Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/46
tarix13.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#113110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Психолингвистика Мажмуа2021

Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. — М., 1972.

  • Хомский Н. Язык и мышление. — М., 1972.

  • Chomsky N. New Horizons in the Study of Language and Mind. — Cambridge, 2001.

  • Chomsky N. Three Factors in Language Design // Linguistic Inquiry 36, no. 1. — 2005.

  • Chomsky N. Syntactic Structures. — 1957.

  • Chomsky N. Minimalist Program. — MIT Press, 1995.

  • Joseph, John E. From Whitney to Chomsky: Essays in the history of American linguistics. — Amsterdam, Philadelphia: John Benjamins Publishing, 2002. — (Studies in the History of the Language Sciences. Vol. 103). — ISBN 9027245932.


    8-MA’RUZA
    TRANSFORMATSION MODEL
    REJA:

    1 Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi.


    2 N.Xomskiy transformatsion tahlili.
    3 Tarjimaning transformatsion modellari

    Tayanch so‘z va iboralar: transformatsion grammatika, sintaktik model, yadro gap, transforma, aktiv konstruksiya, passiv konstruksiya, botiniy struktura, zohiriy struktura


    Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi


    Amerikalik tilshunos Noam Xomskiy (Noam Chomsky) transformatsion grammatika (yoki transformatsion-generativ grammatika), deb nomlanuvchi nazariyani taklif qildi. N.Xomskiyning fikricha, “til – til birliklari va ularning sinflari majmuyi emas, balki to‘g‘ri jumlalar tarkib toptiradigan mexanizm”. Sintaksisni Xomskiy jumlalar tuzish tamoyillari va usullari haqidagi ta’limot sifatida belgiladi.
    N.Xomskiyning 1957-yilda nashr qilingan “Sintaktik strukturalar” (“Syntactic Structures”) asari jahon tilshunosligida yangi yo‘nalishga asos soldi. Mazkur tadqiqotda Xomskiy “tilning barcha gaplarini bilish mumkin emas, til asosida ayrim cheklangan qoidalar tizimi bo‘lishi kerak” degan fikrni ilgari suradi. “Bu qoidalar tizimi esa tilning grammatikasi demakdir. So‘zlovchi ham tinglovchi ham muloqot jarayonida grammatikani uning vositasida “to‘g‘ri” ifoda qurish, yoki “to‘g‘ri” qurilgan ifodani tushunish uchun vujudga keltiradi”:
    1) pie little blue mud make eye girl was
    non kichkina moviy qum yasamoq ko‘zli qizcha
    2) The little pie with mud eyes was making a blue girl.
    Kichkina non qum ko‘zli moviy qizcha yasar edi.

    3) The little girl with blue eyes was making a mud pie.
    Moviy ko‘zli kichkina qizcha qumdan non yasar edi.

    Xomskiyga ko‘ra, har bir tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplar, nutq so‘zlovchisining yangi-yangi gaplarni cheklanmagan darajada yarata olish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda ma’no anglatmagan jumlalar ham grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir kishi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida shu paytgacha eshitilmagan yangidan-yangi gaplarni yaratishi mumkin va bu yangi gap tinglovchi tomonidan to‘g‘ri tushuniladi.
    Xomskiy gaplarni yadroli va bu yadrodan qayta o‘zgargan, uning transformasi bo‘lgan gaplarga ajratdi. Yadro gaplar, deb sodda, yig‘iq, darak gaplar tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik tizimining asosini tashkil qiladi. Masalan, Ishchilar uy qurishyapti gapi yadro gapga misol bo‘ladi.
    Bunda N1 N2 V. Bu aktiv konstruksiya hisoblanadi.
    Yadro gaplardan turli shakliy o‘zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi transformasiya deyiladi:
    Quyida keltirilgan misollar ham transformalar sanaladi:
    Qushlar sayrashyapti → Qushlarning sayrashi
    (Kimdir ) til o‘rganyapti → Til o‘rganish
    (Kimdir) yozuvchini taklif qilyapti → yozuvchini taklif qilish
    Uyni ishchilar qurishyapti.

    Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin