23
Anestetik depressiya – depressiya kо‗rinishida psixik anesteziya, xissiz
og‗riq kuzatiladi. Bemorlar yaqinlariga nisbatan his-tuyg‗uni yо‗qotganliklaridan
g‗am va hursandchilik emosiyalarining yо‗qligidan shikoyat qiladilar.
Astenik depressiya yuqori darajadagi charchash va og‗irlab ketish,
asabiylashgan holsizlik, giperesteziya kо‗rinishidagi astenik buzilishlar bilan birga
kechadi.
Vital depressiya chuqur zerikish va hafagarchilik, hayotga qiziqish va
xohishning yо‗qolishi, kо‗pincha suisidal hayollar bilan birga kechuvchi xislari
bilan о‗tadi.
Ironik yoki jilmaygan depressiya. Depressiyaning ob‘ektiv belgilariga
qaramay, bemor yuzida jilmayish bо‗lishi mumkin, u о‗z ahvolini ironirlashga
harakat qiladi. Havfli holat hisoblanadi, chunki vrachlar ironik depressiya
orqasidagi suisidal tendensiyani kо‗ra olmasliklari mumkin. U yana hira yoki
berkingan depressiya deb atalishi mumkin.
Disforik depressiya. Tez achchiqlanishlik, ming‗illash, atrofdagilarga va о‗z
kayfiyatiga ta‘sir etuvchi qayg‗u va qoniqmaslik hissi, qahr-g‗azabga atrofdagilar
va о‗ziga qarshi agressiya ga beriluvchanlik xarakterlidir.
Stuporozli
depressiya.
Tо‗liq harakatsizlikkacha, massiv harakat
tormozlanishi bilan kechadi.
Dostları ilə paylaş: