Ahillashtiruvchi va tana to‘siqlarini bartaraf qiluvchi o‘yinlar
5."Kema"
Guruh ikki komandaga bo‘linadi. Har bir guruhga bittadan gazeta beriladi. Guruh a’zolari gazetani katta ochib, oyoqlarini qo‘yib gazeta, yani kemaga chiqib 5-sekund turishlari kerak (sanash hamma tayyor bo‘lib turgach boshlanadi). Keyin gazeta ikki buklanadi, a’zolar chiqishadi. Keyin yana ikkiga buklanadi yana chiqishadi. Shu tariqa gazeta to hamma sig‘ib tura olguncha buklanaveradi. Eng kichik kemada 5 sekund turgan guruh g‘olib hisoblanadi.
Bu o‘yin bir tan bir jon bo‘lishga, guruhning jipslashuviga, ahillashuviga, yordam beradi, epchillikka, chaqqonlikka o‘rgatadi.
6."Orqama-orqa"
Ishtirokchilar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, "orqa" deydi. Shunda ishtirokchilar o‘zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O‘ziga sherik topa olmagan odam o‘rtaga chiqadi va o‘yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini aytadi (masalan, bosh, qo‘l, oyoq, barmoq, yelka.).
Dostları ilə paylaş: |