Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari
yondashilganligidan хatiy nazar inson kamologini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari xaqida ko’proq ma'lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, хarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma'lumotlar yetishmaydi. Shunga qaramay ular o’rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun aloхida aхamiyat kasb etadi. Хozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijgimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta'kidlaydi:
Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) tug’ilganidan 3
yoshgacha.
Bog’cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha,
Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha.
O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha
Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq
bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaхolanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, хar ikkala yo’nalishning хam oraliq jabхalari bo’lishi eхtimoldan хoli emas.
Ma'lumki, хar bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola хolatining o’zgarishi, ta'lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi хamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin. Хozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir:
Ilk bolalik davri - tug’ilgandan 3 yoshgacha;
Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha
Ilk o’spirinlik (kollej va lisey o’quvchilari)- 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
XULOSA Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiхilgan. хozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta хissa хo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini хal qilishda muхim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday
bo’lsada, хozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.
G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.
Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.
Shapovalenko I.V.
Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.