Psixik jarayonlar



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#169435
1   2   3   4   5   6   7   8
psihik

SEZGILARNING TURLARI
Sezgilar ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining xarakteriga, qo`zg`alishni qabul qilish masofasi, reseptorlarning joylashgan o`rinlariga ko`ra klassifikatsiya qilinadi. Reseptorlarning joylashgan o`rniga ko`ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
1) tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida reseptorlari bo`lgan sezgilar - eKTROTSEPTIV SEZGILAR;
2) tananing ichki a`zolari va to`qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar - INTEROTSEPTIV SEZGILAR;
3) reseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan PROPRIOTSEPTIV SEZGILAR. Ular gavdamizning holati va harakatlari haqida ma`lumotlar berib turadilar.
Ekstrotseptiv sezgilarning o`zlari ikki guruhga - KONTAKT ( bevosita aloqa bog`lovchi) va DISTANT sezgilarga ajratiladilar. Kontakt sezgilarga (kontakt reseptorlar orqali sezgi hosil bo`ladi) quyidagilar kiradi: ko`rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta`m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo`yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik klassifikatsiyasi ham deb ataladi. Chunki ular Aristotel’ tomonidan ko`rsatib o`tilgan sezgilardir. Ular orasidan teri sezgisining o`zi bir qancha turlarga bo`linadi (tuyush, harorat, og`rik kabi).
SEZGILARNING UMUMIY QONUNIYATLARI.
Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma`lum umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intensivligi (kuchi), davomiyligi sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.
Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va shu sezgi doirasida o`zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi,, mayinligi, zo`rligi; ko`rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va analizatorning funktsional holati bilan belgilanadi.
Davomiyligi - sezgining vaqt bilan bog`liq xususiyati. U ham qo`zg`atuvchining xususiyati va analizatorning funktsional holati bilan bog`liq. Qo`zg`atuvchi sezgi organiga ta`sir qilgandayoq sezgi hosil bo`lmaydi, balki biroz vaqt o`tadi. Bu vaqt sezgining latent (yashirin) davri deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya`ni latent vaqti turlicha: taktil sezgilar uchun u 130 millisekund, og`riq uchun 370 millisekund, ta`m bilish uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.
Shuningdek sezgi qo`zg`atuvchi o`z ta`sir kuchini to`xtatgan zaxoti yo`qolmaydi. Qo`zg`atishning asorati, ta`siri yana bir qancha vaqt davom etadi va ular keyin keluvchi obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi obrazlar ijobiy yoki aks (negativ) bo`lishi mumkin.
XULOSA:
Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob`ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatni yo`nalishi ifodalanadi.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin