30
predmetli baliqning, inson yuzining yoki osig‗liq boltaning obrazini aniq joyda
yoki bо‗shliqda kuzatishi mumkin, masalan, stol ustida yotibdi (Sharl-Bonn
gallyusinasiyasi). Bemor hasharotlarni teri ostida yoki tananing aniq qismida yurib
ketayotganligini sezishi mumkin, bu miya oyoqchalarining organik shikastiga
xarakterlidir (Lermittning pedunkulyar gallyusinozi).
Murakkab gallyusinator obrazlar dinamik kо‗rinishlarni eslatadi. Masalan,
eshitilayotgan ovoz atrofdagi voqeani kommentirlashi, kо‗rinayotgan obraz harakat
qilishi, kulishi yoki yig‗lashi mumkin.
Sezgi organlari bо‗yicha gallyusinasiya lar illyuziya singari bо‗linadi.
Yuzaga kelish sharoitlari bо‗yicha gallyusinasiyalar, uxlab qolishga xos
(gipnagogik), bu odatda ketma-ketlikdagi obrazlar bо‗lib, filmdagi kadrlarni
eslatadi, va gipnopompik gallyusinasiyalar, uyg‗onish vaqtida qayd etiladi.
Gallyusinasiyalar shu tariqa bо‗shliqdagi yuzaga kelishi bо‗yicha haqiqiy
gallyusinasiya va psevdogallyusinasiya ga bо‗linadi. Haqiqiy gallyusinasiyalar
haqiqiy fazoda presirlanadi, masalan, ovozlar kо‗chadan yoki xonadan eshitiladi,
obraz Bemorning yonginasida seziladi. Haqiqiy eshitiluvchi gallyusinasiyalar
tavsiflanishi (―ovozlar‖ Bemor xulqini tushuntiradi), imperativ (―ovozlar‖ biror bir
narsa qilishga undaydi), dialogli (―ovozlar‖ bir biri bilan gaplashadi),
haqoratlovchi, taxdid qiluvchi bо‗lishi mumkin. Bir yoki bir necha kishiga xos
bо‗lishi mumkin, erkak, ayol yoki bola, tanish va notanish, aniq va noaniq bо‗lishi
mumkin. Haqiqiy kо‗rinuvchi gallyusinasiyalarda obrazlarning predmetligi shu
darajada yuqoriki, Bemor ular bilan huddi tirik odamlar singari muloqot qiladi,
bundan tashqari, Bemor atrofdagilar ham bu obrazlarni kо‗rayotirlar deb ishonadi.
Haqiqiy gallyusinasiya lar kо‗proq kechkurun yuzaga keladi, bu asosan kо‗rish
gallyusinasiyalariga taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: