Vasvasaga о„xshash fantaziyalarda bola fantastik о‗ylab topilgan olam
haqida gapiradi, va u reallikni almashtirib haqiqatda mavjud ekanligiga ishonadi.
Bu olamda sahiy va yovuz personallar, agressiya va sevgi mavjuddir. U ham,
vasvasa singari tanqidga uyramaydi, ammo fantaziya singari juda о‗zgaruvchan.
Yuqori qiymatli qо‗rquv bu mlarga nisbatan extiyotlikda ifodalanadi, ular о‗z
holicha bunday fobik komponentga ega emas. Masalan, bola xonadagi burchakdan,
ota-onasining tana qismlaridan, isitish batareyasidan, fortochkadan qо‗rqishi
mumkin. Vasvasaning tо‗liq kо‗rinishi bolalarda 9 yoshdan sо‗ng kо‗proq uchrashi
mumkin.
Obsessiv fikrlash stereotip qaytariluvchi fikrlashlar, tasavvur etish, eslash,
xarakat, qо‗rquv, diniy marosimlar bilan xarakterlanadi, ular Bemor xohishidan
tashqari, kо‗pincha vahima fonida yuzaga keladi. Biroq, vasvasadan va yuqori
qiymatli fikrdan farqli tо‗liq tanqid mavjud. Miyadan chiqmaydigan fikrlar
qaytariluvchi xotira, ikkilanishlarda ifodalanishi mumkin, masalan, eshitilgan
musiqa, haqorat, bog‗lanib qolgan ikkilanish va chiroq, gaz, dazmol, suv, eshikni
yopilganligini qayta tekshirish. Miyadan chiqmaydigan mayl shu tariqa miyadan
chiqmaydigan fikrlar bilan kechadi, ular impulsiv bajarilishi mumkin, masalan,
miyadan chiqmaydigan о‗g‗rilik (kleptomaniya), о‗t qо‗yish (piromaniya), о‗zini
о‗ldirish (suisidomaniya). Miyadan chiqmaydigan farklar fobiyaga olib kelishi
mumkin, ya‘ni miyadan chiqmaydigan qо‗rquv, masalan, odam bor joydan va
ochiq joydan (agorafobiya) qо‗rqish, yopiq fazo (klaustrofobiya), bulg‗anish
(shizofobiya), aniq kasallikni yuqtirish qо‗rquvi (nozofobiya) va hattoki
qо‗rquvdagi qо‗rqish (fobofobiya). Qо‗rquvni engish turli diniy marosimlar bilan
amalga oshiriladi.
Obsessiv fikrlash obsessiv-kompulsiv buzilishlar, anankastli va vahimali
shaxsiyat buzilishlari uchun xarakterli.