Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137
psihiatriya-qollanma

Dromomaniya (poriomaniya, vagobandaj) – vaqti vaqti bilan yuzaga 
keluvchi о‗zini tuta olmaydigan joyni о‗zgartirishga, darbadar kezishga, daydilikka 
mayllik. Ketib qolish va daydilik sindromi kо‗pincha aqli zaiflikda, nevrozlarda
shaxsiyatning buzilishida uchraydi. 
Dromomaniya soxta va haqiqiy bо‗ladi. Soxta dromomaniya kо‗pincha 
bolalar va о‗smirlarda uchraydi, yashash joyini о‗zgartirish engib bо‗lmaydigan 
impulsiv mayl yо‗qligi bilan farqlanadi. Ota-onalari bilan konflikt vaziyatlardan 
uydan ketib qolish hollarida qat'iy norozilik, qarshilik reaksiyasi kо‗rinishida 
namoyon bо‗lishi mumkin, yoki bо‗lmasa, ular biror-bir guruh a‘zolaridan biriga 
qо‗shilib olib, birdamlik hissi ostida u bilan birga daydilik qiladi. 
Haqiqiy dromomaniya shash joyining о‗zgartirishga engib bо‗lmaydigan 
impulsiv mayilning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kо‗rsatilgan sindromning 
dinamikasida aniq bosqichilik mavjuddir. Birinchi, reactivli bosqich vaziyatga 
asoslangan uydan ketib qolish bilan ifodalanadi. Ikkinchi bosqich odatiy, qayd 
etilgan ketib qolish bilan xarakterlanadi; bunday ketib qolishlarning paydo bо‗lishi 
patologik oshgan mayl bilan tushuntiriladi. Uchinchi bosqichda ketib qolish va 
daydilik engib bо‗lmaydigan, impulsiv bо‗lib qoladi (Ivanova, 1972). 
Piromaniya – engib bо‗lmaydigan va sababsiz yondirishga moyillik, ular 
yomonlik, zarar keltirish maqsadisiz amalga oshiriladi. Aqli zaiflik, shaxs 
buzilishida uchraydi. 
Kleptomaniya – vaqti-vaqti bilan va tо‗satdan maqsadsiz о‗g‗rilik qilishga 
ehtiros. О‗g‗rilangan narsalar, odatda kleptomanga kerak emas va katta qiymatga 
ega bо‗lmaydi, kо‗pincha keyinchalik tashlab yuboriladi. О‗g‗rilik ochiqdan-ochiq 
amalga oshiriladi, о‗g‗rilikda amalga oshiriladigan ehtiyot choralari kо‗rilmasdan 
bajariladi, shu sababdan darhol bajargan shaxs aniqlanadi. 


11 
Mayl buzilishining bu uch turi о‗zining kelib chiqishi bо‗yicha arxiatik 
instinktlardan, genetik bizga etib kelgan rudimental meros ibtidoiy tuzumdan 
iborat deb hisoblanadi, yashash uchun yaxshi joy izlab inson kо‗chib yuradigan 
hayot tarziga majbur bо‗lganda; isitish va egulik tayyorlash uchun, gulxanlar 
yoqish; yig‗ish bilan shug‗ullanish, ya‘ni mazkur vaqtda u uchun kerak bо‗lmagan 
buyumlarni yig‗ish, keyinchalik ulardan yoy uchun о‗q uchini, baliq to‘tish uchun 
qarmoq, ichish uchun idish va b. tayyorlashda foydalangan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin