Psixadiagnostika fanidan amaliy mashg‘ulot uchun dars ishlanmasi Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar psixologik
diagnostikasi va korreksiyasi
Mavzuning texnologik xaritasi va ishlanmasi
Mavzu:
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar psixologik diagnostikasi va korreksiyasi
Maqsad va vazifalar
Talabalarga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning psixologik jarayonlari, psoxologik jarayonlarning rivojlanishi, psixologik jarayonlarini tashhislash va korreksiyalashga o‘rgatish. Talabalarda mustaqil fikr yuritish, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishlarini, o‘rgangan metodikalarini amalda qo‘llay olishlarini shakllantirish.
O‘quv materiali mazmuni
Talabalar mavzuning mazmun, mohiyatini tushunib yetishlari kerak. Bunda: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik rivoji, bu davrdagi bolalarning psixologik jarayonlarida bo‘ladigan turli o‘zgarishlar, bola shaxsi va shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishi, axloqiy tushunchalarning tarkib topishi kabi jihatlarni tashhislash va korreksiyalashga o‘rgatish.
O‘quv jarayonini tashkil yetish texnologiyasi
Interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, jamoa bo‘lib ishlash.
Metod: Aqliy hujum, og‘zaki bayon, tushuntirish, matn bilan ishlash, savol-javob, mustaqil ish, Blis -so‘rov, test.
Vosita: Darslik, mavzu bo‘yicha slaydlar.
Na’zorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.
Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi: Mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumot berib, talabalar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotda qo‘llanilgan turli metodlar va mustaqil ishlar bilan ishlash talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanishiga yordam beradi.
Talaba: Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarni yegallaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan ishlash, ularning bilish jarayonlarini diagnostika qilish va korreksiyalashni o‘rganadilar.
Talaba mavzu yuzasidan berilgan topshiriqni mustaqil bajarishga o‘rganadi, o‘z fikrini aytishga o‘rganadi, metodikalarni tanlash, qo‘llash va tahlil qilishga o‘rganadi.