Psixodiagnostik metodikalar ilmiyligining psixometrik mezonlari


  Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari



Yüklə 24,93 Kb.
səhifə2/4
tarix16.08.2023
ölçüsü24,93 Kb.
#139558
1   2   3   4
PSIXODIAGNOSTIK METODIKALAR ILMIYLIGINING PSIXOMETRIK MEZONLARI

2.  Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari
Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga bog‘liq va bu quyidagilardir:
asbob-uskunalarning o‘lchov sifati;
psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi;
sinaluvchining ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishi;
sinaluvchining xulqi, xatti-harakati;
sinaluvchining dolzarb psixologik holati.
Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‘zgarishi o‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning imkoni yo‘q, shuning uchun ham psixodiagnost metodikaning Yuqori darajada ishonchliligiga amin bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning o‘zining ishonchliligidir, chunki qolgan omillarning olingan natijalar doimiyligiga ta'siri ancha kamdir.
Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish mumkin:
Ushbu metodika yordamida har xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash.
Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash.
Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror-bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov asbob-uskunalarining aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan: santimetrga bo‘lingan metrdan ko‘ra millimetrga bo‘lingan chizg‘ich bilan aniqroq o‘lchash mumkin.
Psixodiagnostik metodika qanchalik aniq bo‘lsa, o‘lchovning sifati shuncha Yuqori bo‘ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada hamma vaqt ham o‘lchovning aniqligi, baholashning Yuqori darajasi talab qilinmaydi. Masalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga bo‘lish kerak bo‘lsa, u holda qo‘llanilayotgan metodika aynan shunga mos holda bo‘linishi kerak, undan ko‘pga ham, kamga ham emas. Agar sinaluvchilar beshta guruhga bo‘linishi shart bo‘lsa, u holda beshta o‘lchov shkalasi bor metodikani qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular beshta punktdan iborat bo‘lishi kerak, masalan «ha», «yo‘qdan ko‘ra ha», «yo ha, yo yo‘q», «yo‘q hadan ko‘ra», «yo‘q» shaklida. Metodikanig bir sifatliligi ushbu metodika yordamida olingan natijalar qay darajada, aynan bir xususiyatga taalluqli o‘zgarishni o‘lchashi bilan tavsiflanadi. Agar o‘rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko‘rsatkichlar, ushbu metodika bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa bir xususiyat ko‘rsatkichlarini namoyon qilsa, u holda ushbu metodika bir sifatlilik mezoniga mos bo‘lmaydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq motivlarini baholash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq motivlariga taalluqli to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berishi mumkin, u holda olingan javoblar bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam hollarda ro‘y berishi mumkin, chunki sinaluvchi o‘z xulq motivlarini anglagan holda eksperimentatorga xulq motivlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
O‘quvchi, talabaning faqat bilimlarni o‘zlashtirishini baholash ham bir sifatlilik mezonini to‘liq qanoatlantira olmaydi, chunki bilimni o‘zlashtirishga hamisha ham ob'ektiv baho qo‘yilmaydi, bunda o‘quvchining bilimlaridan tashqari, uning o‘qituvchi bilan munosabati va o‘quvchining xulqi ko‘rinishi ham namoyon bo‘ladi.
Psixodiagnostikada biror-bir metodikani qo‘llashdan oldin tadqiqotchi ushbu metodikani validligi, ishonchliligi, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to‘liq ishonch hosil qilishi shart. Aytib o‘tilgan mezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o‘lchov uskunalari bu ikkala mezonga mos kelmasa, u holda psixodiagnostikada bu vositalarni qo‘llash umuman mumkin emas. Mabodo metodikaning aniqligi va bir sifatliligi to‘liq bo‘lmasa ham uni aniq shartlar asosida qo‘llash mumkin. Ammo quyidagilarni unutmaslik zarur:
noaniq metodika, o‘tkazilayotgan eksperiment natijalari biror-bir xususiyatdagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bermaydi;
metodika bir sifatliligining to‘liq emasligi, hamisha ham aynan baholanayotgan xususiyatdagi o‘zgarishlar darajasi bilan olingan ko‘rsatkichlarni taqqoslash imkonini bermaydi.

Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin