Psixogimnastik mashq usuli haqida tushuncha


Treningni tashkil etishdagi muhim jihatlar



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə6/6
tarix26.12.2023
ölçüsü49,42 Kb.
#198432
1   2   3   4   5   6
Psixogimnastik mashq usuli haqida tushuncha.-fayllar.org

Treningni tashkil etishdagi muhim jihatlar.

Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga mo‘ljallangan, stullar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Xonada ishtirokchilarning orasiga to‘siq bo‘ladigan ortiqcha jihozlar (ortiqcha stol, stullar) bo‘lmasligi kerak.


Guruh a'zolari doira shaklida o‘tiradilar. Doira shaklida o‘tirishning afzalligi shundaki, hamma ishtirokchilar bir-birining borligini his qilishi va bir-birini ko‘rib turishiga imkoniyat bo‘ladi. Bu esa ishtirokchilarda ishonch, qiziqish, diqqat kabi xususiyatlarni vujudga keltiradi. Shuningdek, boshlovchi va ishtirokchilar orasida erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, bolalar guruhi bilan ishlaganda ular qarshisida o‘qituvchining bo‘lmasligi o‘smirlarda haqiqiy tenglikni his etishga yordam beradi. Bu orqali guruh a'zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini ta'minlovchi psixologik muhit (iklim) yaratiladi.
Trening jarayonida guruh a'zolari soni 8-10 kishidan 15-20 gacha bo‘lishi eng ma'qul variant hisoblanadi. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo‘lgan guruhdir. Ishtirokchilarning ko‘payib ketishi o‘zaro ishonch muhitining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. A'zolari kam bo‘lgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunadilar va ahillashishlari oson kechadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilarni bir necha guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi, ammo bunda ko‘p vaqt talab etiladi va ishtirokchilarning diqqati bo‘linadi. Bu esa kutilgan natijaga erishishga halaqit beradi.
Har qanday trening trenerning qisqacha informatsiya berishi bilan boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egallashi mumkin bo‘lgan omillar haqida gapiradi. Ya'ni ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, o‘tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi.
Keyingi bosqichda trener guruh a'zolari bilan mashg‘ulot davomiyligini kelishib olishi kerak. Mashg‘ulot davomiyligi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Haftasiga 4-5 kun 8 soatdan (orada 1 soat, 30 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradi. Haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soatdan.
2. Haftasiga 1 kun 3-4 soatdan. Kamroq samara berishi kutiladi. Trener guruhning motivatsiyasini aniqlash uchun guruhga qabul qilinadigan har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi lozim. Suhbatda asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.
- Treningdan nima kutyapsiz?
- Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, farzandingiz yoki boshqalar bilan) yoki ishda (rahbar yoki hamkasblaringiz bilan) muloqot borasida muammo bormi? Treningda ishtirok etishga sizni nima majbur qilyapti?
Bundan tashqari ishtirokchining individual pisixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida psixodiagnostik metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual suhbat oxirida trener iloji boricha bo‘lajak ishtirokchining «Men haqimda nima deya olasiz», «Test natijasi qanaqa chiqdi» degan savollaridan qochishga harakat qilish lozim.
Zamonaviy sharoitda tinglovchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda.



Trening – interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta'lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma'lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. tahsil oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta'lim shakli bo‘lib, nazariy ma'lumotlarni amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. U ta'lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi Trening treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o‘zaro hamkorlikni, samarali muloqot ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi.


http://fayllar.org
Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin