Natijalar izohi
Quyida keltirilgan kalit yordamida ballaringizni hisoblab chiqing.
Savollar, javoblar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
a
|
1
|
5
|
6
|
3
|
1
|
5
|
1
|
1
|
5
|
1
|
b
|
3
|
1
|
1
|
4
|
5
|
3
|
5
|
5
|
1
|
3
|
v
|
5
|
3
|
3
|
1
|
3
|
1
|
3
|
3
|
3
|
5
|
50-36 ballar - Siz o’zingizdan rozisiz va o’zingizsiz. Sizning boshqalardan ustunlik
qilishingiz katta, o’z “men”ingizni takidlashni, o’z “men”ingizni alohida ajratib ko’rsatishni
yoqtirasiz, biroq o’zingiz boshqalarni tanqid qilishga moyilsiz. Sizning ballaringiz qanchalik
ko’p bo’lsa, Sizga “O’zingizni yoqtirasiz, lekin boshqalarni yoqtirmaysiz”-degan ta’rif ko’proq
mos keladi. Biroq, sizning bitta kamcxiligingiz bor, o’zingizga haddan tashqari jiddiy
yondashasiz, hech qanday tanqidiy ma’lumotni qabul qilmaysiz. Hatto, agar test natijalar sizga
yoqmasa ham, siz ulardan “hammasi yolg’on, noto’g’ri”-deb o’zingizni himoya qilasiz. Afsus...
37-24 ballar - Siz o’zingiz bilan kelishib yashaysiz, o’zingizni bilasiz va o’zingizga
ishonishingiz mumkin. Shaxsiy xarakter sifatida ham, odamlar bilan bo’ladigan munosabatlarda
ham qiyin vaziyatlardan chiqa olish yo’llarini topa olishdek qimmatli malakaga egasiz. Sizning
o’zingiz va atrofingizdagilarga nisbatan bo’lgan munosabatlaringiz formulasini “o’zidan rozi,
boshqalardan rozi” iborasi bilan ifodalash mumkin. Sizning o’z-o’zingizni baholashingiz
sog’lom va normal. Siz o’zingiz uchun dalda va kuch-quvvat manbai bo’la olasiz, eng muhimi
bularga boshqalarning hisobidan erishmaysiz.
23-10 ballar - Ehtimol siz o’zingizdan narozi bo’lsangiz kerak, sizni o’z intellektingiz,
qobilatingiz, tashqi ko’rinishingiz, yoshingiz, jinsingiz va boshqalardan qoniqmaslik,
shubhalanish qiynaydi. To’xtang! Kim sizga o’zini yaxshi kurmasligini aytdi. Hech kim o’zini
yomon ko’rmaydi. Kim sizni o’zini o’ylaydigan odam doimo o’zidan norozi bo’lishi kerakligiga
ishontirdi. Albatta hech kim sizdan o’zingizdan rozi bo’lishingizni, o’zingizdan qoniqishingizni
talab qilmaydi, biroq siz o’zingizni o’zingiz qabul qilishingiz, o’zingizni-o’zingiz hurmat
qilishingiz kerak.
“Hayotga munosabatni aniqlash” testi
Ushbu hazil test yordamida umuman unchalik hazil bo’lmagan narsani-ya’ni yigit va qizlarni
hayotga nisbatan bo’lgan munosabatlarining reallik darajasini aniqlash mumkin. Quyidagi
savollarga taklif etilgan “ha” yoki “yo’q” javoblaridan birini tanlab javob bering.
Dostları ilə paylaş: |