Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi



Yüklə 420,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.02.2023
ölçüsü420,26 Kb.
#84837
1   2   3   4
psixodiagnostik-metodikani-va-tekshiruv-natijalarini-standartlashtirish-muammosi

www.scientificprogress.uz
 
Page 404
Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning 
rivojlanish ko‘rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi; 
2. 
Har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual 
qobiliyatlarini tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, 
ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) 
tomonlarini aniqlash; 
3. 
Bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash 
maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar 
ishlab chiqish; 
4. 
Bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va 
individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy 
asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish; 
5. 
Bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur 
bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va 
tarbiya metodlarini tanlash. 
Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo‘lib, shaxsning 
individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o‘lchash, ya'ni 
hisoblab chiqaruvchi metodlarini o‘rgatuvchi fandir. Psixodiagnostika – shaxsning 
individual-psixologik xususiyatlarini (aniqlab o‘lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab 
o‘lchasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so‘rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga 
asos bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy 
jihatdan metodikalarning kamligi ko‘rinib qoldi. Psixodiagnostikaga matematik-statistik 
metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil qilish, faktorli analiz paydo bo‘lishi va 
takomillashuvi, psixometrik tadqiq qilish amaliy jihatdan juda katta samara berdi. 
Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun 
etakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot 
darajasiga bog‘liq ravishda ba'zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh 
davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o‘z 
maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. 
Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 – 60-yillarga to‘g‘ri 
keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, 
A.A.LYublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish 
xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli 
o‘rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning 
rivojlanishida faoliyatning roli o‘rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning 
rivojlanishi va bog‘cha davrida o‘yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. 
Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda 
asos bo‘lib xizmat qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni 
sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 420,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin