Bizning taxminimizcha, maxsus MTT pedagog xodimlarida kasbiy kuyish xususiyati uning ishga layoqatlilik ko’rsatkichi bilan o’zaro bog’langan bo’lishi mumkin.
“Kasbiy kuyishni aniqlash” metodikasiga ko’ra, sinaluvchilar tahlil natijasida past ko’rsatkich qayd etilsa, emotsional holatlarda o’z-o’zini nazorat qilish taxmin qilinadi.
Taxminimizcha, kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan emotsional zo’riqishning oldini olishda shaxsni barkamollashtiruvchi trening mashg’ulotlari va psixologik xizmat yo’nalishi sifatida profilaktik tavsiyalarni ishlab chiqish orqali pedagog xodimlarda kasbiy kuyish sindromi kamayishiga erishish mumkin.
Emotsional holatlarda o’z-o’zini nazorat qilish metodi
A.B.Leonova Surunkali charchoqni aniqlash so’rovnomasi
Kasbiy kuyganlik" atamasini kiritgan birinchi olimlardan biri Freydenberger bo'lib, u ruhiy salomatlik shifoxonasi xodimlarining haddan tashqari charchoq holatini tasvirlash uchun qo’llagan (Freudenberger, 1974). .
. Rus psixolog olimlarning tadqiqotlarida - maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o’rtasida charchash sindromining paydo bo’lishiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni aniqlashimiz mumkin:
—band ish haftasi. Ko’pgina o’qituvchilar har kuni 10 soat ( haftasiga 50 soat) sheriksiz ishlaydi, qo’shimcha ravishda kadrlar yetishmasligi tufayli yordamchi o’qituvchi vazifasini bajaradi;
—noaniq (yoki o’lchash qiyin) mazmuni, vaqtincha etishmovchilik sharoitida ishlash [12].
— Ta’lim islohoti girdobiga tushib qolgan o’qituvchilar va o’quvchilar doimo turli xil yangiliklarga (yangi o’quv dasturlari, rejalashtirishning yangi shakllari, SanPiNning yangi talablari va boshqalar), tez-tez o’zgarib turadigan talablarga, cheksiz tekshiruvlarga duch kelishadi.
.
M.A.Vorobievaning fikriga ko’ra, hissiy charchash sindromi professional muloqotning intensivligi sharoitida yuzaga keladi, ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirni aks ettiruvchi pedagog psixikasining simptomatik majmuasini ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar asosida, ziddiyatli vaziyatlarda pedagoglarning xatti-harakatlarining ierarxiyasini tuzib chiqdik: