partnerlarning kuchlanishli shaxsiyat orasidagi aloqalar hisoblanadi. О‗zini past
baholash, koitusning о‗tmishdagi salbiy tajribasi, ishonmaslik, seksning fiziologik
aspektlariga e‘tiborning markazlashuvi ma‘noga ega. Psixiatrik amaliyotda astenik,
depressiyav, ipoxondrik va boshqa kasallik holatlarida kuzatiladi.
Muddatidan oldin eyakulyasiya – oxirgisi shunchalik vaqtli keladiki,
bunda partner ayol orgazmga erisha olmaydi, garchi u bunga qodir bо‗lsa ham.
Fiziologik jihatdan ham (yuqori asab-psixik asabiylashish), shu tariqa psixologik
sabablarga kо‗ra ham (masalan, jinsiy aktni tez tugaetishni talab etish sharoitidagi
erta seksual tajriba) yuzaga keladi. Eyakulyasiyaning tutilib qolishi – jinsiy akt
vaqtida eyakulyasiyaga qobili tsizligi namoyon bо‗lishi ham impotensiyaga sabab
bо‗lishi mumkin.
Vaginizm – qо‗shilish vaqtidagi moyliq mushaklarining va tos tubining
spastik qisqarish sindromi. Kuchli og‗riq va moyliqqa kirishning siqilishi natijasida
jinsiy aktning ilojisi bо‗lmaydi. Vaginizm sabablari qо‗rquv, partner havfsizligiga
ishonmaslik, ginekologik kasalliklar, shikast va og‗riqli maniyapulyasiyalar
(operasiya, instrumental tekshiruv va b.), travmatik seksual inisiasiya hisoblanadi.
Puritan an'analarida tarbiyalash aniq ma‘noga ega bо‗lib, bunda jinsiy hayotga
salbiy munosabat bildiriladi (jirkanish, qoralash).
Psixologik dispareuniya – jinsiy aloqa vaqtida jinsiy a‘zolarda og‗riq,
odatda ayollarda biror-bir aniq fiziologik sabablarsiz yuzaga keladi. Anorgazmiya
– ayol hech qanagangi vaziyatlarda ham orgazmga erisha olmasligida yoki avval
unga erishganligi sababli koital aktga xususiyatini yо‗qotganligida namoyon
bо‗ladi. Anorgazmiyaning paydo bо‗lishi seksual-salbiy tarbiya, partnerda jinsiy
buzilishlar, shaxsiyat orasidagi aloqaning buzilishi bilan bog‗liq. Soxta
anorgazmiya sindromida orgazm klitorni samarali stimulyasiyasida erishish
mumkin. Yuqorida qayd etilgan jinsiy buzilishlar nevrotik, shu jumladan nevrozga
о‗xshash va somatik va psixik kasalliklardagi organik buzilishlar bilan asoslangan.