Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


Psixodiagnostika fanidan savol-javoblar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#41996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Diagnostika

Psixodiagnostika fanidan savol-javoblar


  1. Diagnoz terminining ma’nosi nima?

Diagnoz grekcha termin bo‘lib, aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi.

  1. Psixologik diagnoz nima?

Shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini odindan aytish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.

  1. “Psixodiagnostika?” atamasi qanday ma’noni anglatadi?

“Psixodiagnostika?” atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma’noni anglatadi.

  1. Psixodiagnostika qanday fan?

Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir.

  1. Psixodiagnostika fani nechanchi asrda vujudga keldi?

Tajribaga asoslangan psixodiagnostika fani XIX asr oxirida vujudga keldi.

  1. Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida qaysi olimlarning xissalari bor?

Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879), J.Cattell (1890), H.Ebbinghaus (1891), A.Binet va Th.Simon (1905)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

  1. Psixologik diagnostika fan sifatida nechanchi yilda shakllandi?

Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi.

  1. Psixodiagnostika fanining asoschisi kim?

Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorshax (1921)ning “Psixodiagnostika ” asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi.

  1. Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar kimlar?

Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, G‘B.Shoumarov, E.G‘G‘oziyev V.A.Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, Sh.A.Do‘stmuhammedova, E.N.Sattorov, G.To‘laganova kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.

  1. Psixodiagnostika fanining mustaqil fan sifatida vujudga kelishiga nima sabab bo‘ldi?

Psixodiagnostika fanining mustaqil fan sifatida vujudga kelishiga olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi sabab bo‘ldi.

  1. Psixologik diagnoz qo‘yishnig nechta bosqichi bor va ular qanday bosqichlar?

Simptomatik diagnoz, Etiologik diagnoz, Tipologik diagnoz.

11. Maktabgacha ta’lim muassasasi va boshlang‘ich sinflarda psixodiagnostik tadqiqotlar qanday vazifalarni hal qiladi?



  • Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish.

  • Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash.

  • Åqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar.

  • Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahli qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o‘tkazish.

  1. Pedalogiya fanining predmetini nima tashkil etadi?

Pedalogiya fanining predmeti – bolalar hayotini o‘rganish, irsiyatning rolini, jismoniy va ma’naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko‘rinishlarini o‘rganishdan iborat.

  1. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy ta’limoti nimaga bag‘ishlangan?

L.S.Vigotskiy ta’limoti insonga xos bo‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlangan.

14. Psixologik diagnoz qo‘yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlar nimalar?

- psixologik diagnoz insonga xos bo‘lgan maxsus xodisa va xususiyatlarni ochib berish;

- har qanday diagnoz olingan natijalarni bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon bo‘ladi.

15. Bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini bildiruvchi belgilarga nimalar kiradi?

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini bildiruvchi belgilarga:



  • psixik jarayonlarning ixtyoriyligi;

  • aqliy ish qobiliyatlarining etrlicha davomiyligi;

  • yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati;

  • borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi;

  • tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish umumlashtira olish;

  • fikrlay olish va boshqalar.

16. Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperemental metodikalarni tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?

Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperemental metodikalarni tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:



  • tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperemental metodikalarni tanlashda darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;

  • sinaluvchuning yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta’lim va tarbiya berilayotgan sharoit;

  • bolaning eksperemental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.

17. M.P.Kononova fikricha, bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida qanday sifatlarni shakllantirmog‘i kerak?

Bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirmog‘i kerak: tadqiqot qarorlarini tez va aniq yuzish, bolani diqqat bilan kuzatish, bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, bolalarni qiziqtira olish, tadqiqot uchun tuzilgan rejaga amal qilish hamda kerakli ma’lumotlarni qayd etib borish.



  1. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari nimalardan iborat?

Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat?

  • psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtish;

  • hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganinish;

  • psixodiagnostika usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;

  • psixo diagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;

  • test va psixodiagnostika metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.

  1. Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari nimalardan iborat?

Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • psixodiagnostika mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;

  • psixologik haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya’ni kafolat sifatida;

  • psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan, ko‘nikma va malakalar;

  • psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqarish.

19. Psixodiagnostika fanining xususiy vazifalari nimalardan iborat?

Psixodiagnostika fanining xususiy vazifalari quyidagilardan iborat?



  • bola tug‘ilgandan boshlab maktab ta’lim jarayoniga tayyorgarligi;

  • har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi idividual qobilyatlarini tekshirish;

  • bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi yutiqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amliy tavsiyalar ishlab chiqarish;

  • bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobilyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirishishlarini olib borish.

  1. Fan va texnikada diagnostikaning qanday turlari mavjud?

Fan va texnikada diagnostikaning ko‘plab turlari mavjud: tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini o‘rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni o‘rgatadi; sport diagnostikasi - jismoniy jarayonlarning o‘zgarish holatlarini o‘rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika – shaxs gurhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan o‘lchab beradi.

  1. Test va testlashtirish nima?

Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masladir.

Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alihida shkalalar bilan o‘lchash.



  1. Yetuklik testi qanday holatlarda qo‘llaniladi va bu test necha xil bo‘ladi?

Yetuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka, ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Yetuklik testi 3 ga bo‘linadi: harakat testlari, og‘zaki testlar va yozma testlar.

  1. ”Proektiv” atamasining ma’nosi nima va bu metod kim tomonidan qo‘llangan?

”Proektiv” atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939-yilda qo‘llangan. Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini o‘rganishga qaratilgan.

  1. Qanday psixodiagnostik metodlar mavjud?

Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq metodlari mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, faralab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.

  • Savolnomali psixodiagnostik metodlar.

  • Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar.

  • Eksperemental metodlar.

  • Faoliyat mahsuldorligini analiz qilish metodi.

25. Psixologik-pedagogik diagnostikaning maqsadi nimadan iborat? Pedagogika va pisxologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.

26. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikasining nazariy asoslari, yo‘nalishlari, bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish;

b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish;

v) o‘quvchilar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy o‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish.

27. Psixologik- pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlari qaysilar?

Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlarini quyidagilar tashkil etadi:



  1. Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish.

  2. Tashkiliy – metodik diagnostika.

  3. Didaktik diagnostika.

  4. Ijtimoiy – pedagogik diagnostika.

  5. Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika

  6. Pedagogik psixodiagnostika.

28. Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish yo‘nalishining maqsadi nima?

Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish yo‘nalishining maqsadi – o‘quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq – atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanuvchanligi (tarbiyaviy ta’sirlarga berilishi)ni o‘rganishdan iborat.



  1. Tashkiliy metodik diagnostikaning maqsadi nima?

Tashkiliy metodik diagnostikaning maqsadi – pedagoglarning kvalifikatsiyasini, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir.

  1. Didaktik diagnostika nima?

Didaktik diagnostika – pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qiladi (o‘quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). O‘quvchilarning og‘zaki va yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarini, ularning sabablarini, o‘quv faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlarini, ularda o‘quv, mehnat malaka va ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini, ta’lim olishga nisbatan moyilliklarini diagnostika qiladi.

  1. Ijtimoiy pedagogik diagnostikanung mazmuni nimadan iborat?

Ijtimoiy pedagogik diagnostika - o‘quvchilarning pedagogik qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og‘ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo‘nalishdir. Diagnostika pedagoglar tomonidan maktabdan, o‘quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodi, huquq sotsiologiyasi, dam olish sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya kabi sohalarda qo‘llaniladigan metodikalar va ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi.

  1. Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostikaning mazmuni nima?

Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika – bu yo‘nalish sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar guruhlarini, o‘quvchilarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, telyevideniye, gazetalar va hoka’zo) ta’sirini, ularning burch va huquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan.

  1. Pedagogik psixodiagnostika nima?

Pedagogik psixodiagnostika - psixologik-pedagogik diagnostikaning eng yaxshi rivojlangan va muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash, o‘z-o‘zini baholashi, psixologik “himoya usullari”ni, u o‘zining psixik holatlarini, xarakterining asosiy sifatlarini va boshqa individual – psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgandir.

  1. Psixodiagnostikaning qanday tamoyillari mavjud?

Psixodiagnostikaning tamoyillari quyidagilar:

1. Diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asolanganligi.

2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalganligi

3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi

4. O‘rganish ob’yekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi

5. Diagnostikaning ketma-ketliligi va uzluksizligi-diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borib,

6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi

7. Diagnostikaning har tomonlamaligiga (kompleksliligi).

8. Diagnostika o‘quvchi rivojlanishining kyelajagini, oqibatlarini oldindan ko‘ra olish (prognoz qilish) imkoniyatini bera olishi.

35. Pedagogning diagnostik faoliyati bosqichlari nimalardan iborat?

Pedagogning diagnostik faoliyati bosqichlarini quyidagilar tashkil etadi:


  1. Diagnostik faoliyat ob’yekti, maqsad va vazifalarini aniqlash.

  2. Diagnostika ob’yektini o‘rganishning mezonlari va ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash.

  3. Diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan metodikalar tanlash.

  4. Tanlangan metodikalar yordamida informatsiyalar yig‘ish (tadqiqot o‘tkazish).

  5. Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash.

  6. Pedagog diagnoz ishlab chiqish va xulosalar chiqarish.

  7. Pedagog prognoz ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin qilish)

  8. Tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish.

36. Terstoun intellektning modelini yaratdi. U Gilforddagidek 120 ta emas, balki 7 faktordan iboratdir. Bular qaysilar?

  1. Fa’zoviy qobiliyat.

  2. Idrokning tezligi.

  3. Sonli materialni o‘zlashtirish yengilligi.

  4. So‘zlarni tushunish.

  5. Assotsiativ xotira.

  6. Nutqning o‘ynoqiligi.

7.Tushunish yoki mulohaza qilish.

37. O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

a) ega bo‘lgan tafakkur jarayonlarining rivojlanganlik darajasi;

b) tafakkurning texnik faoliyatida yuzaga chiqadigan maxsus xususiyatlari;

v) o‘z faoliyatini rejalashtirishi va boshqara olishi;

g) texnik vazifalarni yechishda muhim ahamiyatga ega xususiyatlarning mavjudligi.

38. Maktab pedagogik-psixologik diagnostikasi qanday masalalarini o‘z ichiga oladi?

Maktab pedagogik-psixologik diagnostikasi quyidagi masalalarini o‘z ichiga oladi:

a) bolalar va o‘smirlar rivojlanishi, yo‘nalishi va darajasini baholash, ularning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlari va tarbiyaiga yo‘nalgandir.

b) pedagog va psixologlarni maktabdagi psixodiagnostik faoliyatlari butunligicha pedagogik jarayonga yo‘nalgan bo‘lmog‘i lozim va u jamiyatning har tomonlama rivojlangan a’zosini tarbiyalash va o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;

v) pisxolog va pedagoglarning birinchi vazifasi o‘quvchilar rivojlanishining konstant darajasini tadqiq qilish bo‘libgina qolmay, o‘quvchilar yoki sinf jamaolari haqida turli psixologik ma’lumotlar olinmog‘i kerakki, bularga ko‘ra rivojlanishga turtki beruvchi pedagogik tashkiliy ishlar haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.

39. ”Validlik” atamasi qanday ma’noni anglatadi?

”Validlik” ”to‘laqonli”, ”yaroqli”, ”mos” ma’noni anglatadi. Psixodiagnostik metodning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatiga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.

40. Validlik necha turda bo‘ladi va ular qanday mazmunga ega?

Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘ladi.

Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya’ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.

Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi.

Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi.

Tashqi validlik – xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi.

41. Validlikning qanday mezonlari bor?

Validlikning quyidagi mezonlari bor:

A) Xulqiy ko‘rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaksya va xatti-harakatlari;

B) Sinaluvchining faoliyatidagi yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va hoka’zolar;

V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma’lumotlar;

G) Boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlar – validlik tekshirilayotgan metodikaning boshqa metodika bilan bog‘liqligining yetarli darajadaligi.

42. Metodikaning ishonchliligi qanday tasniflanadi?

Metodikaning ishonchliligi - metodika yordamida barqaror, qat’iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tasniflanadi.

43. Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini qanday usullarda tekshirish mumkin?

Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligi 2 xil usul bilan tekshiriladi:

1-usul: ushbu metodika yordamida turli insonlardan olingan natijalarni taqqoslash.

2-usul: Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash.

44. Metodikaning aniqligi nimada namoyon bo‘ladi?

Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov asbob–uskunalarining aniqligi bilan o‘lchash mumkin. Masalan: santimertrga bo‘lingan metrdan ko‘ra millimetrga bo‘lingan chizg‘ich bilan aniqroq o‘lchash mumkin.



  1. Psixodiagnostikaning kasbiy-axloqiy jihatlariga nimalar kiradi?

Psixodiagnostikaning kasbiy-axloqiy jihatlariga: eksperementator shaxsiga qo‘yiladigan talablar, testlarning klassifikasiyasi, metodikalarga qo‘yiladigan talablar kiradi.

46. Psixodiagnostikaning ijtimoiy-axloqiy talablari nimalardan iborat?

Psixodiagnostikaning ijtimoiy-axloqiy talablari quyidagilardan iborat:


  • Psixodiagnostika sirlarini saqlash.

  • Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslangani.

  • Sinaluvchiga ziyon yetkazmaslik.

  • Xulosalarning ob’yektivligi.

  • Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.

47. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyilining mazmuni nimadan iborat?

Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyilining mazmuni quyidagicha:

Sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e’lon qilmaslik bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga yetgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e’lon qilish uchun ma’naviy va huquqiy mas’ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat bazi hollarda ilmiy maqsadda, ya’ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e’lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-sharflarini bayon etish tavsiya etilmaydi.

48. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilining mazmuni nimadan iborat?

Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya’ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.


  1. Ziyon yetkazmaslik tamoyili nima?

Ziyon yetkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar yetkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.

50. Xulosalarning ob’yektivlik tamoyili qanday mazmunga ega?

Xulosalarning ob’yektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub’yektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

51. Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilining mazmuni nimadan iborat?

Taklif qilinayotgan qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltitib chqarmasligi kerak.

52. Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llovchi shaxsga qanday talablar qo‘yiladi?

Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llovchi shaxsga quyidagi talablar qo‘yiladi: nazariy tayyorgarlik, psixodiagnostik metodikalarning o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilish, metodikalarni amalyotda qo‘llay olish tajribasiga ega bo‘lish.

53. Testlarning qanday turlari bor?

Testlarning ko‘plab turlari bor va ularni qo‘llashga qarab bir necha guruhga bo‘linadi: test predmetligi bo‘yicha, testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati, materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar, ob’ekt bo‘yicha baholash.


  1. Intellektual testlar qanday jarayonlarni baholashda qo‘llaniladi?

Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohoda bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.

  1. Shaxs testlari qanday xususiyatlarni o‘rganadi?

Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi.

  1. Xususiy testlar nimani aniqlab beradi?

Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik kabilar aniqlanadi.

  1. Amaliy va obrazli testlarning mohiyati nimadan iborat?

Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi.

Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘z ichiga oladi.



  1. Blankali va apparaturali testlar qanday testlar?

Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalardan foydalaniladi, masalan rasmlar, jadvallar va savolnomalar.

Apparaturali testlar – test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan audio, video, elektron hisoblash mashinalari.



  1. Proektiv testlar qanday holatlarda qo‘llaniladi?

Proektiv test kishining u yoki bu psixologik sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining ko‘p ma’noli ob’ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunda suratning noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, tugallanmagan jumlalar kabilar kiradi. Bunday testlarga Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT)lar kiradi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi.

  1. Testlarga qanday talablar qo‘yiladi?

Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat’iy talablar qo‘yiladi:

        1. Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi.

        2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma’noliligi.

        3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralangani.

        4. Ushbu test uchun me’yorlarning mavjudligi.

  1. Test me’yorlari nima?

Test me’yorlari – bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday me’yor, o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik taraqqiyotida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan, XX asr boshida inson intellekti taraqqiyotiga qo‘yilgan me’yorlar, asr oxirida qo‘yilgan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki insonlasrning intellekti ancha taraqqiy etgan. Har besh yilda test me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart.

  1. Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari qachon va kim tomonidan yoritilgan?

Test tuzilishining asosiy statistic printsiplari 1980-yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi, V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me’yorlari to‘liq yoritib berilmagan. Bu 1-martda Amerikalik testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir.

  1. Test shkalalarining statistik tabiati deganda nimani tushunasiz?

Test shkalalarining statik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi – bu qisqa topshiriqlarning punktlarning ketma-ketligi, sinaluvci tomonidan topshiriqlar bajarilishi natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan tuzilgan itelektual testlarning interpretatsya qilinishi: ”yechimi to‘g‘ri”, ”yechimi noto‘g‘ri”, ”javob yo‘q” (vaqt yetishmasligi sababli topshiriqni o‘tkazib yuborish), shaxsiy savolnomalarning tahlil qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta’kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar berilishi: ”tasdiqlashi”, ”inkor qilishi”, (”rozi emasman”, ”to‘q”).

63. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining xususiyatlarining mazmunini nima tashkil etadi?

O‘lchov ko‘rsatkichi ”etalon” hisoblanadi. Etalon bu – o‘lchanayotgan xususiyatga berilgan kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik obyektdir, differentsial psixomitrikada bunday fizik etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o‘zi bajaradi, buni shunday tushuninish kerakki, topshiriqning murakkabligi kishi qobilyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb qarash mumkin. Ya’ni topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning yechimini topish uchun kishi qobilyatining darajasi shuncha yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va murakkabligini test o‘tkazish yordamidagina aiqlash mumkin. Murakkblikni aniqlash “foizli o‘lchov” bilan belgilanadi , test topshiriqlariga “to‘g‘ri” javob bergan sinaluvchilar foizi bilan aniqlanadi, ya’ni “foizi” qancha kichik bo‘lsa, murakkablik shuncha yuqori bo‘ladi.

64. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur turini baholash uchun qanday metodikalardan foydalaniladi?

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur turini baholash uchun ”Mantiqsiz tasvirlar” metodikasi, ”Yil fasllari” metodikasi, “Bu yerda nima ortiqcha” metodikasi, “Rasmlarda qanday predmet etishmaydi” metodikasi, “Guruhlarga bo‘lib ko‘r-chi” metodikalaridan foydalaniladi.

65. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turini baholash uchun qanday metodikalardan foydalaniladi?

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turini baholash uchun “Konturlarni birlashtirish” metodikasi, “Labirintdan chiqish, yo‘lini top” metodikasi, “Figuralarni qirqib chiqish” metodikasi, “Tasvirlarni ko‘chirish” metodikasi, “Qismlardan rasm hosil qilish” metodikalaridan foydalaniladi.

66. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar taraqqiyotida o‘yinchoqlarning qanday ahamoyati bor?

O‘yinchoq bolaga to‘plagan tajribasini namoyon qilish, uni ijodiy qayta ko‘rish, yangilarini yaratish imkonini beradi. Bolaning o‘yinchoqlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda shunchalik ko‘p ijodiy kuchlar rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni o‘zlashtirib oladi.


  1. O‘yinchoqlarning qanday diagnostik o‘lchovlari mavjud?

O‘yinchoqlarning diagnostik o‘lchovlari quyidagilar:

    1. o‘yinchoqlarni ko‘rganda bolada hissiy qo‘zg‘alish mavjudligi va uni ushlab ko‘rish istagi;

    2. harakatlarning faolligi va ko‘proq ushlab ko‘rish;

    3. o‘yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda o‘ynash;

    4. o‘yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi;

    5. o‘yinning davomiyligi;

    6. berilgan o‘yinchoqqa ehtiyojning saqlanishi.

68. “Qismlardan rasm hosil qilish” metodikasi kim tomonidan taklif etilgan?

Metodika A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan bo‘lib, tafakkur xususiyatlarini, rasm yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari ketma-ketligini o‘rnata olish qobiliyatini o‘rganishga mo‘ljallangan. Metodika 3-5 yoshli bolalarda o‘tkaziladi.



  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxslararo munosabatlarni o‘rganish uchun qanday metodikalardan foydalaniladi?

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxslararo munosabatlarni o‘rganish uchun quyidagi metodikalardan foydalaniladi: “Eslab qol va rasmni qayta chiz” metodikasi, “Kerakli chehrani tanla” metodikasi, “Men kimman” metodikasi, “Harakatdagi tanlav” metodikasi, Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish metodlari, “Harakatdagi tanlov” metodikasilaridan foydalaniladi.

  1. Segen doskasi haqida nima bilasiz?

Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

  1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar diagnostikasida qanday metodikalardan foydalaniladi?

Bunda 3 xil tipdagi metodikalardan foydalaniladi:

1. Bola endi maktabga kirayotganda qo‘llaniladigan uslublar.

2. Maktab ta’limiga tayyorligini va ruhiy rivojlanganligini baholovchi testlar.

3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar.

71. Bolalarni psixodiagnostika qilish qanday vazifalar yechimini ta’minlaydi?

Bolalarni psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar yechimini ta’minlaydi: bolaning qanday rivojlanayotgani aniqlanadi, boladagi layoqat va qobiliyat aniqlanadi, o‘zlashtirishdan orqada qolish hamda noto‘g‘ri tarbiyaning sabablari aniqlanadi.



  1. Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llashga kirishishdan oldin nimalarga e’tibor berish lozim?

1.Metodika matnini diqqat bilan o‘qib, tanishib chiqish kerak.

2. Izohlar mavjud bo‘lsa, uni o‘qish lozim.

3. Metodikani qo‘llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash.

4. Metodika yordamida hech bo‘lmasa bir bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni tahlil qilib ko‘rish lozim.

72. Bolaning maktabda o‘qishga psixologik tayyorligini qanday metodika orqali aniqlash mumkin?

Bolaning maktabda o‘qishga psixologik tayyorligini bilishda ”Bolaning maktab ta’limiga munosabati” metodikasidan foydalanish mumkin.

73. Diqqatni diagnostika qilishda qanday metodlardan foydalaniladi?

Diqqatni diagnostika qilishda ”Diqqatni bo‘linishini baholash”, ”Diqqatning ko‘chishini baholash”, ”Diqqatni hajmini aniqlash”, P’eron – Ruzer metodikasi, Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash, Krepelin bo‘yicha sanash va hisoblash, Burdon korrektur sinovi kabi metodlardan foydalaniladi.



  1. Shult jadvali boyicha sonlarni izlash metodikasi qanday psixologik jarayonni o‘rganishga qaratilgan?

Bu metodikadan diqqatning ko‘chishi va bo‘linishi xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o‘rganishda foydalaniladi.

  1. Xotira qanday jarayon?

Xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat jarayon.

  1. Meyli testining mazmuni nimadan iborat?

R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar va kattalarning ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda foydalaniladi.

77. Xotirani o‘rganish metodikalari qaysi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan?

Xotirani o‘rganish metodikalari A.N.Leont’ev, A.L.Benton, D.Veksler, R.Meylilar tomonidan ishlab chiqilgan.


  1. Nutqiy fantaziya metodikasi qanday metodika?

Ushbu metodika yordamida bolalarning hayoli o‘rganiladi. Bolaga o‘zi xohlagan mavzuda hikoya tuzish topshirig‘i beriladi. Bola tuzgan hikoyasiga qarab uning hayoli o‘rganiladi.

  1. Koss kubiklari metodikasi haqida nimalarni bilasiz?

Bu metodika 1923 yilda S.K.Kohs tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fa’zoda ish tutish, diqqat, ziyraklik hamda bolalarning qurish-yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan.

  1. Klassifikatsiya metodikasining asoschisi kim va qanday xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan?

Klassifikatsiya metodikasi birinchi marta K.Goldshtein (1920) tomonidan taklif etilgan bo‘lib, keyinchalik L.S.Vigodskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan o‘zgartirilgan.Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.

  1. Hikoyada tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘ldirish metodikasining mazmuni nimadan iborat?

Bu metodika H.Ebinghaus tomonidan (1981) taklif etilgan bo‘lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini, 10 yoshdan katta bolalarda assotsiativ jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.

  1. Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasining mazmuni nimadan iborat?

Aqlni o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan metodlaridan biri Amerikalik psixolog va psixiatr D.Veksler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o‘lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 yilda so‘nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirish uchun o‘zgartirishlar kiritildi. Shkala 11 ta sub’testdan iborat.

  1. Umumiy ziyraklik sub’testining mohiyati nimadan iborat?

Umumiy ziyraklik sub’testi iboralarning mazmunini to‘liq tushunishni, fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy me’yorlarni anglashni baholaydi. Sub’test 14 ta savoldan iborat bo‘lib, javoblarning aniqligiga qarab baholanadi.

  1. Veksler shkalasidagi verbal va noverbal sub’tetstlarni keltiring.

Verbal sub’testlar: bilimdonlik, so‘z boyligi, arifmetika, o‘xshashini topish, tushunish, gaplar.

Noverbal sub’testlar: hayvon uyi, rasmlarni tugatish, labirintlar, geometrik sxemalar, koss kubiklari.



  1. Maktab aqliy taraqqiyoti (MATT) testining mazmuni nimadan iborat?

Bu metodka M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginova tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘smirlarning intellektual darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Metodika 6 ta topshiriqlar to‘plamidan iborat.

85. R. Kettell testining tuzilishi va mohiyati nimadan iborat?

R. Kettell testi bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o‘z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganlik – aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal va maksimal nuqtalari oralig‘i o‘n balni tashkil etadi. O‘rtachasi 5,5 ball. Metadikada 11ta xususiyat berilgan. Ushbu xususiyatlarning 3 xil rivojlanish darajasi mavjud: quyi (1-3 ball), o‘rtacha (4-7 ball), yuqori (8-10 ball).

86. “Bilimlarni egallashga intilish” metodikasi kimlar tomonidan tavsiya etilgan?

Metodika E.P.Il’in va N.A.Kurdyukovalar tomonidan tavsiya etilgan.

87. “Bahoga intilish” metodikasi kimlar tomonidan tavsiya etilgan?

Metodika E.P.Il’in va N.A.Kurdyukovalar tomonidan tavsiya etilgan.

88. Psixologik-pedagogik diagnostika nima?

Psixologik-pedagogik diagnostika – pedagogika va pisxologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.

89. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikasining nazariy asoslari, yo‘nalishlari, bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish;

b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish;

v) o‘quvchilar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy o‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish.

90. Psixologik-pedagogik diagnostikaning yo‘nalishlari qaysilar?


  1. Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish.

  2. Tashkiliy – metodik diagnostika.

  3. Didaktik diagnostika.

  4. Ijtimoiy – pedagogik diagnostika.

  5. Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika

  6. Pedagogik psixodiagnostika.

91. Psixologik- pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari qaysilar?

Psixologik-pedagogik diagnostikaning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:



  1. Diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslangani.

  2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalgani.

  3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi.

  4. O‘rganish ob’yekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi.

  5. Diagnostikaning ketma-ketliligi va uzluksizligi.

  6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi.

  7. Diagnostikaning har tomonlamaligiga (komplyeksliligi).

  8. Diagnostika o‘quvchi rivojlanishining kyelajagini, oqibatlarini oldindan ko‘ra olish (prognoz qilish) imkoniyatini bera olishi.

92. Tyorstoun intellektning 7 faktorini keltirgan.Ular quyidagilar:

  1. Fa’zoviy qobilyat.

  2. Idrokning tezligi.

  3. Sonli materialni o‘zlashtirish yengilligi.

  4. So‘zlarni tushunish.

  5. Assotsiativ xotira.

  6. Nutqning o‘ynoqiligi.

  7. Tushunish yoki mulohaza qilish.

93. Pedagogning diagnostik faoliyatini nimalar tashkil etadi?

Pedagogning diagnostik faoliyatini quyidagilar tashkil etadi:



  1. Diagnostik faoliyat ob’yekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash.

  2. Diagnostika ob’yektini o‘rganishning mezonlari va ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash.

  3. Diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan metodikalar tanlash.

  4. Tanlangan metodikalar yordamida informatsiyalar yig‘ish (tadqiqot o‘tkazish).

  5. Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash.

  6. Pedagog diagnoz ishlab chiqish va xulosalar chiqarish.

  7. Pedagog prognoz ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin qilish).

  8. Tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish.

94. O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim.

a) ega bo‘lgan tafakkur jarayonlarining rivojlanganlik darajasi;

b) tafakkurning texnik faoliyatida yuzaga chiqadigan maxsus xususiyatlari;

v) o‘z faoliyatini rejalashtirishi va boshqara olishi;

g) texnik vazifalarni yechishda muhim ahamiyatga xususiyatlarning mavjudligi.

95. Ortiqcha predmetni olib tashlash metodikasi nimani o‘rganishga mo‘ljallangan?

Bu metodika o‘quvchi tafakkurining analitik-sintetik xususiyatlarini, tahlil qilinayotgan materialni umumlashtira olish malakasining mavjudligi darajasini o‘rganishga mo‘ljallangan. Metodikani o‘rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan rasmlar majmuasidan foydalaniladi.

96. Ortiqcha tushunchani topish metodikasi nimani o‘rganishga mo‘ljallangan?

Bu metodika yuqorida ko‘rsatilgan metodikaning verbal (so‘zlar yordamida ifodalanadigan) varianti bo‘lib, o‘quvchining mavhum va so‘z-mantiq tafakkurini, abstrakt materiallarni umumlashtira olish malakasini o‘rganishda qo‘llaniladi.

97. Tushunchalarni taqqoslash metodikasi qanday metodika?

Bu metodika o‘quvchidagi elyemyentar fikrlash ko‘nikmasining mavjudligini aniqlash imkonini beradigan sodda metodikadir. Metodika taqqoslash orqali berilayotgan berilayotgan so‘zlardagi o‘xshashlik va fikrlarni aniqlashga yo‘naltirilgan. O‘quvchiga bir qancha taqqoslash imkoniyati bor so‘zlar beriladi. So‘zlar majmuasining orasida taqqoslash mumkin bo‘lmagan, ya’ni umumiy belgiga ega bo‘lmaganlari ham qo‘shiladi. Masalan: “ko‘l-daryo”, “daraxt-yog‘och”, “ruchka-qalam”, “qayiq-ko‘prik”, “temir-sut”. O‘quvchining vazifasi berilgan so‘zlarning umumiy, o‘xshash tomonlarini va ular nimasi bilan bir-biridan farq qilishini ko‘rsatish.

98. Murakkab analogiya metodikasi nimani aniqlashga qaratilgan?

Bu metodika narsalar va hodisalar orasidagi murakkab mantiqiy bog‘lanishlar va munosabatlarni tushunish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan. Metodika bir-biri bilan ma’lum munosabatda bo‘lgan so‘zlar juftligi qo‘llaniladi. Masalan: “yorug‘lik-qorong‘ulik”, “qo‘rqish-qochish”, “dushman-raqib” va hoka’zolar. Barcha vazifalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh-misol tariqasida juftliklar. Ikkinchi guruh esa tekshiriluvchi baholashi lozim bo‘lgan juftliklardan iborat, ular birinchi guruhdagi juftliklardagi munosabatlarni o‘zida aks ettiradi.

99. Pedagogik jarayon diagnostikasining mohiyati nimadan iborat?

Ma’lum bir predmetdan dars beruvchi o‘qituvchi o‘quv jarayonini doimo rejalashtirib, amalga oshirib va baholab turmog‘i lozim. Alohida o‘quvchilarning u yoki bu predmetga bo‘lgan qiziqishlari, sinfdagi ta’lim olishga nisbatan shart-sharoitlar, yo‘nalishi, intilishlari haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Mana shu ma’lumotlar ega bo‘lmay turib diffyeryentsiallashgan pedagogik jarayonni tashkillashtira olmaydi.

100. Ta’lim jarayonining individual xususiyatlari va shart-sharoitlari diagnostikasining mazmuni nimadan iborat?

Sinf rahbari vaqt-vaqt bilan o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini baholab turmog‘i lozim. Har o‘quv yilining oxirida o‘quvchilarga umumiy yozma baholar tuzib chiqadi va ularga bir maktabdan ikkinchisiga o‘tishda xarakteristikalar tuzadi. Bundan pedagog psixologning yordamiga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ko‘p sonli bolalar mavjudki, ularni rivojlanishning turli bosqichlarida psixologik diagnostika qilish lozim bo‘ladi. Masalan, maktabga qabul qilishda yoki keyingi ta’lim yo‘nalishini tanlashda va hoka’zo.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin