www.scientificprogress.uz
Page 405
qildi va ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topdi (Z.I.Kalmikova, 1975, 1982;
G.A.Vardanyan, 1979; L.A.Venger, 1974; K.M.Gurevich, 1980; V.I.Voytko,
Yu.Z.Gilbux,
1981;
D.B.Elkonin,
1982;
V.V.Stolin,
A.G.Shmelev,
1987;
L.F.Burlachuk, S.M.Morozov, 1989 va boshqalar). Psixologik
diagnostikaning kichik
amaliy yo‘nalishi u yoki bu hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B.G.Ananev
(1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb
ta'riflaydi, uning maqsadi, psixofiziologik funktsiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari
rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo‘zg‘atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish,
insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat.
K.K.Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va
xususiyatlarini o‘rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa
insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari bo‘yicha
ajratish va tavsiflash
metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V.Stolin va A.G.Shmelev (1984)
psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fan deb bilishgan. Diagnoz
(tashxis) – sinaluvchining alohida ko‘rsatkich va xarakteristikalarini chuqur tahlil qilish
asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu bilan birga psixodiagnostik
tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq
individ, individlar guruhi haqida ma'lumot olinadi, eksperimental
tadqiqotda nazariy
faraz tekshiriladi. Shuning hisobiga psixodiagnostika maxsus metodik tamoyillarga
bo‘ysunadi. Lekin psixologik diagnostikaga turlicha ta'rif berishlariga qaramasdan,
uning asosiy tushunchasi «psixologik diagnoz» tushunchasi bo‘lib qoladi. Hayotda biz
kasalxonalarda turli kasalliklarga diagnoz (tashxis) qo‘yishlariga o‘rganib qolganmiz.
Bunda tashxisning to‘g‘riligi tekshirishning turli klinik
metodlaridan foydalanishga
bog‘liq bo‘ladi. Qator hollarda bunday diagnostika murakkab apparaturali test
metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo‘ladi. Eksperimental diagnostikada
ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlardan foydalanadi. Olingan ma'lumotlar
asosida psixolog
sinaluvchining xulq-atvori, faoliyati haqida xulosa chiqaradi, ya'ni
shaxsga psixologik diagnoz qo‘yadi. Psixologik diagnoz qo‘yishning umumiy
sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: psixologik diagnoz
insonga xos bo‘lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni
ochib berishi kerak; har qanday
diagnoz olingan natijalarni bayon qilish bilan chegaralanmasligi,
u yoki bu belgining
vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon bo‘lishi kerak.
REFERENCES
1. Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o’g’li.
(2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING
MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP.
International Engineering
Journal
For
Research
&
Development,
6(SP),
5.
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3