Mazoxizm – jinsiy partnerdan chiquvchi va shaxvoniy qо‗zg‗alish va
orgazmga etishda og‗riq yoki qiynoq xissiga talab.
Fetishizm – jinsiy maylning tananing alohida qismiga yoki tualet
predmetlariga yо‗naltirilganligi. Ularning kuzatishlari shaxvoniy asabiylashishning
asosiy sharoiti hisoblanadi. Koitus mastrubasiya bilan almashtirilsa, majburiy
bо‗lmaydi. Fetishizmning zamonaviy turli xilligi shishirilgan qо‗g‗irchoqlar bilan
birga yashash, sun'iy jinsiy a‘zolardan foydalanishdan iborat. Jinsiy fetishizmlar
ekskrementlar, a‘zolar, hid, soch, oyoq kiyim, partner terisining rangi va kо‗pgina
boshqalar bо‗lishi mumkin. Shaxvoniy his maqsadida boshqa odamlarni intim
sahnalarini kuzatish yoki kо‗zguda shaxsiy jinsiy aktlarini kuzatish – vuayerizm hizmat qilishi mumkin.
Pigmalionizm – jinsiy maylning haykalga yoki tananing tasviriga
yо‗naltirilgani, shaxvoniy asabiylashish maqsadida ularni kuzatish.
Narsissizm – yoki patologik autoerotizm – о‗z tanasini kuzatishda jinsiy
suqlanishning paydo bо‗lishi. Keng qamrovli tushunchada patologik (bog‗langan)
autoerotizmga partnerning ishtirokisiz, turli usullar yordami bilan о‗z shaxvatini
uyg‗otish kiradi.
Oralizm – chetlashish, bunda orgazm faqatgina genitaliyni partner
tomonidan lablar yoki til bilan qitiqlash natijasida erishiladi.
Analizm – buzilish, bunda orgazm tо‗g‗ri ichakni mexanik stimulyasiyasi
yordamida, ya‘ni anal koitus yо‗li bilan erishiladi.
Transseksualizm – buzilish, bunda individuum о‗z tanasini biologik jinsga
taalluqlikni qabul qila olmaydi, shu jumladan jinsiy a‘zodan ijtimoiy rolni. Bu
bilan о‗z tanasiga nisbatan nafrat, о‗z anatomik va pasportli jinsini о‗zgartirish,
qarama-qarshi jins kiyimlarini kiyishga talab bilan bog‗liq. Shahvoniy mayl
gomoerotik orientasiyaga ega, lekin kо‗pgina transseksuallar uchun jinsiy hayot
katta ma‘noga ega bо‗lishi mumkin.
Transseksualizm haqiqiy va yolg‗ondakam bо‗ladi. Haqiqiy bolaligidan
boshqa jinsga biologik taalluqligini his etish, bunda hech qanday psixik
buzilishlarsiz bо‗lishi bilan farqlanadi, yolg‗ondakam transseksualizm esa –
biologik jinsini vasvasa kasallik sabablari bо‗yicha, almashtirish xohishi,
kо‗pincha shizofreniya doirasidagina bо‗ladi.
Transvestizm (onizm, metatropizm) ostida quyidagi chetlashish tushuniladi,
bunda jinsiy qoniqish biologik tegishlilik hissisiz boshqa jinsning kiyimlarini kiyib
olishda erishiladi.
15
Vampirizm – shaxvoniy qoniqish partner qoni ta‘mi asosida yuzaga keladi
(jinsiy aloqa vaqtida yoki undan oldin etishlash natijasida qon ajraladi).