Bosh miya og’irligining ma’lum bir chegarasi ham borki, odamda undan kam bo’lsa, aqliy qobiliyat ancha pasayadi. Bu chegara erkaklarda 1000 g.ni, ayollarda 900 g.ni, yangi tug’ilgan bolalarda 380-400 g.ni tashkil etadi.
Miyaning oliy bo’limlari – katta yarim sharlar har xil turdagi hayvonlarda qanday ahamiyatga ega ekanini quyidagi faktlarda ko’rish mumkin.
Agar kaptarning yarim sharlari olib tashlansa, u ucha olmaydigan, ovqatni o’zi topa olmaydigan bo’lib qoladi. Yarim sharlaridan mahrum etilgan it batamom majruh bo’lib qoladi. Katta yarim sharlarsiz tug’ilgan bola tezda nobud bo’ladi. Demak, miya katta yarim sharlarisiz odam yashay olmaydi.
2 Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlaridagi nerv jarayonlari.
Tashqi olam doimo odamning nerv sistemasiga, sezgi a’zolari orqali miyasiga ta’sir ko’rsatib turadi. Organizmning tashqi ta’sirotlarni nerv sistemasi va miyasiga ta’siri natijasida qabul qilishi va ularga javoban harakatga kelishi refleks(lot.-reflexus-aks ettirish) deb ataladi. Refleks nazariyasi birinchi marta fransuz olimi Dekart tomonidan, keyinchalik l.M.Sechenov va yana keyinroq I.P.Pavlov tomonidan rivojlantirildi shartli va shartsiz reflekslar atalib o’rganildi. Shartsiz reflekslar tug’ma yo’l bilan berilsa, shartli reflekslar hayot davomida orttiriladi. Shartli refleks hayot davomida hosil qilinibgina qolmay, vaqt o’tishi bilan yo’qolib ketishi ham mumkin.
Shartsiz reflekslar
Shartsiz reflekslar hosil bo`lishida markaziy nerv sistemasining pastki qismlari,orqa, uzunchoq, o`rta oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi.Shartsiz reflekslar tug`madir, chunki ularning nerv yo`llari bola tug`ilgan vaqtda ham bo`ladi.Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta`minlashga qaratilgan. Shartsiz reflekslar odam hayoti davomida o`zgarmaydi (yo`qolmaydi). Ularning soni va turi bo`yicha kishilarda deyarli bir xil. Bu reflekslar nasldan-naslga o`tadi.