Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari Reja Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar


Interpretasiya va qayta ishlash bosqichi



Yüklə 67,58 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü67,58 Kb.
#203554
1   2   3   4   5   6
Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari

4. Interpretasiya va qayta ishlash bosqichi


Psixodiagnostik sohaning qator mutaxassislari, tadqiqotdan olingan natijalarni miqdoriy baholanishini foydali ekanligi xususida fikr bildiradilar. Ammo tadqiqot ma’lumotlarini umumlashtirishning qanday yo’llari ishonchliroq ekanligini bashorat qilish borasida qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Shu bois, klinik-subyektiv tajriba va intuisiyaga yoki statistik-obyektiv va kriteriylarga yo’naltirilgan umumlashtirish afzalmi, degan mushohadalar hamon davom etmoqda.
Klinik yondoshuv sifatli tahlillarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning muhim xususiyatlari “subyektiv hukm” va professional tajribaga asoslanganligidadir. Natijada,“sof holda”gi klinik yondoshuv haqiqiy fikrlashdan uzoq bo’lmaydi.
Statistik yondoshuv obyektiv ko’rsatkichlarning miqdoriy qayta ishlanishini inobatga olishni e’tirof etadi. Subyektiv hukm ahamiyatliligi minimum darajaga olib kelinadi. Interpretasiya empirik jihatdan aniqlangan statistik mos kelishlik asosida amalga oshiriladi. Klinik va statistik interpretasiya samaradorligi masalasi psixologlar tomonidan ko’p marotaba muhokama qilinganligiga qaramay hozirgacha munozaralar predmeti bo’lib kelmoqda.
Ushbu munozaralarning asoschisi P.Mil (1954) hisoblanadi. Bu sohada u ancha tajribaga ega bo’lganligi bois, statistik interpretasiya klinikka nisbatan samaraliroq ekanligi to’g’risida xulosa qiladi. Chunki, psixolog inobatga oladigan diagnostik ma’lumotlar hajmining kengayib borishi avval o’sishga, so’ngra esa interpretasiya aniqligini kamayishiga xizmat qiladi. Lekin bu klinik yondoshishlar psixodiagnostikada ahamiyatli o’rin egallamaydi, degani emas. Shaxsni har tomonlama bog’lanish va munosabatlar doirasida ta’riflash vazifasi yuklanganda statistik yondoshish klinikni o’rnini bosa olmaydi. Klinik yondoshuvga muqobilini topish juda murakkab jarayondir.
Diagnostik tadqiqotlarni to’laligicha amalga oshirish uchun, uning yakunida asoslangan psixologik xulosalarni qilish zarur. Aksariyat diagnostik vaziyatlar klinik va statistik yondoshuvlarning qarama-qarshi taqqoslanishini emas, balki garmonik jihatdan mosligini ta’minlanishini taqozo etadi.



Yüklə 67,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin