PSIXODIAGNOSTIKA VA PSIXOLOGIYA TARMOQLARI O\'RTASIDAGI BOG\'LIQLIK
2.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti. Psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi ko’p asrlarga borib taqaladi. Individual psixologik farqlarni aniqlashga mo’ljallangan dastlabki testlar 4000 yil oldin ma`lum bo’lgan. Qadimgi madaniyat tarixini o’rganish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Qadimgi Xitoyda Xristos tug`ilishidan 2200 yil oldin shasxning ko’p xususiyatlarini qamrab olgan amaldorlarni tanlash tizimi yaratilgan. Bunda amaldorlarning ko’pgina xislatlariga: jumladan, chiroyli yozuvdan - kundalik xulq-atvorigacha e`tibor berilgan. Platon insonlarni bir-biridan farqlaydigan tug`ma layoqatlarning ahamiyatini yaxshi tushungan.
Har uch yilda imperator huzurida olti yo’nalish bo’yicha: musiqa chalish, kamon otish, chavandozlik, yozish, o’qish, marosimlarni bilish kabi sinov mashg`ulotlari amalga oshirib borilgan.
Masalan, eramizdan avvalgi VI-V asr qadimgi YUnonistonda Pifagor o’z maktabiga kelganlarni qabul qilishda ularga dastlab qiyin matematik masala bergan masalani echgan odam darhol o’qishga qabul qilingan, masalani echa olmagan odamni esa maxsus zalga olib kirishgan. Bu erda esa sinov qoidasiga binoan bir guruh odamlar uning ustidan kulishni boshlaganlar, agar sinaluvchi o’zini munosib tutib luqma tashlovchilarga o’rinli javob bera olsa u ham maktabga qabul qilingan.
Qadimgi Misrda esa ruhoniylikka o’qitilgan odamlarning tarjimai holi, ma`lumoti, suhbatlashishi, ko’nikmasi tekshirilgach u qorong`u er to’ladan bir o’zi o’tishi lozim bo’lgan.
XIX asrning birinchi yarmida psixologiyada o’lchash g`oyasi ommalashadi. Bu davrda inson haqidagi empirik psixologik bilimlarni aniqlashda vrachlar katta rol o’ynadilar. Vrach-psixiatrlar Evropa kasalxonalarida ruhiy kasallar va nevrozlarni doimiy kuzatib, o’z kuzatish natijalarini yozib bordilar va bu yozuvlar tahlil qilindi. Bu vaqtda psixodiagnostikaning kuzatish, so’rovnoma, hujjatlarni tahlil qilish metodlari paydo bo’ldi. Bu davrda psixodiagnostika qat`iy bo’lmagan, ixtiyoriy xarakterga ega bo’lib, bir bemorni bir xil metod yordamida vrachlarning kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda psixodiagnostika metodlari sifat xarakteriga ega bo’ldi. Masalan, frantsuz shifokori J.Eskirol aqli zaiflikning har xil shakllarini o’rganib, intellektni o’lchashda nutqning rivojlanishiga e`tibor berish kerak degan xulosaga keldi (E.Segen aqli zaif bolalarni tashxis qilish testini ishlab chiqdi). XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya fani individual farqlarni miqdoriy ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayniqsa, bunga V.Vundt tomonidan dastlabki eksperimental laboraloriyaning ochilishi va Veber, Fexner ishlari turtki bo’ldi. XX asrning 20-yillarida psixodiagnostika mustaqil fan sifatida rivojlanadi. Bunga quyidagi tarixiy hodisalar asosiy sabab bo’lib 1884 yil Angliyada F.Galton tomonidan antropometrik laboratoriya tashkil etilishi xizmat qiladi.