Psihologik testlar


Muloqotga kirishuvchanlikni aniqlash metodikasi



Yüklə 38,88 Kb.
səhifə4/18
tarix29.12.2021
ölçüsü38,88 Kb.
#48858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
testlar

Muloqotga kirishuvchanlikni aniqlash metodikasi

Berilgan savollarga “ha”, “yo’q”, “ba’zan” deb javob bering.

1. Ish yuzasidan uchrashuv o’tkazish kerak. Uni kutish sizni hayajonlantiradimi?

2. Vrach xuzuriga borishni oxirgi vaqtgacha qoldirasizmi?

3. Anjuman, simpozium va yig’ilishlarda ma’ruza, informatsiya va habarlar bilan

qatnashish sizda noxush holatni vujudga keltiradimi?

4. Sizga hech qachon bo’lmagan shahringizga xizmat safariga borish taklif qilindi. Bu

xizmat safaridan voz kechish uchun imkoniyatni ishga solasizmi?

5. O’z kechinmalaringizni boshqalar bilan o’rtoqlashishni yoqtirasizmi?

6. Ko’chada notanish kishi sizga iltimos bilan (vaqtni aytish, yo’lni ko’rsatib yuborish va

boshqalar) murojaat qilsa achchiqlanasizmi?

7. “Ota va bola” muammosining mavjudligi, turli avlod vakillari bir-birini tushunishi

qiyin ekanligiga ishonasizmi?

8. Tanishingizga sizdan bir necha oy avval olgan qarzini berishini unutib quyganini

eslatishga uyalasizmi?

9. Restoran yoki oshxonada sizga sifatsiz taom berishdi? Asabiylashmay jimgina

tarelkani surib qo’yasizmi?

10. Notanish kishi bilan yolg’iz qolganda siz suhbat boshlaysizmi?

11. Siz uzundan-uzoq navbatlardan cho’chiysizmi? (magazin, kutubxona, kino-teatr).

O’z xohishingizdan voz kechasizmi yoki navbatda turib, kutasizmi?

12. Janjalli vaziyatlarni hal qiladigan komissiyalarda ishtirok etishdan qo’rqasizmi?

13. Adabiy asarlar, san’at, madaniyat asarlarini baholashda o’z bahongiz mavjudmi?

Boshqalar fikrini e’tiborga olasizmi?

14. Sizga yaxshi tanish bo’lgan masala yuzasidan hato fikrni eshitib, jim tura

olasizmi?(janjalga aralashmaslik uchun)

15. Biror kishi u yoki biror xizmat yuzasidan muammoni hal qilish uchun yordam

so’rasa norozilik tug’iladimi?

16. O’z nuqtai nazaringizni (fikringizni) og’zakiga qaraganda yozma holda to’la bayon

eta olasizmi?

132


Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin