1.3. Ta’lim va tarbiya psixologiyasining samaradorligini oshirish mexanizmlari Ta’lim oluvchilarning ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning quyidagicha metodlari ajratiladi:
1. Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo’lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu dasturlashtirilgan ta’limdir.
2. Reproduktiv metodda o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
3. Muammoli ta’lim metodi o’qituvchini tomonidan tashqil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yullaridan biri ishchan o’yinilarni tashqil etishdan iboratdir.
4.Qisman izlanish metodi o’qituvchini nazorati ostida tashqil etiladigan metod bo’lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
5.Tadqiqot metodi o’qituvchi yordamisiz tashqil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transormasiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashqil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashqil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyolash miliy dasturi”da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik- texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya bu ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo’lib, unda ta’lim jarayoninng tashqil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bulish mumkin;
- Ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo’yiladigan ijtimoiy talablar;
- Hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
- Ta’lim jarayoning maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;
-Ta’lim jarayonini differensialashtirish;
- Ijodiylik.
O’quvchini mustaqil ta’lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash bugungi kun maktabining asosiy vazifasidir.
Ta’lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta’lim masalalarini qo’yilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat qilish baholashning yullarni o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operasiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda”, “sabablari qanday?”, «Natija nima uchun shunday bo’ldi?” singari savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustakil holda topish va ularni yechish uchuv o’z loyihalarini to’zish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma’nodor va unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar, bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.
Albatta, bilim kerak, ammo, bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik.
Hozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farklar mavjud. Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
1. Mazmundorlik (boyliga, chuqurligi, hukmga boyligi).
2. Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog’liqdir, Amaliyot, hukmning to’g’riligi mezonidir.
3. Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani qo’llay olish, shaxsiy fikrga ega bo’lishi, tajribaga munosabat bildirish.
4. Aqlning tashabbuskorliga.
5. Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart yechishdan qochish.
6. Aqlning tanqidiyligi, o’z ishini aniq baholay olish, uni ulchash.
7. Aqlning mahsuldorligi.
8. Fikrning ketma-ketligi.
9. Tafakkurning tezligi.
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. “Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan? odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar" .Aql-bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir .
Yuqorida aytib o’tilgan barcha sifatlar yosh o’zgargan sari o’zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo’lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi.
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muxit, kishilar , jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir kursatuvchi besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi”
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
- Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muxit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik choglaridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatariga bevosiga taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko’cha - ko’yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi; Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muxit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning, psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim- tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatani tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini taaoyenl qylib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyannng ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mutlaqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning rol kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamda hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tugma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yul bilan berilishi mumkin.
Odamning ruxiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida tuxtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-gez akselerasiya terminini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nima? Akselerasiya - «tezlatish» degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvoxi bo’lib turibmiz. Xo’sh bo’larni sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmiy-texnika bilan bog’lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning oldiga mislsiz ko’p informasiyalarni idrok qilish va fikrida qayta ishlash talablarini quydi. Bu talab o’z navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keldi. Yuqorida aytib o’tilgan olimlarning fikricha, akselerasiya - bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo’lgan hodisadir.
« Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikricha, «qiyin» o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol: bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartiish, ularga ba’zi huquqlarni berish yuli bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin. Psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalarning bir qancha klassifikasiyalari mavjud.
Birinchi gurux - ijtimoiy salbiy mustahkam qarashga ega bolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid qiluvchilar.
Uchiichi guruh - ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o’qishida ikkilanuvchi, o’z xatolarini tushunuvchi bolalardir.
To’rtinchi gurux - irodali bolalarga bo’ysinuvchilar.
Beshinchi gurux - qonunbuzarlik yuliga tasodifan kirib qolganlar.
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og’ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular uqiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiyali bo’lim bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat insonni yomon xatti-xarakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy jixatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan mulokotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yuqligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxo’rligini bildiradigan so’zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag’batlantirish va yomon xulqatvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan xulqatvor hamma bolalarga ham taalluqli emas. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta.
Xalq urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do’stlik-birodarlik his-tuyg’ularini rivojlantiradi. Bo’lar o’z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko’payggarish yo’lida har bir kishining tinmay gamxo’rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g’amxurlikning funktsiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxo’r ota-onaga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvvatlamaganda bola o’z xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda gamxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og’zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin;
1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2. Ijobiy emosiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak. Ong ham, iroda ham motivlar iyerarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o’rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va. tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollangirishni ko’tadi. Arastu aytganidek: «Tarbiya uch narsaga ehtiyoj syozadi: iste’dodga, ilmga, mashqga».
Konfusiy: «Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko’ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go’zal axloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg’u, qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o’zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O’tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o’zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o’qishsida adolatlilik, teng huqqlilik aloqalari o’rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortiradi dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g’amxo’rlik, samimiylik, o’zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortmoqda.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbitning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta’sir o’tkazish vositasini tanlash va undaya unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
O’zbek xalkining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish xar tomonlama tarakkiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muxim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Tarbiya biz uchun yo xayot, yo mamot; yo najot, yo xalokat; yo saodat - yo falokat masalasidir».
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruxiyat, umuminsoniy, xalkchil milliy kadriyatlar, urf-odatlar, an’analar yetakchi o’rin tutmogi lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bo’lar orkali yoshlarda kuyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish;
b) xayrixohlik, odamlarga xurmat, mexr-shafqat;
v) kattalarni xurmat qilish, e’zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;
ye) kichik yoshdan mexnatsevarlik;
j) jismoniy baquvvatlik;
z) ahlok-odoblilik;
i) oilaparvarlik;
k) ayollarga xurmat;
l) o’zaro xamkorlikka intiluvchanlik.
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muxofaza qiluvchi Tashqilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug’ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarining baxamjixatlik bilan olib boradigan ishlarigina o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.