Havfsizlik instinkti (о„zini-о„zi saqlash) buzilishiga agressiya va suisidal
xulq kiradi.
Agressiya – haqiqiy yoki sohta xavf о‗chog‗ini bartaraf etishga qaratilgan
xulq. Keng ma‘nodagi agressiya – bu maqsadga erishish uchun tо‗siqlarni engib
о‗etishga qaratilgan shaxsiyatning shakllanishi: tirishqoqlik, qat'iylik, qattiqlik.
Agressiya pantomik yoki ekspressiv (havf soluvchi holat), affektiv (g‗azab,
achchiqlanish), verbal (sо‗zli taxdid), impulsiv (buzuvchi harakatlar), dushman
(maqsadli zarar etkazish), instrumental (boshqa maqsadlarga erishish vositasi
hisoblanadi), indusirlangan (tо‗dada, dushman obraziga ishontirilgan) bо‗lishi
mumkin. Agressiya shaxsiy insoniy kо‗rinishlar darajasida zо‗rlash, tabiatni buzish
sabablariga jirkanish, nafrat bilan ifodalanadi. Agressiv tendensiyalar psixiatrik
Bemorlarda sog‗lom individumlarga nisbatan bir xilda uchraydi. Agressivlikni
kо‗ngil kasallanishining birlamchi, biologik simptomi deb hisoblab bо‗lmaydi.
Bemorlarning agressiv harakatlarining kо‗p qismi reactiv bо‗lib, shaxsiyatni
17
premorbid kо‗rinishlarini ifodalaydi. Agressivlik psixoanalitik pozisiyalardan
kattalarning zо‗rlashiga javoban bolalikdan boshlab shakllanadi (yо‗rgaklash,
erkinlikni bosish, majburlash, jazolash). Agressiyani bosish nevrozga olib keladi.
Agressiya korreksiyasi ijtimoiy maqbul о‗zanni о‗zgartirish yо‗li bilan amalga
oshirilishi
mumkin.
Agarda
bolalarning
agressiv
impulslari
bostirilsa,
ijtimoiylashtirilmasa, u holda katta yoshli kishida agressiya о‗zining birinchi paydo
bо‗lgan, arxiaik kо‗rinishida saqlanib qoladi.
О„zini-о„zi о„ldirish (suisid) – о‗ziga yо‗naltirilgan agressiya,
austoagressiya. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning mavjud bо‗lgan kо‗p qirrali formalari
turli: ijtimoiy, psixologik, biologik sabablarga kо‗ra, insonni о‗ziga nisbatan
munosabatida kо‗rinadi. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning ba‘zi kо‗rinishlarini keltiramiz:
1. Institusional о„zini-о„zi о„ldirish – repressiv, jamiyatning etik farmoyishi
yoki kosmogonik tasavvurni aks ettiruvchi sabablar bо‗yicha amalga oshiriladi
(masalan, budda dinidagi kishilarning о‗zini-о‗zi yondirishi).
2. Idolota‟zim qilish – о‗smirlarning gurug‗ bо‗lib о‗zini-о‗zi о‗ldirishi.
Odatga kо‗ra ayol jinsidagi fonatik о‗smirlar mazkur aktni о‗z sanamlariga bо‗lgan
sevgini bо‗lisha olmaslik natijasida amalga oshiradilar.
3. Natijaviy о„zini-о„zi о„ldirish – inson, qiynoqli yoki sharmandali о‗lim
bilan yaqinda о‗lishini bilgan yoki hato о‗ylash natijasida о‗zini-о‗zi о‗ldiradi.
4. Viktimli о„zini-о„zi о„ldirish - hayotini tugashiga intiluvchi inson, qurbon
bо‗lish uchun, ongli ravishda havfli va hatarli ishlarga yoki konflikt vazi tlarga
bog‗lanadi.
5. Altruistik о„zini-о„zi о„ldirish – boshqalarni qutqarib qolish uchun
ihtiyoriy о‗lim. V.Frankl altruistik sabablarni suisidal deb hisoblamagan, chunki
kо‗p holarda о‗zini-о‗zi о‗ldirish shaxsiy xarakter mayli bilan amalga oshiriladi.
6. Platonik о„zini-о„zi о„ldirish - fikr yuritish orqali amalga oshiriladi,
masalan, о‗zini haqligini isbotlash uchun, о‗z inshonchidan kechmaslik xohishi
(Sokrat о‗limi).
7. Indusirlangan о„zini-о„zi о„ldirish – tashqi ishontirish ta‘siri ostida yoki
ongli yopiq formalari bilan maniyapul si si asosida amalga oshiriladi.
8. О„z hayotini qadrsizlash yoki qiymatini tushunmaslik faktlari aks
ettiruvchi о‗zini-о‗zi о‗ldirish. Masalan, bolalar о‗yinida о‗zini-о‗zi о‗ldirish.
9. Sokrat kо„rinishidagi о„zini-о„zi о„ldirish – jismoniy va kо‗ngildagi
chidab bо‗lmaydigan og‗riq huruji vaqtida о‗z hayotiga suiqasd qilish.
10. Namoyishkorona о„zini-о„zi о„ldirish – о‗z mardligini namoyish etish
sifatida, boshqa hollarda bu noumidlik, ba‘zida oxirgi yordam sо‗rash kо‗rinishida
bajariladi. Atrofdagilarga bosim vositasi sifatida ham foydalaniladi (suisidal
shantaj).
18
11. Hayot obrazidek, о„zini-о„zi о„ldirish. Ayniqsa kо‗p tarqalgan
shakllaridan autodestruktiv xulq alkogolizm, narkomaniya hisoblanadi, uning
yuzaga kelishida о‗zini-о‗zi yо‗q qilishga uzaytirilgan dastur qо‗yiladi.
О‗zini-о‗zi о‗ldirishning yuqorida qayd etilgan turlari hech qanday psixik
patologiya bilan bog‗liq bо‗lmaydi, ya‘ni ularni amalga oshiruvchi kishilar ruhiy
kasalliklardan jabrlanmagan bо‗ladi. Ruhiy bemorlarda о‗zini-о‗zi о‗ldirish turli
psixik buzilishlar bilan bog‗liq bо‗ladi. Xarakteriga bog‗liq holda quyidagi suisidal
xulqning klinik variantlari mavjud bо‗lishi mumkin:
1. Impulsiv о„zini-о„zi о„ldirish - tо‗satdan, sababsiz va psixologik
tushuntirib bо‗lmaydigan. Suisidal akt mazkur vaziyatda yuzaga keluvchi,
hohlagan uslub bilan g‗ayri ihtiyoriy ravishda bajariladi. Ya‘ni, agarda qо‗ziga
pichoq kо‗rinsa, yurak yoki bо‗yinga urilishi kuzatiladi; zaharli substansiya
qо‗rinsa, undan foydalaniladi; kо‗prik ustidagi g‗oya, bemor о‗ylamasdan suvga
о‗zini tashlaydi, kо‗chada – mashina tagiga; tо‗satdan qо‗lga tushgan lezviye bilan
tomir kesiladi va b. Tirik qolgan Bemorlar, hursandchilik ham, tirik qolganlariga
hafagarchilikni ham bildirmaydilar, о‗z omadsizliklaridan hafa ham bо‗lmaydilar,
va umuman nima bо‗lganligini tayinli tushuntira olmaydilar. Suisidal impulslar
chaqmoq singari, oldindan aytib bо‗lmaydigan, vaqti-vaqti bilan taqrorlanishi
mumkin. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning mazkur tipi katatonik Bemorlarda kuzatilgan.
2. Epileptiformli о„zini-о„zi о„ldirish – suisidal harakat, epileptiform
asabiylashish holatida bajariladi. Tirik qolgan Bemorlarda suisid haqidagi xotira
saqlanib qolmaydi.
3. Gallyusinatorli о„zini-о„zi о„ldirish – suisidal ma‘nodagi imperativ
gallyusinasiyalar bilan asoslangan. Ba‘zida aldovli qabul Bemorda ilojisi yо‗q vazi
t haqida tasavvur paydo bо‗ladi (saxna kо‗rinishidagi eshituv va analogik tipdagi
qо‗ruv gallyusinasiyalari), ya‘ni bunda bemorda о‗z hayotiga suiqastdan boshqa
yaxshi tanlov qolmaydi. Ba‘zida ovozlar ―narigi dunyoda‖ yangi, yaxshi hayotni
va‘da beradi va Bemor suisid yо‗li bilan u erga о‗etishga rozi bо‗ladi.
4. Vasvasali о„zini-о„zi о„ldirish – kо‗pincha ta‘qib qilish vasvasai va о‗sha
hayoliy vazi tning kо‗proq shartlashganligi, bunda Bemorning qaror qilishiga eng
yaxshi natija, о‗zini-о‗zi о‗ldirish hisoblanadi. Suisidlar о‗limli kasallik vasvasai,
qayta tug‗ilish vasvasai (о‗lim orqali Bemor, yuqori sifatli, boshqa bо‗lib, qayta
tug‗ilish), depersonalizasiya sababli vasvasali (о‗zini о‗ldirgan buyuk shaxsiyat
identifikasiyasi) Bemorlarda uchraydi.
5. Depressiv о„zini-о„zi о„ldirish – kо‗rinishi bо‗yicha, tez-tez uchraydi.
Gunoh, о‗zini ayblash, ma‘noni yо‗qotishga achinish g‗oyalari bilan bog‗liq.
―Kengaytirilgan‖ о‗zini-о‗zi о‗ldirish ehtimoli bor – boshida Bemor yaqinlarini
о‗ldiradi, ularni og‗ir qiynoq kutmoqda deb hisoblaydi va yaxshisi о‗lim qabul
qilish, bо‗lmasam chidab bо‗lmaydigan azoblarga qolishadi. Yaqinlarning
19
о‗limidan sо‗ng, u ikkilanishsiz о‗zini ham о‗ldiradi. Depressiyav Bemorlar kо‗p
hollarda suisidli maqsadlarini berkitadilar, chunki buni chuqur shaxsiy ishlari deb
hisoblaydilar, shu jumladan atrofdagilarning qarshiligidan saqlanish uchun. О‗zini-
о‗zi о‗ldirish erta tongda bajarilishi mumkin, bu vaqtda depressiya ayniqsa og‗ir
bо‗lishi mumkin, yoki sutkaning boshqa vaqtida agarda mos keluvchi vaziyat
yaratilsa. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning shunday usullarini afzal kо‗radilarki, bunda tirik
qolishga umid bо‗lmaydi. Shunday qilib, boshini temirchilar pressi ostiga qо‗yib,
bemor о‗zini-о‗zi о‗ldirdi. Boshqa Bemor, harakat qilish bilan, ikkala qо‗lidagi
turli joylardagi tomirlarni kesib, bо‗yinturuq venalarini ham shunday qilib, undan
sо‗ng esa sochiq bilan о‗zini bо‗g‗gan. Yoki Bemor о‗zini-о‗zi о‗ldirishga harakat
qilib, tayganing ichiga kirib, о‗zini yondirib borish uchun daraxt tagida gulxan
yoqqan. Bunday g‗alati о‗zini-о‗zi о‗ldirishlar shizofreniyali bemorlar depressiya
sini kо‗rsatishi mumkin.
6. Nevrotik о„zini-о„zi о„ldirish – psixik buzilishli nevrotik darajadagi
sezishda aks ttadi (shaxsiyatning isterik buzilishi va b.). Agarda suisidal konteksda
asab anoreksiya sini kо‗rib chiqsak, u holda bu nevrotik о‗zini-о‗zi о‗ldirishda
model bо‗lishi mumkin edi. Nevrotik buzilishning boshqa hamma holatlarida
suisid tendensiyalar, kо‗p holatlarda bо‗lsa ham, odatda ambivalent va
taqqoslanganda kamdan kam holatlarda amalga oshiriladi. Isteriyada kо‗pincha
butaforli о‗zini-о‗zi о‗ldirish harakati kuzatiladi.
7. Reactivli о„zini-о„zi о„ldirish – haqiqiy yoki faqat tuyuladigan
psixotravmatik vaziyatga depressiyav reaksiya bilan bog‗liq bо‗ladi. Ya‘ni, о‗zini-
о‗zi о‗ldirish ba‘zida psixik kasallikni tushunib etgandan sо‗ng amalga oshiriladi.
Kо‗p hollarda affekt holatida psixopatik shaxsiyatli asabiylashgan tipda
autoagressiyav harakat yuzaga keladi. Mastlik (alkogol, barbiturli) suisidli
impulslarni amalga oshirishni engillashtiruvchi e‘tiborli faktordir.
8. О„ziga shikast etkazish (о‗zining biror a‘zosini qasddan jarohatlash),
uatodestruktiv xulqning bir turi sifatida. Sog‗lom sub‘ektlardagina emas (diniy
sabablarga kо‗ra g‗ururdan tushish maqsadida о‗zini-о‗zi qiynash – flagellantizm,
g‗arazli о‗ylar sababli о‗zining biror a‘zosini qasddan jarohatlash), balki psixik
kasallanganlarda ham uchraydi. Ya‘ni, depersonalizasiyali bemor (jismoniy
anesteziyali) ―о‗zini his etish uchun‖ pechda ikki qо‗lining kaftini kuydirgan.
Shaxsiyat buzilishi kuzatuvchi Bemorlarda, о‗zining biror a‘zosini qasddan
jarohatlashga sababsiz mayl uchraydi. Bizga ma‘lum bо‗lishicha, shizofreniyali
bemor, ozgina bо‗lsa ham erkin harakat ehtimolidan foydalangan holatda quloq
pardasiga shikast etkazgan, ikkala kо‗z olmasi enukleasiyasini о‗tkazgan,
tomirlarni ochishga harakat qilgan, burun yо‗llarini, genitaliyni shikastlashga
harakat qilgan.
20
Ta‘kidlash zarurki, suisidal hulq psixik buzilishning birlamchi simptomi
emasdir. Oxirgisi, balki, suisidga turtki bо‗lishi mumkin, uni amalga oshishini
engillashtirishi mumkin, lekin u asosiy sabab bо‗la olmaydi.
|