Ko`ngliga tegmasdan tanqid qiling. Psixolog Yu.Krasovskiy tanqid ilmiy asoslangan, zamonaviy fan yutuqlari bilan qurollangan holda, savodli bo`lishi kerakligini ta’kidlaydi:
tetiklashtiruvchi tanqid (“Hechqisi yo`q. Kelgusi safar yaxshiroq bajarasan. Hozir esa uncha o`xshamadi.);
gina-tanqid (“Bu nimasi? Axir men senga ishongan edim”.);
analogiya-tanqid5 (“Sendek bo`lganimda men ham xuddi shunday xatoga yo`l qo`ygan edim. O`shanda o`qituvchimdan rosa baloga qolgan edim”.);
umidli tanqid (“Umid qilamanki, yanagi safar vazifani yaxshiroq bajarasan”.);
shaxsi noma’lum tanqid (“Sinfimizda o`z vazifasini uddalay olmayotganlar ham bor, lekin ularning ismi-sharifini aytmaymiz”.);
tashvishli-tanqid (“Men sodir bo`lgan, ayniqsa, ..., ... o`quvchilarimizdagi bu holatdan tashvishdaman”.);
hamdardlik ohangidagi tanqid (“Men sening holatingni yaxshi tushunaman, ammo sen ham mening ahvolimni tushunishing kerak. Axir topshiriq bajarilmagan...);
kinoyali tanqid (“bajardik, bajardik, axiyri bajarib bo`ldik. Ishmisan – ish. Faqat endi odamlarning ko`ziga qanday qaraymiz?!);
shama’-tanqid (“Men xuddi senga o`xshab yo`l tutgan bir kishini bilar edim. Keyin unga juda yomon bo`ldi...);
yumshatuvchi tanqid (“Balki shunday bo`lishiga faqat sen aybdor emasdirsan”.);
tanqid-nadomat (“Nega buncha betartib bajarding? Nega vaqitida bajarmading?);
tanqid-tanbeh (“Aytganday bajarmabsan. YAnagi safar yaxshiroq bajarishga harakat qil”.);
tanqid-talab (“Ishni qayta bajarishingga to`g`ri keladi”.);
konstruktiv tanqid (“Topshiriq noto`g`ri bajarilgan. Endi nima qilmoqchisan”.);
tahlikali tanqid (“Men yanagi safar ham topshiriq shunday bajarilishi mumkinligidan tahlikadaman”.).
O`zaro kelishuvli shartnomaga o`ting. Stimullashtirishning bu ko`rinishi keyingi yillarda g`arb mamlakatlari ta’lim tizimida qo`llanilmoqda. O`quvchining ishbilarmonlik xususiyatiga qarab, o`qituvchi ishchi shartnoma tuzishni taklif etadi. O`quvchi berilgan topshiriqni talab darajasida bajarish majburiyatini, o`qituvchi esa bajarilgan topshiriqni o`z vaqtida va xolis baholash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Agar o`quvchi topshiriqni belgilangan talabdan yuqori darajada bajargan bo`lsa ham yoki o`qituvchi nisbatan yuqori baho qo`yganda ham shartnoma buzilgan hisoblanadi.