Psihologik testlar



Yüklə 38,88 Kb.
səhifə11/18
tarix29.12.2021
ölçüsü38,88 Kb.
#48858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
testlar

T/r Izohlar Ha Yo’q

1

Gazetani qo’lingizga olganingizdan so’ng undan biror nimani



o’qishni boshlashdan oldin unga qarab chiqasizmi?

2

Jahlingiz chiqqan vaqtlarda odatdagidan ko’proq ovqat



yeysizmi?

3

Ovqatlanayotgan vaqtingizda o’z ishlaringiz haqida



o’ylaysizmi?

4

Qarama-qarshi jins vakillari bo’lgan tanishlaringizning xatlarini



saqlaysizmi?

5 Sizni psihologiya qiziqtiradimi?

6

Siz katta tezlikda yurishdan (transport vositasini katta tezlikda



haydashdan) qo’rqasizmi?

7 O’lim haqidagi fikrlardan qochasizmi?

8 Uyquga ketishdan oldin yotib hayol surishni yoqtirasizmi?

9

Sakkiz soatli uyqudan keyin ham o’ta charchash holatini his



qilasizmi?

10 Ishq-muhabbatga oid romanlarni o’qiysizmi?

11

O’zingizning shaxsiy qiyinchiliklaringizni boshqalar bilan



baham ko’rasizmi?

12 Yolg’izlikdan qochasizmi?

13

Ko’ngilsizlik, noxushliklar tufayli kasal bo’lib qolgan



hollaringiz bo’lganmi?

14

Sizda o’yga tolib qolib, bekatingizdan o’tib ketgan hollaringiz



bo’lganmi?

15 Sizda boshqa shaharda yashash istagi yuzaga kelganmi?

16 Siz inson xarakter ini nasliy xislat deb hisoblaysizmi?

17

Agar repertuarda (ayniqsa) sevgi haqidagi filmlar bo’lsa, siz



kinoga tez-tez borasizmi?

Natijalar izohi

Har bir ijobiy javob uchun o’zingizga 5 balldan qo’ying, jami ballar yig’indisini

hisoblang.

138


75-85 ball; Kallasini qumga yashirib, atrof borliqdan o’zini yashirgan tuyaqushdek siz

ham o’zingizni borliqdan yashirib yurasiz. Sizga gohi-gohida bo’lsada, voqelikka tik qarash

halaqit qilmaydi. Bu sizga yaxshiroq orientatsiya qilish va turli ko’ngilsizliklardan o’zingizni

nisbatan muvaffaqiyatliroq himoya qilishga yordam beradi.



55-75 ball; Sizning orzularingiz hamma vaqt ham hayotning achchiq haqiqatiga mos

kelavermaydi. Bu albatta, sizga halaqit qiladi, biroq bunga haddan tashqari ortiqcha e’tibor va

ruhiy quvvat ajratavermang. Barcha qiyinchiliklar va hayot tashvishlarining (sizning nuqtainazaringizdagi)

mutloq yechimini qidirishning hojati yo’q. Shuni yodda tutingki, “yulduzlar, ular

ko’rinmagan vaqtlarda ham porlab nur sochaveradi”.

30-50-ball; Siz orzularingiz va real voqelik o’rtasidagi muvozanat o’rnata olgansiz.

O’zingizga xos bo’lgan xayolparastlik va mavjud real imkoniyatlar o’rtasida bundan bu yog’iga

ham muvozanatni yanada takomillashtirib borishga harakat qiling. Bu sizga hayolparastlik va

umuman hech nimaga intilmaslikdan kutulishga yordam beradi.



5-25 ball; Siz haddan tashqari yerga yaqinlashgan, orzu, hayollarga berilmaydigan,

pragmatiksiz. Sizga bir oz romantikroq va xayolparastroq bo’lishlik halaqit qilmaydi. Hayot

albatta jiddiy narsa, lekin ba’zan yumor hissi ham ayrim to’siqlarni yengib o’tishga yordam

beradi.


Yolg’izlik darajasini aniqlash” testi

O’zingizni yolg’iz his qilishingiz darajasini aniqlashni xohlaysizmi? Unda quyida

keltirilgan holatlarning har birini diqqat bilan o’qib chiqing va ularning har biri sizda qay

darajada kuzatilganligini taklif etilgan “hech qachon”, “kamdan-kam”, “ba’zan”, “tez-tez”

javoblaridan o’z fikringizga ma’qulini tanlab javob bering. Javoblar ustida uzoq o’ylanib

o’tirmang. Imkon qadar tez ishlashga va samimiy javob berishga harakat qiling.




Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin