II BOB. HISSIYOT VA AFFEKTIV FAOLLIYATNING BUZILISHI Ta‟rifi. Hissiyot – atrof olam yoki boshqa odamning о‗zgarishiga
organizmning reaksiyasini ifodalovchi ruhiy holat. Hissiyot patologiyasi
kayfiyatning pasayishida – depressiyada, kо‗tarilishida – maniya, shu jumladan
disforiyalarda, ekstazda, moriyada, vahimada, affektni tuta olmaslik, emosiyaonal
labillikda namoyon bо‗ladi.
Tarixi, norma va evolyusiyasi. Hulq va idrok etish sub‘ektiv tashvish
toretish bilan kechadi. Ularni biz xis, kayfiyatning о‗zgarishi yoki emosiya deb
ataymiz. Emosional javob his muammosini muhokama qilishda aniqlaniladi.
Hisning hamma madaniyatlarida о‗xshash kо‗rinishlar identifisirlanadi, masalan,
g‗azab, nafrat, sevgi, hasad, rashk, qо‗rquv, yomon kayfiyat. Bu diqqat-e‘tiborga
loyiq, chunki emosiyalarni biz bir xilda tan olamiz. Bunda biz emosiyalarga о‗z-
о‗zidan о‗rganmaymiz, ammo konkret ob‘ektga sevgi va nafratni о‗rganamiz.
Boshqalarga о‗z sezgimiz haqida gapira olishimiz va ular tmonidan tushunishimiz,
bu emosiyalar asosida biologik bazis mavjudligidir.
Emosiyalar visserolimbik tizm tashkiliy va tizimli neyronal tо‗ri bilan
bog‗langan. Shuning uchun funksiyaonal operasiyalar haqidagi ma‘lumotlarni bu
darajada olish testlarga javobdan kelib chiqadi, bu ma‘lumotlar emosiyalarni aniq
xulq bilan aloqasini aniqlash imkonini beradi.(R.Plutchik, C.E.Izard).
Sub‘ektiv tashvish tortish miyada bioximik jarayonlar bilan asoslangan.
Ijtimoiy ta‘sir serebral kimyoviy jarayonlarni faollashtiradi va bu emosiyalarda
namoyon bо‗ladi. Jilmayishni idrok etishda serebral kimyoviy jarayon butunlay
faollashadi, bu dо‗stona kayfiyatni keltirib chiqaradi va javoban iljayish paydo
bо‗ladi. Bu yig‗i uchun ham tо‗g‗ridir, bu yig‗i yoki achinishni keltiradi. Ijtimoiy
signallar, yuz ifodasi va vokalizasiya kabilar, kimyoviy jarayonlarni qamrab oladi
va bizlarni bir xildagi emosiyalarni izhor etishni va ijtimoiy partner singari
belgilarni namoyon etishga majbur etadi. M.R.Liobowitz sevgining kimyoviy miya
haqidagi qiziqarli qator fikrlarini nashr ettirgan.
Emosiyalar sub‘ektiv tashvish tortish bо‗lib, о‗z emosiyalarini nazorat
qilishning mavjudligi, spesifik kо‗rinishli harakatlar bilan kechishini kо‗rsatadi
(mushak xarakatlari). Biz individual emosiyalar uchun tipik bо‗lgan fiziologik
reaksiyalarni yozib olishimiz mumkin. Shu tariqa turli madaniyatlar chegarasida
sub‘ektiv kо‗rinishli boshqa odamlarning bahosi natijasini yig‗ish mumkin va
ularning о‗xshashligini sezish mumkin. Qо‗r kar soqov bolalarda emosiyalar oddiy
bolalar singari bо‗ladi, ular ifodasi tug‗ma hisoblanadi (I.Eibl-Eibesfeldt).
Ababiyot tilida emosiyalar metaforik foydalaniladi, ularning klassifikasiyasi butun
olamda g‗azabga, g‗am, qо‗rquv, xursandchilik, ajablanish, jirkanishda saqlanib
qoladi.
22
Vaqt oralig‗idagi emosiya yig‗indisi kayfiyat deb ataladi. Emosiyaning
yorqin ifodasi aniq verbal komponenti bilan affekt deb ataladi. Turli milliy
guruhlarda emosional ifoda va his turlicha ifodalanadi, lekin fundamental emosiya
hammadan ham bir xildir. Ya‘ni, yaponiyalikning kulgusi hursandchilik bilan
bog‗liq bо‗lmasdan, muloyimlik va hurmat belgisini namoyish etish bо‗lishi
mumkin.