Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar
Mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga qo‘llash o‘rgatilgan diagnostik metodikalar ko‘rsatilgan suratlar ko‘rsatiladi. Talabalar suratlar qaysi metodikaga tegishli yekanligini topadilar. Topshiriq slayd yordamida talabalarga taqdim yetiladi.
Mavzuni test orqali mustahkamlash
1. Quyida berilgan metodikalarning qaysi biri maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurini diagnostika qilishga mo‘ljallangan?
A) “Tushunchalarni ta’riflash” metodikasi
B) “Men kimman” metodikasi
S) “Rasmlarda qanday predmet yetishmaydi” metodikasi
D) “Bahoga intilish” metodikasi
2. Segen doskasi bolalarning qaysi jihatini o‘rganishga qaratilgan?
A) Bolalarning masofani farqlash qobiliyatini o‘rganadi;
B) Bolalarning vaqtni farqlash qobiliyatini o‘rganadi;
C) Bolalarning shakllarni farqlash qobiliyatini o‘rganadi;
D) Bolalarning harakatni farqlash qobiliyatini o‘rganadi.
3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar o‘z-o‘zini anglashini qanday metodika yordamida o‘rganiladi?
A) “Rasmlarda qanday predmet yetishmaydi” metodikasi
D) “Bahoga intilish” metodikasi
C) “Men kimman” metodikasi
D) “Yil fasllari” metodikasi
4. 6-7 yoshli bolalar diqqati –
A) ixtiyorsiz diqqat;
B) ixtiyoriydan so‘nggi diqqat;
C) ixtiyoriy diqqat;
D) majbo‘riy diqqat.
5. Kimlar tomonidan bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan tavsiyalar berilgan?
A) I.A.Sikorskiy, Ye.Klapared, K.N.Kornilov, I.V.Kruk, A.S.Spivakovskaya;
B) V.S.Muxina, M.V.Gamezo, I.A.Domashenko;
C) Ye.G‘oziyev, V.Karimova, G‘Shoumarov;
D) A.Anastazi, Ye.Segen, Bine-Simon.
Dostları ilə paylaş: |