28
shovqini, shu jumladan signalning yо‗nalishini idrok etish ajralib turadi. Olfaktorli
va ta‘mli jarayon tadqiqotlarida feromonlar, ta‘mli qochish va ta‘m kо‗rligi
reaksiyalari о‗rganiladi. Taktil sezgirlikni о‗rganish temperaturaga, bosim,
anesteziya, parodoksal sezgi, gipersezgi reaksiya larini aniqlash imkonini beradi.
Verbal bо‗lmagan-verbalmas (og‗zaki bо‗lmagan) kо‗chirishlarning
xususiyatlari psixosemantika uslublari yordamida о‗rganiladi.
Simptom va sindromlar. Psixopatologiya da his etishning buzilishi
aniqlanadi, bularga quyidagilar kiradi: giperesteziya, giposteziya, anesteziya,
paresteziya va senestopatiya, shu jumladan fantom-simptom.
Gipersteziya – sezuvchanlikning buzilishi, kuchli yorug‗lik, ovoz, hidni
qabul qilishda namoyon bо‗ladi. Somatik kasallanishlar va somatik kasalliklarga
xos. Paresteziya qon ta‘minoti va invervasiya xususiyatlari bilan ajralib,
senestopati dan farqlanadi.
Senestopatiya – tanada kompleks odatiy bо‗lmagan xislar, joyni о‗zgarishi,
quyilish, oqib о‗etishni his etish. Kо‗pincha, baland-parvoz va odatiy bо‗lmagan
metaforik tilda, masalan, Bemorlar miya ichida qitiqlash bо‗layotganligini, su qlik
tomoqdan jinsiy a‘zolarga oqib kelayotganligini, hiqildoqning chо‗zilgani yoki
qisilgani haqida gapiradilar.
Fantom-sindrom qо‗l-oyoqlarni yо‗qotgan shaxslarda qayd etiladi. Bemor
yо‗qotgan oyoq yoki qо‗lini ortiqcha sezib, yо‗qotgan oyoq-kо‗llarda og‗riq yoki
harakatni his etadi. Kо‗pincha bunday hislar о‗ziga kelganda va uyquda yuzaga
kelib, bunda Bemor о‗zini yо‗qotgan oyoq-qо‗llari bilan kо‗radi.
Idrok
etishning
asosiy
buzilishlaridan
biri
bu
illyuziya
va
gallyusinasiyalardir. Bu kо‗rinishlar haqida bemorlar gapirishni xohlamaydilar
yoki berkitadilar.
Idrok etishning buzilishi bilvosita belgilari quyidagilar:
- insonning о‗zi bilan о‗zi gaplashishi (yolg‗izlikda yoki boshqalar orasida);
- asossiz va tо‗satdan atrofdagilarga nisbatan munosabatning о‗zgarishi;
- nutqda yangi sо‗zlarning paydo bо‗lishi (neologizmlar);
- mimik grimasalar;
- yolg‗izlikka intilish, kо‗ngilning о‗zgaruvchanligi;
- chaynash mushaklari va kо‗krak-elka-sossevid mushaklarining qisqarishi;
- yarim ochiq og‗izda orbital qismning kuchlanishi;
- suhbat chog‗ida tо‗satdan yonga qarash;
- mimika, holat va imo-ishora dissosiasiyasi;
- qisman harakatsiz mimikada qо‗qqisdan maqsadsiz imo-ishora.
Dostları ilə paylaş: