Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Reja : Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari


Psixik taraqqiyotning yosh krizislari



Yüklə 22,86 Kb.
səhifə7/7
tarix13.01.2023
ölçüsü22,86 Kb.
#79166
1   2   3   4   5   6   7
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Reja Psixik-fayllar.org

Psixik taraqqiyotning yosh krizislari
Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli bir yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga to’g’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba’zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida qaysar, asabiy bo’lib qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo’ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlari qondirilmaydigan bolalar shunday reaksiya namoyon qiladilar.
Shaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yo’nalishda: ijtimoiylashuv va individuallashuv ko’rinishida bo’lib turli yosh davrlaridagi krizislar ham mos ravishda turli xarakterga ega.
0, 3, 10, 17 yoshdagi krizislar esa o’zini anglash, ko’rsatish, atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi krizislardir.
Bola avval ma’lum darajaga yetib, keyin tarbiyalanmaydi, balki ta’lim va tarbiya jarayonida psixik rivojlanadi. Bunda psixologlar Vigotskiy tomonidan aniqlangan qoidaga, ya’ni ta’lim berish bola qo’lga kiritib bo’lgan rivojlanish darajasini ko’zlamasdan, bir muncha olg’a ketish, bolaning tafakkurida uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar qo’yishi u erishgan va yaxshi o’zlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab qilish kerak degan qoidaga asoslanadilar.
L.S.Vigotskiy ta’limining aqliy rivojlanishdagi yetakchi rolini ta’kidlar ekan, ta’lim bolaning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog’i lozim deb hisoblangan edi. Ta’lim rivojlanishning faqat tugallangan darajasi asosida qurilmasdan, avvalo hali unga tarkib topmagan narsalarga tayanmog’i kerak.
L.S.Vigotskiy boladagi aqliy rivojlanishning 2 darajasi haqidagi qoidani ifodalab berdi.
Real zona
Birinchi daraja, Vigotskiy atyganidek, aktual rivojlanish darajasi – o’quvchi tayyorligining mavjud darajasi bo’lib, u o’quvchining qanday topshiriqlarni to’la mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Yaqin zona
Ancha yuqori bo’lgan ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yaqin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq yordam bilan (yo’l-yo’riq beruvchi savollar ...) nimaning uddasidan chiqa olishini ko’rsatadi.
Vigotskiy bola bugun kattalar, o’qituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustaqil ravishda o’zi bajaradi, eng yaqin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta’lim jarayonida aktual rivojlanish jarayoniga o’tadi deb ta’kidlagan edi. Har qanday psixik funksiya inson hayoti davomida 2 marotaba namoyon bo’ladi: avval ijtimoiy, so’ngra psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funksiya odamlar orasida interpsixik ko’rinishda bo’lsa, so’ngra bola uchun intrapsixik ko’rinishdadir. Bu qonuniyat barcha psixik funksiyalar, ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira tushunchalarining, irodaning rivojlanishiga tegishlidir. Har qanday funksiya avval boshqa odamlarga qaratilgan bo’lib, so’ngra shaxsning ichki funksiyasiga aylanadi. Ontogenezda psixik bir bosqichdan sifat jihatdan boshqa bosiqchga qadamma-qadam o’tishdir. Har bir yosh davrlarda tashqi ta’sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bo’lib, u yoki bu psixik funksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bunday davrni – shu psixik funksiyaning senzitiv davri deyiladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha davr nutq rivojlanishining senzitiv davridir.
Kichik maktab yoshi o’quv faoliyati uchun senzitivdir. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari, xususan o’qituvchining obro’li ekanligi, ishonuvchanligi, tirishqoqligi bunga imkon beradi
O’spirinlik yoshi esa o’z ichki dunyosini bilish uchun qulay davrdir. Ularning emosional sferasining boyishi, o’z-o’zini boshqarish va ma’suliyati seziladi.
Turli yoshlar uchun senzitiv bo`lgan davrlar.
Masalan,. Bola psixik rivojlanishining turli yo’nalishi mavjudligini unutmaslik lozim. Funkional rivojlanish bevosita bilim va malakalarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, yosh davriga xos psixofiziologik rivojlanish bilan belgilanadigan yosh davri rivojlanishidir
http://fayllar.org
Yüklə 22,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin