Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Faoliyatning asosiy turlari



Yüklə 30,68 Kb.
səhifə3/5
tarix30.11.2023
ölçüsü30,68 Kb.
#170145
növüReferat
1   2   3   4   5
psixa diaknostika va ek psix mustaqil ish

Faoliyatning asosiy turlari.
Xar qanday faoliyat tarkibiga xam aqliy, ham jismoniy motor harakatlar mujassam bo‘ladi.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni xam uz ichiga oladi. Bunday harakatlar kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin. Pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; Mnemik faoliyat-narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga alokador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi xamda esda saklab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati–akl, faxm farosat vositasida turli xil muammolar, masalalalar va jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Imijiativ - (imidj-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni takozo etadi.
Inson shaxsining shakllanishi o‘yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o‘zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
1. O‘yin foliyati. Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o‘yin hisoblanadi, lekin u toboro takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, rolli o‘yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. O‘yinlar milliy (etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o‘zida aks ettiradi. O‘yinlar takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga o‘sib o‘tadi, jumladan, shaxmat, damino, futbol, shashaka va hokazo. Sport o‘yin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos bo‘lib hisoblanadi.
O‘yin faolimyatida bola ijtimoiy voqelikning taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo‘sinda atrof-muhit to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o‘zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali idrok qiladi. So‘z bilan harakatning birikuvchi natijasida o‘yin faoliyat tusini oladi va muayyan ma’no, axborot berish, kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastlabki o‘yin aynan kattalar xatti-haroakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o‘yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga xizmat qiladi.
Bolalar o‘yinlarining dastlabki ilmiy tahlili rus olimi Ye.A.Pokrovskiy tomonidan 1887 yilad amalga oshirilgan. Uning fikriga ko‘ra, “o‘yin” to‘g‘risidagi tushunchalar o‘ziga xoslikni va tafovutni u yoki bu xalqqa mansublikni bildiradi.
2. Ta’lim. Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning hayotida muhim rol o‘ynaydi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Ta’ldim boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi hamkorlik faoliyati hisoblanadi. Aksariyat hollarda o‘qituvchi axborot uzatuvchi (kommunikator), o‘quvchi esa uni qabul qiluvchi ob’ekt sifatida talqin etiladi, ikkiyoqlama harakat tufayli ma’lumot insonga anglashiniladi, o‘zaro ta’sir, o‘zaro anglashuv, tushunuv, o‘zaro sub’ektlarning bir-biriga zaruriyligi, taqozochanligi hamkorlikning muvaffaqiyati kafolati sanaladi. Ta’lim o‘quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini o‘taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi. Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning maxsulining o‘ziga xosligi, barcha bosqfichlariga ongli yondashuvida va munosabatda bo‘lishdir. Ta’lim o‘quv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli vaziyat (auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang‘ich, o‘rta, maxsus, oliy ta’lim) o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutola qilish ham o‘quv faoliyatining muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, shaxsiy, ilmiy, ijodiy izlanishning maxsuli hisoblanadi.
Ta’lim- tarbiya bilan uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘ladi, sub’ektga obyu’ektiv ta’sir o‘tqazishg tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsiy fazilatlar tarkib topadi. Ta’limgning mohg‘iyatiga (matnda g‘oya, taassurot, maxzmun, syujet, timsol orqali) tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish dasturiy asosda, ierarxik (yunoncha hierarchia - izchillik) tarzda singdiriladi. Ta’lim muayyan guruh va jamoani shakllantiradi, shaxslararo munosabat maromlari bilan tanishtiradi, shaxsiy fazilatlarning tarkib topishiga, sub’ektning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
Ta’lim jarayonida aniq tasavvurlik, tasviriy ko‘rgazmalilik, “jonli mushohada” lik materiallarining o‘rni nihoyatda muhimdir. O‘zlashtirilayotgan o‘quv materialining ma’lum qismi hissiy a’zolarimiz tomonidan aks ettiriladi. Talabalarbilimlarni egallash paytida aniq narsalar, ob’ektlar, hodisalar, jismlarni yoki o‘larning ramziy tasvirlarini kuzatish natijasida aniq tasavvur obrazlarini yaratadilar.
3. Mehnat faoliyati. Insoniyat o‘zining mehnati tufayli ongli mavjudodga aylangan, jamiyatda mo‘l-ko‘lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o‘zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni egallashga musharraf bo‘lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish – harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb – kor ko‘nikmalarini avlodlarga o‘rgatish iehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni shakllantirish, takomillashtirish, maxslot yaratish va undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro‘yobga chiqariladi. Mehnat faoliyatida amaliy ko‘nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g‘oya, mulohaza vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo‘lganligi sababli shaxs tarkib topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada, lekin uning mohiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy ehtiyojni qondirisho‘ uchun mehnat qiladi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o‘z shaxsiy ulishini qo‘shadi.
Mehnat faoliyati yashash, ehtiyojni qondirish, kelajak uchun mo‘l-ko‘lchilikvujudga keltirish uchun, yaratilgan mahsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, me’ros sifatida qoldirish funksiyalarini bajaradi. Shuning uchun mehnat faoliyati 10 minglab kasbkor professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 30,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin