 2 3 Qorin segmentining yonida nafas teshigi stigmasi joylashadi, ular har xil shaklda, ko‘pincha noto‘g‘ri oval yoki yumaloq shaklda, juda kichkina bo‘ladi. Qorinning nafas teshikli segmentlarining soni har xil bo‘ladi. Odatda, ularning soni 7 yoki 8 juft, har qaysi segmentda bir juft nafas teshigi bo‘lib, qornining 9- va 10-segmentlarida nafas teshiklari bo‘lmaydi. Voyaga yetgan hasharotlarning qorin bo‘lagida oyoqlar bo‘lmaydi, lekin tuban hasharotlarda har xil o‘simtalar bo‘lishi mumkin. Masalan, Diptera, ya’ni ayridumlilar (Thysanura), qildumlilar turkumiga kiruvchi hasharotlarning qorin qismida har xil o‘simtalar bo‘ladi. Bu hasharotlar qorin qismining birinchi segmentida rudiment o‘simtalari bo‘lib, ular qorin oyoqchalari deb ataladi. Ayrim hasharotlarda, to‘g‘riqanotlilarda, suvaraklarda qorin bo‘lagining 11-, kamdan kam hollarda 10- yoki 9-segmentlar tergitida bo‘g‘imli sezuvchi serklar bo‘ladi. Uxovyortkalarda ular (serklar) baquvvat omburga aylangan. Ular himoyalash va 22 uchish oldidan qanotlarni to‘g‘rilovchi organ vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik hasharotlarda 9-qorin bo‘lagining segmentida ayrim hollarda 8-segmentlardagi genital plastinka gona-pofiz deb ataladigan o‘simtalardan tashqari, hech qanday o‘simtalar bo‘lmaydi. Gonapofizlar jinsiy yoki himoya vazifasini bajaradi. Bunday qismlar qatoriga hasharotlar, masalan, temirchaklar (Thigonidae) yoki sikadalar (Cicadidae) erkagining tashqi jinsiy organlari, urg‘ochilarining tuxumqo‘ygichi kiradi. Ular asalarilarda (Apidae) gonapofiz nayza holida bo‘ladi. Ninachilar (Odonata) erkaklarining jinsiy o‘simtalari o‘ziga xos tuzilgan. Bu o‘simtalar qorin qismining 2- va 3-sternitlarida, jinsiy teshiklari esa o‘zining asli joyida, ya’ni 9-sternitda bo‘ladi. Bu o‘simtalar 2-sternitdagi 6 juft xitinlashgan plastinkadan va 3-segmentdagi uch bo‘g‘imli jinsiy organdan iborat. Urug‘lantirish oldidan erkak ninachi urug‘ suyuqligini avval jinsiy teshikdan jinsiy o‘simtalar rezervuariga ko‘chirishi lozim. Hasharotlar tuxumqo‘ygichi orqali substrat ichiga, tuproqqa, poya ichiga, barg to‘qimalari ichiga, har xil teshiklar, yoriqlarga, hatto hasharotlarning o‘ziga ham tuxum qo‘yadi. Tuxumqo‘ygich gonapofizning o‘zidagina hosil bo‘lmay, balki ko‘pgina pashshalar (Diptera), qo‘ng‘izlar (Coleoptera) da qorin bo‘lagi oxirgi segmentining qiyofasi o‘zgarib, ichiga tortishishi va tuxum qo‘yish vaqtida do‘ppayib tashqariga chiqishidan ham hosil bo‘lishi mumkin. Kanalarning tuzilishi Qishloq xo‘jaligida ekinlarga hasharotlar bilan bir qatorda kanalar (Acarina), bo‘g‘imoyoqlilar (Artropoda) tipiga mansub o‘rgim-chaksimonlar (Arachnoidea) sinfiga va nematodalar – chuvalchanglar (Vermes) tipiga, yumaloq chuvalchanglar (Nemathelminthes) kenja tipiga mansub zararkunandalar ham katta zarar yetkazadi. Shuning uchun quyida ana shu sinf vakillarining asosiy tashqi tuzilish belgilari bilan tanishamiz. O‘rgimchaksimonlarning tuzilishi. Bu sinfga traxeya va o‘pka bilan nafas oladigan yerda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar kiradi. 23 Ularning 35000 ga yaqin turi ma’lum. O‘rgimchaksimonlarning tanasi bosh-ko‘krak va qorin qismga bo‘lingan. Mo‘ylovi bo‘lmaydi. Bosh-ko‘kragida to‘rt juft oddiy ko‘zi va og‘zi bor. Og‘iz organlarining birinchi jufti – yuqorigi jag‘lari pastga egilgan, o‘tkir tirnoqli bo‘ladi. Ba’zilarida tirnoqlarining uchida zahar bezlari otiladigan teshik bor. Jag‘lari o‘ljani jonsizlantirish va himoyalanish uchun xizmat qiladi. Jag‘lari orasida og‘iz organlarining ikkinchi jufti – jag‘ oyoqlari bo‘lib, ular bilan o‘rgimchak paypaslaydi va o‘ljani u yoki-bu yoqqa ag‘daradi. To‘rt juft yurish oyoqlari sezuvchi tuk bilan qoplangan. O‘rgimchaksimonlarning qorni bosh, ko‘kragidan katta bo‘ladi. Ko‘pchiligining qorni oxirida o‘rgimchak so‘gallari bo‘lib, unga bezlar otiladi. Ulardan ajralgan modda qotib, o£ rgimchak iplari hosil qiladi, ularning sifati va vazifasi har xil bo‘ladi. Ba’zi bezlardan pishiq, lekin yopishmaydigan tutqich to‘r uchun ishlatiladigan ip ajraladi. Boshqalaridan yopishqoq ingichka ip ajraladi. Ulardan o‘rgimchak tutqich to‘r to‘qiydi. Uchinchi xil bezlardan ipaksimon yumshoq ip chi- qaradi, urg‘ochisi ulardan pilla o‘raydi. O‘rgimchak tutqich to‘riga tushgan o‘ljani yopishqoq to‘riga o‘rab oladi. U yuqori jag‘laridagi tirnoqchalarini o‘ljasi tanasiga sanchib, uning ichiga yumshoq to‘qimalarini erituvchi suyuqlik yuboradi. Bir qancha vaqtdan keyin o‘rgimchak qisman erigan oziqni so‘radi. O‘rgimchaklarda tana bo‘shlig‘idan tashqaridagi hazm jarayoni ana shunday amalga oshadi. 10-rasm. Bo‘g‘imoyoqlilar xillari: 1– chayon, 2– qoraqurt, 3– sharq it kanasi, 4– o‘simlik kanasi. 1 2 3 4 24 O‘rgimchaklarning nafas olish organlari atrof-muhit bilan bog‘langan o‘pka xaltachalaridan iborat. O‘pka xaltachalaridan tashqari, qornida ikki tutam nafas naychalari – traxeyalar bo‘lib, ular umumiy nafas teshigi orqali tashqariga ochiladi. O‘rgimchaklarning qon aylanish sistemasi ochiq va asab sistemasi tomoq osti, tomoq usti va qorin asab zanjiridan iborat. Ayirish organlari to‘rtta naychadan iborat. Ularning bir uchi berk, ikkinchi uchi ichakka tutashgan bo‘ladi. Qon tarkibidagi moddalar almashinuvi mahsulotlari naychalar devori orqali ichiga kiradi. Bu naychalardan ichaklarga borib, keyin tashqariga chiqib ketadi. O‘rgimchaklar ayrim jinsli, urg‘ochilari erkaklaridan yirik. Kuzda otalangan o‘rgimchak ipidan yasalgan pilla ichiga urg‘ochisi tuxum qo‘yadi. Tuxum pilla ichida qishlab, bahorda yosh o‘rgimchaklar chiqadi. Kanalar ham o‘rgimchaksimonlarga kiradi. Ular ko‘pchiligining tanasi bo‘g‘imlarga aniq bo‘linmagan. Bu ularning parazit hayot kechirishi bilan bog‘liq. O‘rgimchakkana g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari bargida yashaydi. Kana zararlagan g‘o‘za tuplari nobud bo‘ladi, paxta hosili kamayib ketadi. Un kanasi unni va donni zararlaydi va sifatini pasaytiradi. Nematodalarning tuzilishi Nematodalar ipsimon yumaloq chuval-changlar yoki birlamchi tana bo‘shliqlilar (Nemathelminthes) tipiga, haqiqiy ipsimon yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfiga mansub. Ular dengiz, okeanlarda va chuchuk suv havzalarida, shuningdek, nam tuproqda keng tarqalgan. Ko‘pgina turlari odamning, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning har xil organlarida va o‘simliklarning turli qismlarida parazitlik qiladi. Tanasi ipsimon, ba’zan duksimon bo‘lib, uzunligi 80 mikrondan 8 metrgacha bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘ndalang kesmasi doira shaklida, shuning uchun yumaloq chuvalchanglar deb ham ataladi. 25 Ipsimon yumaloq chuvalchanglarda yassi chuvalchanglarga xos bo‘lgan parenxima hujayralari bo‘lmaydi. Ularning suyuqlikka to‘lgan teri muskul xaltasi ichida birlamchi tana bo‘shlig‘i bor. Lekin uning maxsus tana devori bo‘lmaydi. 11-rasm. Nematodalarning tuzilishi: 1– erkagi, 2–urg‘ochisi tanasining uchi. 2 1 Ovqat hazm qilish sistemasi tanasining oldingi qismidagi og‘iz teshigidan, oldingi, o‘rta va tananing oxirgi qismidagi anusga ochiladigan orqa ichak naychalaridan iborat. Oldingi va orqa ichakning ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan bo‘ladi. Ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bo‘lib, ular tananing ichki yon tomonida, gipoderma qavatida joylashgan maxsus iskanalar ichidan o‘tadi. Asab sistemasi tomoq oldi asab halqasidan iborat bo‘lib, undan tananing oldingi va orqa qismlariga asab iplari yo‘naladi. Bu organizmlar ayrim jinsli, jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan. Bir guruh nematodalar o‘simliklar ildiziga tushadi va bo‘rtma hosil qiladi. 1.2. HASHAROTLARNING ICHKI TUZILISHI Hasharotlarning teri qatlami Hasharotlarning teri qatlami ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ularni tashqi muhitning ta’siridan himoya qiladi, shu bilan birga ichki skelet vazifasini bajaradi, muskullar yopishib turishiga xizmat qiladi. Tenda ko‘p miqdorda bezlar bo‘lib, ular maxsus vazifalarni bajaradi. Hasharotlar tanasining ustki qalin qavati kutikula, ichki yupqa qavati gipoderma deyiladi. Kutikula yana, o‘z navbatida, juda yupqa tashqi qavat hosil qilib, epikutikula va endikutikula ostida yotgan endokutikulaga aylanadigan 26 anchagina qalin bo‘lgan ekzokutikulaga bo‘linadi. Kutikulaning tashqi yupqa qavati – epikutikula ma’lum tuzilmaga ega emas va kutikulin degan murakkab moddadan tuzilgan. Ular rivojlanish jarayonida ham o‘zgarib turishi mumkin. Ular yuqori molekulali yog‘lar, mumsimon moddalardan tuzilgan bo‘ladi. Ular hasharotlarni mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya qilib turadi. Suv o‘tkazmaydi, kislotalarda yaxshi erimaydi, lekin kuchli ishqoriy eritmalarda eriydi. Bu xususiyat hasharotlar tashqi ta’sir natijasida kimyoviy moddalar, ya’ni insektitsidlar sintezlashida ahamiyatga ega bo‘ladi. Hasharotlarning tashqi qavati yog‘simon, mumsimon moddalardan tashkil topganligi uchun yuqori temperaturada ularga insektisidlarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Ular terisining zararlangan qismlari teri bezlari yordamida tiklanadi. Ekzokutikula tana qoplamiga qattiqlik xususiyatini beradigan asosiy qavat hisoblanadi. Bu kutikulin qavati melanin va xitindan tashkil topgan. Xitinning umumiy formulasi C18H30I2 O12 bo‘lib, azotli polisaxarid; hasharotning rivojlanishi davrida o‘zgarib turadi. Qoplamning qattiqligi xitinning miqdoriga bog‘liq. Ekzokutikula puxta va qattiq bo‘lganligi tufayli hasharotni mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlaydi. Ekzokutikula gemogen va strukturasiz moddalardir. Ekzokutikula, asosan, teri qoplamining ostidagi qavat – gipodermindan ishlanib chiqadigan xitindan iborat. Endokutikula gorizontal va, ba’zan vertikal tolalardan iborat. Vertikal tolalar, ko‘pincha, xitinlashgan o‘simta deb ataladi. Endokutikula bo‘g‘imlar o‘rtasida ancha yupqa bo‘lib, tananing ayrim qismlari harakatlanishiga yordam beradi. Gipoderma bir qavat hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, teri epiteliysini hosil qilib, ular kutikulaning ostida joylashadi. Gipodermaning yosh hujayralari ustki tomonidan cho‘zilib, protoplazmatik ipga aylanadi, ulardan keyinchalik endokutikula qavati hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, gipoderma lichinka suyuqligini ajratadi, ana shu suyuqlik hasharotlarning po‘st tashlashdan oldin eski endokutikulasini ajratadi. Asosiy parda yoki ba’zan membrana 27 gipodermaning ostiga yopishgan bo‘lib, juda yupqa parda hosil qiladi. Teri qoplami ustida har xil tuzilmalar bor. Ular bo‘rtiqchalar, qirralar, jo‘yakchalar, tukchalar, qilchalar, tangachalar holida bo‘lib, to‘rt asosiy guruh: xetoidlar, samatoxetlar, dermatoxetlar va dermatolepidlarga bo‘linadi. Xetoidlar kutikulaning mayda o‘simtalari, tishchalari, bo‘rtiqchala- ridir. Somatoxetlar xetoidlarga qaraganda ancha yirik bo‘lib, ular terining hamma qavatini ko‘tarib chiqishidan hosil bo‘lgan va ichida umumiy tana bo‘shlig‘i qo‘shiladigan bo‘shliq bo‘lgan o‘simtadir. Ularning kutikulasi gipodermasi ostida bo‘ladi. Dermatoxetlar yaxlityoki ichibo‘shbo‘lib, umumiy tana bo‘shlig‘iga qo‘shilmaydi. Ular gipodermaga bog‘liq bo‘lgan tuzilmalardir. Ular tarkibiga gipodermaning ikkita hujayrasi kirib, tashqi ko‘rinishidan tukchalar, qilchalarga o‘xshaydi. Dermatolepidlar yuzasi yassi yoki silliq, ba’zan donador qirrali tuzilmalar bo‘ladi. Ular yassiligi bilan dermatoxetlardan farq qiladi. Barcha hasharotlarning tuksimon dermatoxetlari bilan tangachasimon dermatolepidlari o‘rtasida turli oraliq formalar mavjud. Teridagi o‘simtalar hasharotlarning mexanik himoyalanishini kuchaytirish uchun xizmat qiladi va harakatlanishiga yordam beradi. Uchida mayda teshikchalari bo‘lgan, bulutsimon tuzilgan, tangacha ko‘rinishidagi, qiyofasi o‘zgargan dermatolepidlar androkoniy deb ataladi. Ba’zi kapalaklar erkagi tanasining har xil qismlarida androkoniylar urg‘ochilarini jalb etadigan hidli moddalar chiqarib turadi. Teri bezlari. Ular bir va ko‘p hujayrali bo‘lib, shakli naysimon, xaltachasimon yoki shingilsimon. Ayrim hollarda bir hujayrali bezlar bir-biriga yaqin joyda bo‘lib, bezli maydon hosil qiladi. Teri bezlari chiqarish kanalining uchiterining tekis yuzasida yoki bo‘rtiqchalar tukchalaridan tashqariga ochiladi. Ayrim hollarda, hasharotlar ta’sirlanganda, tashqariga bo‘rtib chiqadi, ba’zan umuman teshikchalar bo‘lmaydi, ular terlash orqali tashqariga chiqadi. 28 Hasharotlar tanasining rangi turli xil bo‘lib, rang beruvchi moddalar – pigmentlar, ko‘pincha, gipodermada, ba’zan kutikulada va yog‘ tanachalarida joylashgan bo‘ladi. Kutikular rang turg‘un – o‘zgarmas bo‘lib, hasharot nobud bo‘lgandan keyin ham o‘zgarmaydi. Gipodermal rang o‘zgaruvchan bo‘lib, hasharot nobud bo‘lgandan so‘ng ular chirishi natijasida rangi ham o‘zgaradi. Ularning asosiy pigmenti murakkab oqsil – melanindan iborat. Melanin kutikular pigmentlarda sariq va och qo‘ng‘ir rangdan to qora ranggacha bo‘ladi. Ular quyosh nurini yutib, tana haroratini bir xilda tutadi. O‘simliklar hasharotlarga qizil va sariqrang beruvchi moddalar bo‘lib, ularni hasharotlar o‘simlikdan oladi. Ba’zan ayrim hasharotlarning rangi tiniq bo‘lib, tovlanib turadi. Ayrim hasharotlarning hatto ichki organlari ham ko‘rinib turadi. Hasharotlar muskuli. Hasharotlar tanasida 2000 ga yaqin har xil muskullar bo‘ladi. Teriga birikkan muskullar bularga kirmaydi. Hasharotlarning muskullari ham ular tanasining bo‘g‘imlarga murakkab bo‘linishiga va tana bo‘laklarining xilma-xil harakatlanishiga muvofiq bo‘ladi. Voyaga yetgan hasharotlar tanasining bo‘g‘imlari lichinkalarga qaraganda murakkabroq bo‘ladi. Eng ko‘p muskullar skelet sistemalariga birikmaydigan ichki organlar tarkibiga kiradigan muskullardir. Shunday qilib, muskullar ikki 12-rasm. Ichki tuzilishi (a), teri qoplami va uning hosilalari (b): I – qon aylanish sistemasi, II – ovqat hazm qilish sistemasi, III – asab sistemasi. 1– gipoderma, 2– kutikula, 3,4– epitikula, 5– tukchalar, 6– tuk boshlanish bo‘g‘ozi, 7– tikanchalar, 8– ter naychasi, 9– bazal parda, 10– trixogen. a b I II III 1 2 3 4 5 6 9 8 7 29 xil: skelet muskullari va ichki muskullar bo‘ladi. Skelet muskullari tana va qanotlar harakatini ta’minlaydi. Muskullarning bir uchi tananing harakatchan skeletiga, ikkinchi uchi harakatchan qismiga tutashgan bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi tana skeletini o‘zgartirib turadi. Skelet muskullari bosh, ko‘krak va qorin muskullaridan tashkil topgan. Ko‘krak muskullariga qiyshiq muskullar (dorzoventral), oyoq va boshqa muskullar kiradi. Qanotlarni ham dorzoventral muskullar harakatga keltiradi. Og‘iz apparatini harakatga keltiruvchi muskullar bosh muskullari, so‘ruvchi hasharotlarda tomoq bo‘shlig‘ini navbat bilan kengaytirib-toraytirib turib, tomoqni nasos kabi ishlatadigan muskullardir. Qorin muskullariga silliq, yon va ko‘ndalang muskullar kiradi. Bularning qisqarishi va cho‘zilishi hisobiga qorin harakatlanadi. Yon muskullar nafas olishni boshqaradi. Yelka tomonning qon tomirlari atrofidagi patsimon muskullar qonning harakatini boshqaradi. Hasharotlar muskulining nisbiy kuchi, ya’ni ularni ko‘taradigan yuk og‘irligining tana og‘irligiga nisbati yuqori. Masalan, burga tanasining uzunligiga nisbatan 200 marta balandlikka ucha oladi, go‘ng qo‘ng‘izi og‘irligiga nisbatan 93 marta yuk sudray oladi. Gavda bo‘shlig‘i. Ichki organlar bilan to‘la bo‘lib, ular yupqa parda (diafragma) yordamida ustki yoki perikardial, o‘rta – visseral va ostki – perineyral bo‘limlarga ajraladi. Bu bo‘limlarda ovqat hazm qilish, ayirish sistemalari, ko‘payish organlari joylashadi. Nafas olish sistemasi havo o‘tkazuvchi naychalar, traxeya, traxeolalardan tashkil topgan bo‘lib, ular ham ichki organlarga kiradi. Yog‘ tanachalari. Hasharotlarning individual rivojlanishi davrida yog‘ tanachalarining hajmi va tarkibi o‘zgarib boradi. Yog‘ tanachalari (ular oziq moddalarga boy) hosil bo‘lishi hasharotlarning qishlovga tayyorgarligi bo‘lib, ular qishlab chiqqandan keyin bunday tanachalar keskin kamayib ketadi. 30 Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi halqum, qizilo‘ngach, muskulli oshqozon, haqiqiy oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichakdan tashkil topgan bo‘lib, anal teshigi bilan tugaydi. Ba’zi hasharotlarda qizilo‘ngach kengayib yoki bir tomonga bo‘rtib chiqib, jig‘ildon hosil qiladi. Oldingi ichak halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon va muskulli oshqozonni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy oshqozon o‘rta ichakni tashkil etadi. Orqa ichak o‘rta ichakdan anal teshigigacha bo‘lgan qismni tashkil etadi. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari orasida eng ingichka va uzuni qizilo‘ngach bo‘lsa, eng yo‘g‘oni va kengi haqiqiy oshqozondir. Ayrim hasharotlar ichagining diametri bir xilda bo‘ladi. Ularning uzunligi har xil hasharotlarda turlicha. Masalan, yirtqich hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi o‘simliklar shirasini so‘ruvchilarnikiga qaraganda kaltaroq bo‘ladi. Shu bilan birga chigirtkalar o‘simliklar bilan oziqlansa ham ichaklari kalta, lekin yo‘g‘on bo‘ladi. Hasharotlarning halqumi naysimon tuzilgan, ayrim qismlari kengaygan bo‘lib, ayniqsa, og‘iz apparati so‘ruvchi bo‘lganlarda halqum o‘simliklar shirasini so‘rishda nasos vazifasini bajaradi. Hasharotlar xartumi o‘simliklar to‘qimasiga sanchilgandan so‘ng so‘ruvchi halqumi muskullar yordamida kengayadi, suyuqlik o‘simliklar shirasi bosimi ostida siyraklashgan halqum bo‘shlig‘iga o‘tib, og‘iz organi naychasi orqali so‘rilish sodir bo‘ladi. Kemiruvchi hasharotlarning halqumi ovqatni hazm qilish organlariga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Halqumda so‘lak bezlari naysimon, shingilsimon yoki xaltachasimon tuzilgan, ayrim hollarda so’lak bezlarida rezervuar holida bo’ladi. So‘lak bezlari uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va boshqa moddalarni parchalovchi fermentlar ishlab chiqaradi, ular ovqat hazm qilishda katta rol o‘ynaydi. So‘lak bilan birga o‘simliklarga yuborilgan modda xartum sanchilgan joyda shish va g‘urra hosil bo‘ladi. Bu o‘simlik shirasining xartum sanchilgan joyga 31 kelishini tezlashtiradi. Halqum bo‘shlig‘ida oziq modda so‘lak bilan aralashadi. Qizilo‘ngach orqali oziq ichakka o‘tadi, u yerda oziq vaqtincha to‘planib turishi ham mumkin. Bu joy jig‘ildon qismi bo‘lib, oziqning jig‘ildonga va undan oshqozonga o‘tishini sfinkter nomli halqasimon muskullar tartibga solib turadi. Oziq oshqozonga tushishidan avval muskulli oshqozonga tushadi. Og‘iz apparati kemiruvchi tipda bo‘lgan hasharotlarda muskulli oshqozon yaxshi rivojlangan. Bu oshqozon oziqning haqiqiy oshqozonga o‘tishini tartibga soladi. Muskulli oshqozonda ham so‘lak bilan oziq aralashishi davom etadi. Muskulli devorlarning tez qisqarishi tufayli undagi xitin tishchalar yordamida oziq yanada maydalanadi. O‘rta ichak silindrsimon shakldagi qisqa naychadan iborat. Bu naychaning boshlang‘ich qismida kalta o‘simtalar bo‘ladi, ayrim hollarda esa hajmi kattalashib, buramalar hosil qiladi. O‘rta ichakda ovqat hazm bo‘lish va hazm bo‘lgan ovqatning surilish jarayoni boradi. O‘rta ichak yuzasida yog‘lar, uglevodlar, 13-rasm. Ovqat hazm qilish sistemasi: a – muskulli oshqozon; b: 1, 2– so‘lak bezlari va ularning xaltasi; 3– jig‘ildon; 4– oshqozon; 5– o‘rta ichak; 6– malpigi naylari; 7– orqa ichak; 8, 9– traxeya sistema naychalari; 10– qorin asab zanjiri; 11– urug‘don; 12– qo‘shimcha bez; 13– yurak; 14– «bosh miya»; 15– simpatik asab sistemasi; 16– pilorik o‘simtalar. 1 2 8 9 10 11 12 3 15 13 14 4 5 7 6 a b 32 oqsillarni parchalaydigan proteaza, amilaza kabi gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lgan epiteliy qavati bor. Og‘iz apparati kemiruvchi bo‘lgan va boshqa ayrim hasharotlarning barcha turida yegan oziq o‘rta va orqa ichakda bezli devorga tegmaydi, balki strukturasiz yupqa peritrofik pardaga tushadi. Bu parda ichakning boshlang‘ich qismidan tortib, to anal teshigigacha bo‘lgan masofada hosil bo‘ladi, oziq bilan birga siljib yuradi va haqiqiy oshqozon oldingi qismining hujayralaridan chiqadigan moddalardan uzluksiz ravishda hosil bo‘lib turadi. Bu pardadan fermentlar bemalol o‘tadi, o‘rta ichak bezli epiteliysini qattiq oziq ta’sirida shikastlanishdan saqlaydi. Hazm bo‘lgan oziq mahsulotlari haqiqiy oshqozondan qonga so‘riladi. Pardaning ikki tomonidagi osmotik bosim turlicha bo‘lganidan bu mahsulotlar peritrofik parda orqali ichak devoriga o‘tib so‘riladi. Oshqozonda oziq moddalar ko‘pincha neytral holda, ichidagi pH muhiti dan 9 gacha bo‘lishi mumkin. Oqsillar, yog‘lar, qand moddalari shu yerda o‘zlashtiriladigan shaklga aylanib, qonga o‘tadi. Orqa ichak tomirlari yoni hasharotlarning chiqarish ichagiga ochilgan joyidan boshlanadi, uning ichki yuzasi xitindan iborat parda bilan qoplangan bo‘lib, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakka bo‘linadi. Orqa ichakda ovqat hazm bo‘lmaydi va so‘rilmaydi, u yerda faqat ortiqcha suv so‘riladi. Uning vazifasi tezak to‘plash va uni ma’lum shaklga aylantirishdan iborat. Hasharotlar orqa ichagining uchida ayrim vaqtda anal bezlari bo‘ladi. Ular faqat hazm qilishda ishtirok etmay, balki himoya vazifasini ham bajaradi. Ichak muskullarining qisqarishi tufayli oziq ichak bo‘ylab harakatlanadi, hazm bo‘lmagan qismi anal teshigidan chiqarib yuboriladi. Ayrim yirtqich hasharotlarda (xonqizi – Coccinellidae, oltinko‘z – Chrysopidae) oziq maxsus usulda ichakdan tashqarida hazm bo‘ladi, bunga «ekstraintestinal» hazm bo‘lish deyiladi. Bunda hasharot oziq ustiga hazm suyuqligini chiqaradi, oziq oshqozonda batamom hazm bo‘ladi, bunday lichinkalarda anal teshik bo‘lmaydi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq bo‘ladi. Qonni tananing yelka 33 tomoniga joylashgan yurak harakatga keltiradi va u yelka qon tomiri deb ataladi. Yelka qon tomiri ko‘p hollarda 5–8 ta, ayrimlarida 13 ta kameradan iborat bo‘ladi. Kameralar birbiri bilan klapanlar orqali ajralgan. Ular qonning oldingi kameradan orqa kameraga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yurakning orqa tomonidagi eng keyingi kamerasi berk bo‘ladi. Yelka qon tomiri hasharotning qorin qismidan ba’zan ko‘krak tomoniga ham o‘tishi mumkin. Bu yerda u aortaga aylanadi. Tomir qisqa muskullar yoki biriktiruvchi to‘qima bilan tana tergitlariga birikadi, ostki tomonidan esa parda, ya’ni perikordial diafragma bilan ajralib turadi. Bu parda uchburchak shakldagi qanotsimon muskullar to‘plamidan iborat. Yelka qon tomiri har qaysi kameraning ikki yon tomonidagi bittadan teshik – ustitsalar bo‘lib, ularda ichiga qaragan klapanlar bor, shu teshiklar orqali qon gavda bo‘shlig‘idan so‘riladi. Qon harakatlanishida yurak kameralari yurakning keyingi uchidan oldingi uchiga qarab birin-ketin qisqaradi. Kamera kengayishi vaqtida klapanlari ochiq turadi. Buning natijasida bu kameraga orqa kameradan va perikardial sinusdan ham qon o‘tadi. Shundan so‘ng kameraning devorlari qisqara boshlaydi, ya’ni sistola boshlanadi, qon bosimi ostida klapanlar yopiladi. Shunda qon oldingi kameralarga tomon harakatlanadi. Yurak bo‘g‘imlarining qisqarishi minutiga 30– 140 martagacha yetadi. Bu tashqi ta’sirga, 14-rasm. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi: 1– qanotsimon muskullar, 2– aorta, 3– kamera, KI – klapan, U – ustitsa, A – aorta. KI A U 1 2 3 34 hasharotning harakatiga yoki tinch turishiga bog‘liq. Shunday qilib, qisqarish natijasida yurakning keyingi uchidan to‘lqinlanib o‘tgan qon aortaga kiradi. Undan bosh bo‘shlig‘iga o‘tadi, bu bo‘shliqdan gavda bo‘ylab orqaga qaytadi va oyoqlarga tushadi. Tananing qorin qismi oldinga qarab harakatlanadi. Keyinchalik orqa tomonga ko‘tarilib, perikardial sinusga o‘tadi va teshikcha orqali yana yurakka qaytadi. Hasharotlar qoni – gemolimfasi hujayralararo suyuq modda – gemoplazma bilan shaklli elementlar – gemosit hujayralardan tashkil topgan. Ularning rangi har xil, rangsizdan to qizilgacha va hatto ko‘kimtir rangda ham bo‘ladi. Ularning rangi tarkibidagi pigmentlarga bog‘liq. Plazmada anorganik tuzlar, oziq moddalar, fermentlar, gormonlar, pigmentlar va 75–90% gacha suv bo‘ladi. Gemositlar qon to‘qimasining hujayralari bo‘lib, shakli, yirikmaydaligi va soni turlicha bo‘ladi. Hasharot qonining vazifasi oziq moddalarni va ichki organlardan ajralib chiqadigan sekretni to‘qimalarga olib borish va parchalangan moddalarni olib ketishdan iborat. Nafas olish sistemasi. Bu jarayon hasharotlarning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhim bo‘lib, nafas olishda organizm uchun o‘ta zarur bo‘lgan energiya ajraladi va hujayralardagi moddalarni bir turdan ikkinchi turga aylantiradi. Energiya hujayralar, tana organlari hosil bo‘lishida va hasharotning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega.
Xulosa
Nafas harakati tufayli traxeolalargacha boradi. Bu vaqtda yopuvchi apparat traxeyani berkitib qo‘yadi va territ hamda sternitlarga tutashgan muskullar qisqaradi. Shundan so‘ng muskullar bo‘shashib, qorin hajmi kengayganda traxeya tarmoqlaridagi havo kuch bilan qaytadi va nafas teshigi ochiq turganda, muskullar qisqarib, tana orqali havo tashqariga chiqib ketadi. Hasharotlarning nafas olish tezligi minutiga 40–120 martagacha bo‘ladi. Nafas harakatlari vaqtida faqat yo‘g‘on traxeyalarda havo almashinadi. Hasharotlarning traxeya eng mayda tarmoqlaridagi havo faqat diffuziya yo‘li bilan almashinadi. Oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan suv traxeya yuzasi orqali tez bug‘lanib tashqariga chiqariladi. Bunga nafas harakatlarida sodir bo‘ladigan ventilatsiya yordam beradi. Nafas olish koeffitsiyenti 0,8–1 atrofida bo‘ladi. Nafas olish jarayonida ko‘plab hasharotlar uchun pestitsidlar ishlatilganda ta’siri kam bo‘ladi, chunki havo qopchasidagi havo bilan ma’lum vaqt nafas olib turishi mumkin. Yoki pestitsidning nafas olish yo‘li bilan kirishi sustlashadi. Hasharotlarning asab sistemasi va sezgi organlari. Hasharotlarning asab sistemasi murakkab tuzilgan. Uning vazifasi organizm faoliyatini boshqarib, tashqi muhitdan axborot olib, unga javob qaytarishdan iborat. Hasharotlarning asab sistemasi uch qismga: markaziy, periferik va simpatik qismga bo‘linadi. Markaziy asab zanjiri hasharot tanasining ostki tomonida joylashgan. U asab tugunchalaridan iborat bo‘lib, ular gangliy deb ataladi. Nerv zanjirining dastlabki ikki tuguni hasharotning boshida, qolganlari ko‘krak qismida, bir jufti qorin qismida joylashgan. Ba’zan bu tugunchalar qo‘shilib ketadi, lekin tomoq usti va tomoq osti asablari hech qachon qo‘shilib ketmaydi
Adabiyotlar. 1. Abrikosov G.G., Bannikov G., Bekker E.G Bobirinskiy N.A, Levinson L.B, Matveev B,S, Paramonov A.A, “Zoologiya kursi” T. O’qituvchi. 1966y.
2.Bogdanov O.P “ O’zbekistonni nodir qushlari va sut emizuvchi hayvonlari ” T.
3. Zoxidov T.Z., Meklenburtsev R.N. “Priroda i jivotno’y mir Sredney Azii”. Tom 1-2 Tashkent 1969g.
4.Sagitov A.K. “Ekologiya gnezdovaniya massovo’x vidov ptits yugo-zapadnogo Uzbekistana” T. Fan. 1980g.
5. “Pozvonochno’e jivotno’e Uzbekistana “ T. 1991g.
6. Naumov. S.P. “Umurtqali xayvonlar zoologiyasi”. T.O`. 1995.