Biogenetik Sosiogenetik Biogenetik yo`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin yetakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi.
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli, ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta‘sir ko‘rsatishning zarur shartidir. Inson-biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda tashkil topgan xususuyatlari (masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilari) ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub‘ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning hulq-atvor (M,ahloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, odam psixikasi va hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin. Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami? Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarning muammosi o‘z mohiyati jihatidan g‘oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli oqimlar, yo‘nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya, nazariya bo‘lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik konsepsiyadir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan. Bola psixik xususiyatlarinng tug‘ma tabiati haqidagi ta‘limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur